Ayolga ehtirom — ozbekiston

Ayolga ehtirom — o’zbekiston
Bir necha kunlar avval poytaxtimiz masjidlaridan birining imom-xatibi aytgan so’zlar internet olamida birdan shov-shuv bo’lib ketdi. Birok’ bu hak’da imom-xatibimizga nisbatan turli ta’na toshlari otilgani, hatto hak’oratli so’zlar aytilganini eshitib, beixtiyor xalk’ orasida keng tark’algan «To’g’ri gap tuk’k’aningga yok’maydi», degan gap xayolimizga keldi. Afsus, ming afsus…
Bir necha yil avval ustozimiz shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf hazratlarining bir kitoblarida «Doyalik kabi kasblarga ko’prok’ ayollarni jalb k’ilish lozim», degan jumlalarni o’k’ib, ko’pchilik ayollarimiz: «YAxshiyamki, shunday jonkuyar insonlar bor, dolzarb mavzularni ko’tarib, ularning echimini topishga undashadi, nima to’g’riyu nima noto’g’ri ekanini bildirib, odamlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatib turishadi» deb, xursand bo’lishganini eshitgan edik. Chunki ayollar orasida «Erkak doyaning k’o’li engil bo’ladi», degan bo’lmag’ur gap yurardi. Ba’zi dugonalarimiz yak’in k’arindoshining oy-kuni yak’inlashganda eri ork’ali ataylab erkak doya bilan kelishib, uning yordami bilan farzandini «osongina» dunyoga keltirganini aytishar edi. Aslida esa bu holat o’zini musulmon deb bilgan har k’anday erkak-ayol uchun uyat, sharmandalik bo’lishi kerak edi…
Yillar o’tib, ana shu mavzu yana ko’tarildi. Bu safar mazkur hak’k’oniy so’zlar davlatimizning eng yuksak minbaridan yangradi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoev joriy yilning boshida shifokor-mutaxassislar bilan uchrashuvda ayollar uchun maxsus tibbiyot maskanlari tashkil k’ilish xususida so’zlar ekan, shunday degan edi: «Ayollarimiz iboli, hayoli. Ba’zi masalalarda shifokorga borib, dardini bemalol aytavermaydi. Shu bois xotin-k’izlar uchun alohida poliklinika tashkil k’ilishimiz kerak. Toki ular borib, o’zini k’iynayotgan masalada bemalol fikrlashsin. Chunki ertangi kunimizning davomchilarini sog’lom dunyoga keltirish ko’p jihatdan ayollarimizning salomatligiga bog’lik’».
Tan olish kerakki, o’zbek ayolining, muslima ayolning tabiatini, uning dardini har bir erkak ham bu k’adar chuk’ur tushunavermaydi. Vatanimiz istik’lol baxtiga erishganining, milliy k’adriyatlarimiz tiklanayotgani, o’zligimizga k’aytganimizning york’in ifodasi emasmi axir bu? Ayolni e’zozlash, uning sha’nini, nomusini himoya k’ilish k’on-k’onimizga singib ketgan dinu diyonatimizning tak’ozosi emasmi axir bu?
Keling, gap k’aysi mak’ola hak’ida ketayotganini ochik’rok’ bayon etaylik.
Toshkentdagi «Mirzo Yusuf» masjidi imom-xatibi, Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Rahmatulloh k’ori Sayfuddinov juma mav’izalaridan birida ayollarning huk’uk’i, ularning tibbiyotdagi o’rni hak’ida so’z yuritib, unda jumladan, shunday dedilar:
«Bugungi kunda isloh k’ilinishi kerak bo’lgan masalalardan yana biri erkaklarning doyalik k’ilishidir. To’lg’ok’ azobini chekayotgan ayolning holatini tasavvur k’ila olsak, bundan dahshati bo’lmas, aziz birodarlar. Bu sharmandalikka mustabid tuzum davrida mubtalo bo’lganimiz etadi. U paytlar ko’pgina k’adriyatlarimiz oyok’osti k’ilingan, k’adrimiz toptalgan davr edi. Bu ishlar bizning ixtiyorimizda emas edi. Shuning uchun erkak kishining doya bo’lishiga oddiy narsa deb k’araldi. Ayollar orasida esa «Erkakning k’o’li engil bo’lar ekan» degan gap ham tark’ab, erkak doyalarning bozori chak’k’onlashyapti. Alhamdulillah, mustak’il bo’ldik. Endi uyat bo’ladi, endi izzat-nafsimiz hak’ida k’ayg’urib, bu ishlarni to’xtatishning chorasini ko’raylik.
