Aloka vaziri orinbosari kim nam sok ozbekistondagi faoliyatini yakunladi — ozbekiston

Aloka vaziri orinbosari kim nam sok ozbekistondagi faoliyatini yakunladi — ozbekiston

Alok’a vaziri o’rinbosari kim nam sok o’zbekistondagi faoliyatini yakunladi — o’zbekiston

O’zbekiston bilan mehnat shartnomasi muddati tugagani munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari — AKT bo’yicha maslahatchi, Janubiy Koreya fuk’arosi Kim Nam Sok O’zbekistondagi faoliyatiga yakun yasadi. Bu hak’da AT va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar k’ildi .
Bir vak’tning o’zida u bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori — AKT bo’yicha maslahatchi Li Chul Su ham O’zbekistondagi faoliyatini yakunlamok’da.
Kim Nam Sok O’zbekistondagi faoliyatini 2013 yilda mamlakat birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yil sentyabrdagi Koreya Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolagan bitimga muvofik’ boshlagan edi.
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida markaziy apparat xodimlari ishtirokida yig’ilish Kim Nam SokningO’zbekistonda elektron hukumat tizimi hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha salmok’li ishlarni amalga oshirgani ta’kidlandi.
Jumladan, u Koreya Respublikasining elektron hukumat va AKTni jadal rivojlantirish bo’yicha muvaffak’iyatli tajribasini o’zlashtirish asosida ishlab chik’ilgan «2013 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikasiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi»ni shakllantirishda faol ishtirok etib, bu yo’nalishda k’ator sohalarga oid standart va tasniflagichlarni, istik’bolda respublika sanoatida dasturiy ta’minot mahsulotlarini keng joriy k’ilish va ik’tisodiyotning real sektoriga AKTni joriy k’ilish yuzasidan taklif-tavsiyalarni ishlab chik’k’an.
Shuningdek, Kim Nam Sok O’zbekistonning barcha hududlarida bo’lib, davlat organlari rahbarlari va mahalliy boshk’aruv organlari mas’ul xodimlari uchun o’k’uv seminarlari o’tkazdi.
Uning taklif-tavsiyalari asosida mamlakatda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlari faoliyati yo’lga k’o’yildi. Koreyalik ekspert markazlar tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, birlamchi vazifalaridan tortib, ularning rivojlanish yo’nalishlarini ishlab chik’ishda ham faol k’atnashdi.
Kim Nam Sok elektron hukumat va ik’tisodiyotning real sektori uchun axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ishlab chik’aruvchi LG CNS Uzbekistan o’zbek-koreys k’o’shma korxonasining tashkil etilishida ham jonbozlik ko’rsatgan.
Kim Nam Sok 2016 yilda O’zbekiston Prezidentining farmoniga ko’ra «Mehnat shuhrati» ordeni bilan tak’dirlangan.
Kim Nam Sok O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga, O’zbekiston hukumatiga O’zbekistonda samarali mehnat k’ilishi uchun yaratib berilgan k’ulay shart-sharoitlarga chuk’ur minnatdorchilik bildirdi.
Kim Nam Sok (1956 yilda tavallud topgan) — Kyonson Oliy maktabi (1975 yil) va Hanyan universiteti (1980), Arizona universiteti (AK’Sh, 1986) va Songyungvan universiteti (Janubiy Koreya, 1989) bitiruvchisi. Muk’addam Koreya Respublikasi davlat boshk’aruvi va xavfsizlik vazirining birinchi o’rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.