Ayrim turdagi khom ashyo va materiallar uchun bojkhona tulovlari kamaytirildi — ozbekiston

Ayrim turdagi khom ashyo va materiallar uchun bojkhona tulovlari kamaytirildi — o’zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoev 4 sentyabrda «Uzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish tugrisida»gi qarorini imzoladi.
Tashqi savdo vazirligi matbuot khizmatining «Gazeta. uz»ga bergan khabariga kura, 10 sentyabrdan birlamchi shakldagi polimerlar, kauchuk, usimlik tuqimachilik tolalari, qora metallardan tayyorlangan bazi buyumlar, kimyoviy mahsulotlar (yogoch qatroni, insektisidlar, metall yuzalariga kimyoviy usulda ishlov berish uchun ishlatiladigan preparatlar, yoglash moylariga qushiladigan prisadkalar va boshqalar) uchun nol foizli bojkhona tulovlari stavkasi joriy etildi. Kontakt linzalarini saqlash uchun eritmalar, videoga olish va videoni aks ettiruvchi uskunalarga bojkhona boji stavkalari pasaytirildi.
Khuddi shu sanadan boshlab Uzbekistonga olib kirilayotgan PVKh/PET-plyonkalar, notuqima materiallar, temir va legirlanmagan pulatdan tayyorlangan simlarning ayrim turlari, videoga olish va videoni aks ettirish uskunalari, kontakt linzalarini saqlash uchun tomchilar va eritmalar uchun aksiz soligi bekor qilindi.
Vazirlikdan aniqlik kiritilishicha, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun khom ashyo va materiallarga bojkhona tulovlarining pasaytirilishi milliy ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarkhining kamayishi va ularning raqobatbardoshligining oshishiga ragbat sifatida khizmat qilishi lozim.
Комментарии 0