Doyalik shu k’adar mas’uliyatli, shu k’adar sharafli vazifaki, bu ishga chak’irilgan ayolga hatto eri ham to’sk’inlik k’ilishi mumkin emas. Chunki bu farzi kifoyadir. Vaholanki, shariatimizda ayoldan birinchi navbatda erga itoat talab k’ilinadi. Jamiyatdagi ayollar bu xizmatga doim ehtiyoj sezadilar. Shuning uchun ayni xizmatga layok’atli, bilimli, malakali, tajribali xodimalarni tayyorlash butun jamiyatga farzdir. Shu bois biror ayol: «Men doyalik k’ilaman, chunki shahrimizda, k’ishlog’imizda doya yo’k’», desa, eri uni bu ishdan k’aytara olmaydi…»
YAratganga shukrki, jonkuyar ulamolarimiz, imomlarimiz bor ekan, ayollarimizning, muslimalarning sha’nini, hayosini, obro’sini himoya k’iladigan hak’ik’iy musulmonlar, mard erkaklar bor ekan.
Ammo afsuski, kimlardir imomimizga bu so’zlar uchun ta’na toshlarini otibdi, hatto hak’orat k’ilishgacha borishibdi. Eng achinarlisi, bu gapdan norozi bo’lganlar ichida ayollar ham ko’pchilik ekan. YAna o’sha gap: «Nega endi, axir erkak kishining k’o’li engil bo’ladi…» Balki kimlar uchundir engil bo’lar, lekin iffatli, sharm-hayoli ayol uchun bundan og’irrok’ narsa bo’lmasa kerak.
Buning ustiga imomimizning so’zlarini boshk’acha talk’in k’ilib, «O’zbek imomi erkak doyalarni yo’k’otishga chak’irdi» degan sarlavha k’o’yilgan «tashvishli» mak’olalar nafak’at o’zimizda, hatto ruscha saytlarda ham ko’payib ketibdi.
G’arb dunyosining ahvoli barchamizga ma’lum. Bugungi kunda g’arb davlatlarida oila tushunchasi nihoyatda sayozlashib ketdi, turli «erkinlik»lar urf bo’lib, hatto sog’lom ak’lga to’g’ri kelmaydigan, og’izga olib bo’lmaydigan ishlar ham odatiy holga aylanib k’oldi. Bir jinsdagi odamlarning turmush k’urishi (agar shunday deyish mumkin bo’lsa!) erkinlik deb k’araladigan, bundaylarning k’andaydir huk’uk’lari himoyalanadigan darajaga borib k’oldi. Bu razolatlarning sababi esa ma’lum – insoniyat o’zini yaratgan Parvardigorining dinidan uzok’lashib ketdi, o’zining nok’is ak’liga suyanib, dahshatli ma’naviy tanazzulga yuz tutdi. Nafak’at insonga, hatto hayvonlarga ham xos bo’lgan juftini k’izg’anish hissi madaniyatsizlik sanaladigan bo’lib k’oldi. Erkaklarning doyalik k’ilishidan bunday jamiyatlarda yashayotgan, bunday tushunchalar bilan o’sib-ulg’aygan odamlar na uyaladi, na rashki keladi. Ular bu holatdan hatto xijolat ham bo’lishmaydi, o’ng’aysizlik ham sezishmaydi. Alloh asrasin!
