Ayollar hayotdan rozi bolib yashashi uchun sidkidildan xizmat kilishga tayyormiz — prezident — ozbekist

Ayollar hayotdan rozi bo’lib yashashi uchun sidk’idildan xizmat k’ilishga tayyormiz — prezident — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev shanba kuni Toshkentdagi «Navro’z» davlat k’abullar uyida 8 mart — Xalk’aro xotin-k’izlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbirida ishtirok etdi.
«Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko’rsatish xalk’imizga xos olijanob k’adriyat hisoblanadi, — dedi davlat rahbari o’z so’zida. — Biz, barchamiz k’anday kasb, k’anday lavozimda ishlamaylik, k’albimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod k’arzdormiz».
«Cog’lom zurriyod, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdagi o’rningiz va xizmatingizni hech narsa bilan k’iyoslab, baholab bo’lmaydi. Sizlarning mehr-muhabbatingiz, vafo va sadok’atingiz, fidoyiligingiz sababli hayotimiz charog’on. Sizlar tufayli oilalarimizda tinchlik-osoyishtalik, k’ut-baraka hukm surayotgani uchun barchangizga har k’ancha tasanno aytsak, arziydi, albatta», — deb ta’kidladi Prezident.
«Er yuzidagi har k’aysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bo’lgan munosabati bilan belgilanadi», — deb davom ettirdi Shavkat Mirziyoev. Shuning uchun ham O’zbekistonda xotin-k’izlarning huk’uk’ va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, k’obiliyat va salohiyatini ro’yobga chik’arish masalasi mamlakatda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Davlat rahbari yak’in va uzok’ kelajakka mo’ljallangan siyosatda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan sosial masalalarni hal etish birinchi o’ringa k’o’ydi. Bu odamlarni uy-joy bilan ta’minlash, sog’lik’ni sak’lash tizimini tubdan isloh k’ilish bo’ladimi, aholini arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash bo’ladimi, savdo va transport xizmati, elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo’ladimi, bolalar bog’chalari, yangi maktablar, san’at va sport inshootlari, ravon yo’llar k’urish bo’ladimi — bularning barchasi bo’yicha anik’ dastur va rejalar ishlab chik’ilgan.
Yuk’ori texnologiyalarga asoslangan, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining hududlarda ham faoliyat ko’rsatishiga jiddiy e’tibor k’aratilmok’da.
Комментарии 0