Apple uchta yangi iphone modeli va yangi watch soatini taqdim etdi — ozbekiston

Apple uchta yangi iphone modeli va yangi watch soatini taqdim etdi — o’zbekiston
RIA Novosti — Apple kompaniyasi chorshanba kuni Kupertinoda yangi iPhone Xs, iPhone Xs Max va iPhone Xr smartfonlari va Watch aqlli soatining yangi avlodini namoyish etdi.
iPhone Xs va iPhone Xs Max.
Yangi iPhone Xs va iPhone Xs Max mos ravishda 5,8 dyuym va 6,5 dyuym diagonal ekranga ega bulib, piksellar sigimi 2,7 mln tani tashkil etadi.
iPhone Xr.
iPhone Xr modeli iPhone Xs modelining soddalashtirilgan talqini bulib, gadjet 6,1 dyuymli IPS-ekran va alyuminiy korpusga ega. Bundan tashqari, boshqa yangi modellardan iPhone Xr 12 megapikselli birgina asosiy kamerasi bilan ajralib turadi.
iPhone Xsga elektron sim-karta kiritilgan bulib, kompaniyaning marketing buyicha katta vise-prezidenti Fil Shillerning malum qilishicha, mazkur yangilik Dual-SIM ikki sim-karta funksiyasidan foydalanish hamda turli tarif rejalariga utish imkoniyatini beradi.
Tashqi tomondan gadjetlar deyarli uzgarmagan.
Smartfonni qulfdan chiqarish uchun Face ID yuzni tanish funksiyasi sezilarli darajada tez ishlaydigan bulgan. Buning uchun olti yadroli markaziy prosessor, turt yadroli grafik prosessor va «neyron dvijok»dan iborat A12 Bionic chip urnatilgan. Yangi chip soniyasiga 5 trilliongacha operasiyani amalga oshirishga imkon beradi.
Smartfon khotirasi 512 Gb gachani tashkil etadi. Apple yangi mahsulotlar tuliq suv utkazmaslik khususiyatiga ega ekanini malum qildi.
Apple Watch.
Apple Watch qul soatlarining yangi modeli egasining yurak urishini nazorat qiladi va agarda u yiqilib tushib, uzoq vaqt turmasa, yordam chaqirishi mumkin.
Turtinchi avlod soatlarining ekranlari avvalgi modellarga qaraganda 30 foizga kattaroq. Yangi mahsulotda 2 barobar tezroq ishlovchi yangi chipdan foydalanilgan.
Комментарии 0