Alirizo mansurian lokomotivning oyini menga yaxshi malum — ozbekiston

Alirizo mansurian lokomotivning oyini menga yaxshi malum — ozbekiston

Alirizo mansurian: lokomotivning o’yini menga yaxshi ma’lum — o’zbekiston

Osiyo chempionlar ligasining 3-turi doirasida bo’lib o’tadigan «Istik’lol» (Tehron) — «Lokomotiv» o’yini oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab mezbonlar ishtirok etishdi. Avvaliga «Istik’lol» bosh murabbiyi Alirizo Mansurian hamda jamoa sardori Mahdi Rahmatiy jurnalistlarning savollariga javob k’aytarishdi.
O’yindan oldingi matbuot anjumanida Alirizo Mansurian k’uyidagi fikrlarni bildirdi:
«Biz «Lokomotiv»ni yaxshi bilamiz, ularning o’yin uslubi bizga ma’lum. «Lokomotiv»ning «At-Ta’vun»ga k’arshi uchrashuvini ko’rdik, shuningdek, «Al-Ahli» bilan kechgan bahsini ham o’rganib chik’dik. Jamoa yaxshi shakllangan, muhimi, rak’ib o’yinida tartib-intizom bor».
Alirizo Mansurian: «To’g’ri, klubimizda moliyaviy muammolar bor, lekin hozir bu hak’da o’ylash kerak emas. E’tiborni ertangi o’yinga k’aratishimiz lozim. Men fak’at futbol hak’idagi savollarga javob k’aytaraman, pul bilan bog’lik’ masalalarga emas. Agar ertaga g’alaba k’ozonsak, Navro’z bayrami oldidan muxlislarimizga ajoyib sovg’a tuhfa etgan bo’lamiz».
Alirizo Mansurian: «Biz ham «Lokomotiv» singari bir o’yinda g’alaba k’ozonib, bir bor mag’lub bo’ldik. Endi bo’lsa o’zaro kuch sinashib ko’ramiz va bu o’yin juda k’izik’arli kechishi kutilmok’da. Mak’sadimiz — guruhda birinchi o’rinni egallab keyingi bosk’ichga chik’ish. Ammo bu oson bo’lmaydi, chunki kuchli rak’iblarga k’arshi bahs olib boramiz».
Alirizo Mansurian: «Albatta, ertangi o’yin final emas, lekin e’tiborga molik bo’lishi turgan gap. Guruhdan kimlarning chik’ishi menimcha, to’rtinchi turdan so’ng oydinlashadi. Ungacha esa bir narsa deyish k’iyin. Menga k’olsa, guruhdan «Istik’lol» va «Lokomotiv» chik’ishini xohlayman».
«Istik’lol» klubi sardori, darvozabon Mahdi Rahmatiyning fikrlari esa k’uyidagicha bo’ldi:
«Jamoamiz bu mavsum birmuncha o’zgardi, tarkibda yoshlar ko’p, ichki chempionatda uchinchi o’rinda ketyapmiz. Lekin hali hammasi o’z joyiga tushadi. Ertaga bo’lib o’tadigan uchrashuvda g’alaba k’ozonishga harakat k’ilamiz».

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.