Ammo biz, Allohga shukr, o’z yurtimizga o’zimiz ega bo’lganimizga chorak asr bo’ldi-ku? Biz g’arbdagi odamlarchalik dinimizdan uzok’lashib, or-nomusimizdan mahrum bo’lib k’olmadik-ku? Nima uchun bizga «Ayollar doyalik k’ilsin», degan gap bunchalik og’ir botadi? Axir bu imomimiz o’zining shaxsiy fikrini, o’z xohish-istagini izhor k’ilayotgani yo’k’-ku? Axir bu muk’addas dinimizning buyrug’i, Alloh taoloning farmoni-ku? Biz bu ta’na toshlarimiz, hak’oratlarimiz bilan o’zimiz kabi bir ojiz bandaning emas, barchamizni yo’k’dan bor k’ilgan Alloh taoloning shariatiga k’arshi chik’ib k’o’yamiz-ku? Ayollarga ayol shifokorlar xizmat ko’rsatsin, ayollarimiz ayol shifokorlarga murojaat k’ilsin, ayollarimiz uchun alohida poliklinikalar tashkil k’ilinsin, degan yurtboshimizning hak’li talabiga k’arshi chik’ib k’o’yamiz-ku? K’olaversa, ahli ilmlarga, ulamolarga nisbatan yomon so’zlar aytish nafak’at odobsizlik, balki og’ir gunoh bo’ladi. Mabodo olim odam minbardan turib bexosdan, hayajon yoki boshk’a sabab bilan noto’g’ri gapirib k’o’ygan tak’dirda ham, «izzai mo’min – harom» degan k’oidaga ko’ra, uning xatosini ko’pchilik oldida emas, balki xoli joyda, xolis niyat bilan, yolg’iz o’ziga aytish kerak emasmidi? Vaholanki, u kishi eng hak’, eng to’g’ri, inkor k’ilib bo’lmaydigan gapni aytgan edi. K’ani bizning o’zbekona madaniyatimiz?
Vaholanki, yurtimiz istik’lol shamollari esa boshlagandan buyon dinimizning asl ta’limotlari nafak’at diniy ta’lim muassasalarida, balki barcha o’k’uv yurtlarida, jumladan, huk’uk’shunoslik yo’nalishlarida ham atroflicha o’rganilmok’da, hayotga tatbik’ k’ilinmok’da. Marhamat, «Islom huk’uk’i» fani bo’yicha ishlab chik’ilgan o’k’uv k’o’llanmada erkaklarning doyalik k’ilishi hak’ida k’anday fikr bildirilgani bilan tanishing:
«Oxirgi asrlarda musulmonlar tarafidan ilmiy kashfiyotlar k’ilinmay k’o’ydi. Bugungi kunda o’lkamizda nafak’at musulmon ayollarning, hatto erkaklarning ham ilmga rag’batlari past. Islom dini erkaklargina k’iladigan og’ir kasblarni ayollarga farz k’ilmagan. Lekin ayollarga xos ba’zi ishlarni erkaklarga xos ba’zi ishlar bilan tenglashtirib, ular bilan teng savob olishni joriy k’ildi. Masalan, hozir tug’ruk’xonalarda erkak doyalar ishlab yurishibdi. Shularning o’rnini ayollar egallasalar, o’rtadan gunoh ko’tarilib, savobli, xayrli ish bo’lardi. Chunki ayolning dardini erkakdan ko’ra ayol ko’prok’ tushunib, undan ko’ra yaxshirok’ yordam bera oladi. Islom kelmasdan oldin va undan keyin ham ancha vak’t hali dunyoda o’k’ish-yozishni biladiganlar ko’p emasdi. Arabistonda ham vaziyat shunday edi. Fak’at K’ur’oni Karim amri bilan boshlangan ilm va madaniy faoliyat tez sur’at bilan ilgarilay boshladi. Hazrati Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga vahiy kotiblar kun sayin ko’payar, boshk’a mo’minlar ham o’k’ish-yozishni havas k’ilishardi. Islom olamida birinchi darsxonalar, madrasa va masjidlar ochilib, ilk ustoz Hazrati Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o’zlari bo’ldilar. U zotga ergashgan sahobiylar ko’plab mo’minlarni diniy va dunyoviy bilimlar bilan boyitishga muvaffak’ bo’ldilar. Bu diniy va boshk’a bilimlarni tahsil etishda ayol-erkak ajratilmagan. Chunki Islomda ilm olishda ayol-erkak tengdir».
R. Boymirzaeva. «Islom huk’uk’i» fani bo’yicha ma’ruzalar matni. Namangan davlat universiteti, Huk’uk’shunoslik fakulteti, «Fuk’arolik huk’uk’i va prosessi» kafedrasi. Namangan, 2010 y. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirining 2009 yil 27 oktyabrdagi 373-sonli buyrug’i bilan tasdik’langan.
His-hayajonga berilib, og’zini ko’pirtirib, din peshvosini malomat k’ilayotganlar istig’for aytib, sal hushyor tortib olsalar, barchamizga yaxshi bo’lur edi.
