Artel uzbekistonda ishlab chiqarilgan samsung sovutgichlarini taqdim etadi — ozbekiston

Artel uzbekistonda ishlab chiqarilgan samsung sovutgichlarini taqdim etadi — ozbekiston

Artel uzbekistonda ishlab chiqarilgan samsung sovutgichlarini taqdim etadi — o’zbekiston

Samsung kompaniyasi 2016 yilning iyul oyida Artel ishlab chiqarish bazalarida Samsung brendi ostidagi sovutgichlarni ishlab chiqarishni keng kulamda yulga quygan edi.
Ushbu keng kulamli loyiha Artel kompaniyasining tajribali mutakhassislari hamda Samsung Electronics ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Uzbekistonda Samsung sovutgichlarini ishlab chiqarishda Artel zavodlarining tanlanishi bejiz emas. Artel zavodlarida zamonaviy asbob-uskunalar va tajribaviy iqlim laboratoriyalarining mavjudligi Samsung kabi jahon gigantining yuqori norma va standartlariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yakhshi asos buladi. Takidlab utish lozimki, Artel mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida sifatni qattiq nazorat qilish yulga quyilgan bulib, bu jarayon hatto eng kichik kamchiliklarni ham topa olishga qodir. Bu esa, uz urnida, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifatini taminlaydi.
Hozirgi paytda Samsung sovutgichlarining hajmi 290 va 320 litr bulgan 4 ta modelini ishlab chiqarish uzlashtirilgan. Bu modellar istemolchilar khohish va talablaridan kelib chiqilgan holda konfigurasiyasi va muzlatish kamerasining joylashuvi bilan farqlanadi. Barcha sovutgichlar qator foydali ishlanmalarga ega bulib, A+ energosamaradorlikning yuqori sinfiga mansub. Samsung sovutgichlarida qullanilayotgan sunggi tekhnologik ishlanmalar orasida Multi Air Flow kup oqimli sovutish tizimiga tukhtalib utish lozim.
Samsung sovutgichlarida Multi Air Flow zamonaviy kup oqimli tizimidan foydalaniladi, u sovuq havoni barcha bulimlar urtasida tez hamda bir meyorda taqsimlash imkonini beradi. Shu tufayli sovutgichdagi har bir mahsulot kerakli namlik va sovuqlik miqdori bilan taminlanadi. Bu esa mahsulotlarning yangi holda va uzoq vaqt saqlanishini kafolatlaydi. Samsung muzlatgichlari elektr tarmoqdagi uzgarishlarga bardoshli bulib, bosim 187 volt bulganda ham ishlashi mumkin.
Yaqin utmishda har bir uy bekasi albatta har oy sovutgichni eritishi lozim edi. Bu ogir va mashaqqatli jarayon bulib, u uy bekalarining dam olish kunining qariyb yarmini band qilar edi. Endilikda barchasi No Frost tizimining paydo bulishi bilan uzgardi, u tufayli muzlatish kamerasi devorlarida muzli «pustinlar» paydo bulmaydi, sovutgich qismida esa havo aylanishi mos haroratga keltiriladi va bunda mahsulotlar yangi hamda vitaminlarga boy holda saqlaniladi.
Sovutish bulimining hajmi 250 litrga teng bulib, bunday hajm ayniqsa katta oilalarning oziq-ovqatga bulgan ehtiyojini qondira oladi. Bundan tashqari, toblangan shishadan tayyorlangan Easy Slide sirgaluvchi polka mashaqqatingizni oson qiladi. U sovutgich ichkarirogidagi mahsulotlarni osonlik bilan chiqarib olish imkonini yaratadi.
Muzlatish kamerasiga kelsak, Samsung RB29FERNDSA_WW va Samsung RB29FSRNDSA_WW modellaridagi 98 litrlik hajm ancha katta miqdordagi gusht mahsulotlarini, shuningdek, sabzavotlar va mevalarni saqlash uchun imkoniyat beradi.
Samsung muzlatgichlari invertorli kompressorlar bilan jihozlangan bulib, u tejamkorligi, ishonchliligi, uzoq muddat ishlashi, shuningdek, oddiy motorlar bilan solishtirganda shovqin darajasining pastligi bilan ajralib turadi. Invertorli kompressor uz samaradorligi tufayli kam quvvat istemol qiladi va elektr energiyasi uchun tulovlarni tejashingizga yordam beradi.
Tez orada Uzbekistonda ishlab chiqariluvchi Samsung muzlatgichlarining model qatori hajmi 302 va 310 litr bulgan yana ikkita — RT-29 hamda RB-31 modeli bilan tuldirilishi rejalashtirilmoqda.
Artel zavodlarida ishlab chiqarilayotgan Samsung sovutgichlari kharidorlar talab va istaklaridan kelib chiqqan holda taqdim etilmoqda. Shubhasiz, bunday hamkorlik aholining hayot darajasiga ijobiy tasir kursatadi. Zero bugun dunyoga mashhur Samsung brendi ostida ishlab chiqarilayotgan sifatli va tekhnologik jihozlangan mahsulotlarni kharid qilish uchun mamlakatimiz aholisiga barcha qulayliklar yaratilgan.
Reklama huquqi asosida. Makhsulotlar sertifikatlangan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.