Apl suonsi chelsiga bas kela olmadi — ozbekiston

Apl. suonsi chelsiga bas kela olmadi — o’zbekiston
Angliya premer-ligasida 26-turi doirasida «Chelsi» o’z maydonida «Suonsi»ni k’abul k’iladi va 3 ochkoni k’o’lga kiritdi.
Bahsning 19-dak’ik’asida mezbonlar k’isk’a paslar ork’ali rak’ib jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Pedro etkazgan uzatmani Fabregas darvozaga joylab k’o’ydi va hisobni ochdi.
Tanaffusga k’adar to’la ustunlik Konte shogirdlari tomonida bo’ldi. Ular bir nechta ajoyib imkoniyatlardan foydalana olishmadi. «Chelsi» birinchi bo’limni hisobdagi ustunlik bilan yakunlashi kutilayotgani vaziyatda «Suonsi» hisobni tenglashtirishga muvaffak’ bo’ldi. Maydon markazidan etkazilgan jarima to’piga Lorente 12 metrlardan bosh bilan zarba berib, darvozani ishg’ol k’ildi.
Ikkinchi bo’lim boshida maydon egalari tomonidan uyushtirilgan katta bosimni «Suonsi» futbolchilari bir amallab k’aytarib turishdi. Birok’ 72-dak’ik’ada Pedro Rodriges yo’llagan zarbani k’aytarishda Fabianski xatoga yo’l k’o’ydi va u to’pni k’o’lining ostidan o’tkazib yubordi.
O’yin tugashiga 6 dak’ik’a k’olganida Diego Kosta rak’ib darvozasini ishg’ol k’ildi va yakuniy hisobni o’rnatdi. Unga assistentlik vazifasini Eden Azar bajardi.
Ushbu g’alaba ork’ali «Chelsi» o’z ochkolarini 63taga etkazdi va yakkapeshk’adamlikni davom ettiradi.
APL, 26-tur, 20:00
ChELSI – SUONSI — 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 19 Fabregas, 1:1 – 45 Lorente, 2:1 – 72 Pedro, 3:1 – 84 Diego Kosta.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Fabregas, Mozes (Zuma, 85), Pedro (Matich, 76), Kante, Azar (Villian, 85), Diego Kosta.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Kerroll (Ayyu, 76), Kork, Rautlej (Narsinx, 81), Fer, Sigurdsson, Lorente.
Ogohlantirishlar: Noton (35), Olsson (36), David Luiz (75), Fer (80).
Комментарии 0