Avval Rahmatulloh k’ori domlamizning mav’izalarini to’lik’ eshitib ko’rishsin, o’zi bu juma ma’ruzasining mavzusi k’anday bo’lgani, suhbatning umumiy yo’nalishi k’anday bo’lganini tushunib olishsin. K’olaversa, imomimiz erkak doyalar yo’k’olsin, demaganlar, balki bu kasbga ayollarimizni, k’izlarimizni tayyorlaylik, deganlar, ilgari buning imkoni yo’k’ edi, endi esa bu dorilomon kunlarga shukronalar aytib, vaziyatni o’nglaylik, deganlar. «Hikmat izlaganga hikmat, illat izlaganga illat» deganlaridek, gapni burish, yomonlikka yo’yish ham evi bilan-da… Xullas, imom-domlamizga bu k’adar ta’na toshlari otganlarning mak’sadi, niyati nima ekanini tushuna olmadik.
Na iloj, Alloh barchamizga insof bersin, O’zidan begona k’ilmasin, bilib-bilmay k’ilgan gunohlarimizni mag’firat etsin…
Suhbatimizni ushbu mavzu bo’yicha ustoz ulamolarimiz, yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan din peshvolarimiz bildirgan fikrlar bilan davom ettirib, masalaga oydinlik kiritsak.
Majburiyat yuzaga kelganda homilador ayolga erkak kishi doyalik k’ilishi
Savol: Homilador xotinim erkak ginekolog ko’rigidan o’tishi yoki tug’ruk’ payti erkak shifokor doyalik k’ilishi mumkinmi? Albatta, majburiyat yuzaga kelganda (Jam2345).
Javob: Mumkin emas. Fak’at ayol doya bo’lmasa, ayol yoki bolasi o’lishi xavfi bo’lsagina ruxsat.
Shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf
(http://savollar. islom. uz/savol/4457)
* * *
«Musulmonlar jamoasi uchun kerakli bo’lgan hunar va ilmlarni talab k’ilish esa farzi kifoyadir. Hayotning har bir sohasida etarli mutaxassislarni tayyorlab olish Islom jamiyatining barcha a’zolariga farz bo’ladi. Ehtiyojni k’ondiradigan darajada va adadda mutaxassis tayyorlagan jamiyat a’zolari bo’ynidan mazkur umumiy mas’uliyat sok’it bo’ladi. Bu farz endi o’sha mutaxassislar zimmasiga o’tadi. Agar jamiyatda ularning sohasi bo’yicha kamchilik yuzaga kelsa, gunohi o’sha mutaxassislarga bo’ladi.
Shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf
«Ijtimoiy odoblar» kitobidan
* * *
«Avval aytganimizdek, ayollar… oftobda kuyib, ketmon chopib, paxta terib, og’ir yuklarni ko’taryaptilar, uy ishlari ham ularning elkasida. Xuddi shu vak’tning o’zida tug’ruk’xonalarda erkaklar doyalik k’ilyaptilar. Bu xalk’imiz uchun, ayollarimiz uchun, aynik’sa erkaklarimiz uchun or-nomusning nochorligidan emasmi?
Nima uchun ayollarning ichki kiyimlarini ham zabardast yigitlar sotib o’tiradi? Aytmok’chimanki, ayollarga xos ishlarni ayollar k’ilsa yaxshi bo’ladi».
Shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf
«Iymon va e’tik’od – insonga yo’ldosh» (manba: ziyouz. uz)
* * *
Mavzuga oid fik’hiy dalillar
Alloh taolo shunday marhamat k’iladi:
«Mo’minalarga ayt: «Ko’zlarini tiysinlar, farjlarini sak’lasinlar va ziynatlarini ko’rsatmasinlar, zohir bo’lgani mustasno. Ro’mollarini ko’kslariga to’sib yursinlar» (Nur surasi, 31-oyat).
Ushbu oyatda insonni erkagu ayol k’ilib yaratgan Robbimiz ayollarga alohida karam ko’rsatib, ularni nozik xilk’at sifatida e’zozlab, ularning tabiiy fitratidagi hayosini, ibosini muhofaza k’ilish uchun alohida odob-axlok’ me’yorlarini belgilab bergan. Bu me’yorlarning eng avvali, tabiiyki, ularning husnu jamolini nomahramlardan to’sishdir. Bundan mak’sad – ularning jamoli begona ko’zlar uchun nishon bo’lmasligi, turli fitnalar kelib chik’masligidir. Ko’rinib turibdiki, Alloh taoloning ushbu amri, ba’zi kimsalar o’ylaganidek, xotin kishini pastga urish emas, balki ayolga ehtiromdir. Shuning uchun saodat asrining hak’ik’iy mo’mina ayollari ushbu amru farmonlarni minnatdorchilik bilan k’abul k’ilib olganlar, benazir itoat bilan k’arshi olganlar, chunki ularning k’alblari ilohiy nur ila munavvar edi. Ularning nafsi, ayollik tabiati ziynatlarni ko’z-ko’z k’ilishni istasa ham, o’zlari Allohning farmoniga so’zsiz bo’ysunganlar.
Shuningdek, ayol kishining boshk’a ayollarning avratiga nazar solishi ham man etiladi. Ayolning ayolga nisbatan avrati kindigidan tizzasigachadir.
Ayol kishi ayol kishining tizzalari va kindigi orasidagi joyidan boshk’a erga nazar solsa bo’ladi. Ayollarning o’zaro shahvat nazarlaridan shahvat k’o’zishi xavfi bo’lmagani uchun bunga ruxsat berilgan.
Abdurrahmon ibn Abu Sa’id Xudriydan, u otasidan rivoyat k’iladi:
Muslim rivoyat k’ilgan.
Shu tarik’a Islomda go’zallikdan zavk’lanish halol va to’g’ri yo’lga k’o’yildi. Ayollarning chiroyi va zebu ziynatlari begona erkaklarning hirslarini k’o’zg’ash uchun vosita bo’lmasdan, fak’at o’z jufti halollariga halol zavk’ beradigan bo’ldi.
Birok’, shariatimiz barcha zamon va makonlarning talabiga javob bera oladigan, har k’anday sharoit va vaziyatga ham muvofik’ kela oladigan mukammal dastur bo’lgani uchun, ushbu buyuk k’onunda ham zarurat yuzasidan ba’zi istisnolar ko’zda tutilgan.
Ustozimiz shayx hazratlari «Kifoya» kitobida shunday yozadilar:
«Ammo k’ozilik, guvohlik va nikohni iroda k’ilish kabi zaruriy holatlar bundan mustasno. Tabib davolash paytida bemorlik bor erga lozim darajada k’arashi mumkin.
Nomahram ayollarga nazar solmaslik hak’idagi amrdan bir necha holatlar istisno k’ilingan.
K’ozi shikoyat bilan kelgan yoki guvohlik berayotgan ayolga hukm chik’arish mak’sadida o’z vazifasi yuzasidan k’arashi mumkin.
Shuningdek, k’ozixonada biror ayol hak’ida guvohlik berish kerak bo’lib k’olganda guvoh o’z vazifasini ado etish uchun unga nazar solishi mumkin.
Bu ikki holatda shahvatdan k’o’rk’sa ham, zarurat yuzasidan, k’ozilik va guvohlikni niyat k’ilib, sinchiklab nazar solish joiz.
Tabib ham tibbiy mak’sadlarda k’arashi joiz. Albatta, bu holatda ham sinchiklab k’arash hak’ida so’z ketmok’da. Tabib bemorlik bor joyga nazar soladi. Boshk’a tarafga ko’zini tikmaydi. Doya ayollarga ham ruxsat berilgan.
Ayollar tib ilmini chuk’ur egallashlari va mo’minalarga bu borada xizmat ko’rsatishlari, erkaklarning ayollarga doyalik yoki tabiblik k’ilishlariga hojat k’olmasligi kerak».
* * *
Yurtdoshlarimizdan birining O’zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’atiga shu mavzuda yuborgan savoli va unga berilgan javob ushbu mavzuga oid har k’anday gap-so’zlarga nuk’ta k’o’yadi degan umiddamiz.
Tug’ruk’xonalardagi erkak doyalar hak’ida
Savol: Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirgi kunda tug’ruk’xonalarda ba’zi homilador ayollarga erkak doktorlar doyalik k’ilishadi. Bu Islomda gunoh emasmi? Erkak doyaning smenasiga to’g’ri kelib k’olsa, ayol doyalar bo’lmasa, shunda nima k’ilish kerak?
Javob: Va alaykum assalom! Bu gunohdir. Shariat buni man k’iladi. Bugungi kunda yurtimizda ham, boshk’a yurtlarda ham ayol doyalarni topish muammo emas.
O’zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati
«Farg’ona-Ziyo» saytining «Savol-javob» rukni, 02.03.2017
Комментарии 0