Azamat abduraimov saralashning eng muhim uyinini boy berdik — ozbekiston

Azamat abduraimov saralashning eng muhim uyinini boy berdik — ozbekiston

Azamat abduraimov: saralashning eng muhim uyinini boy berdik — o’zbekiston

Sunggi ikki kunda Uzbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 3-saralash bosqich 8-turidagi maglubiyati mukhlisu mutakhassislar tomonidan keragidan ortiq muhokama qilindi.
Murabbiylar va futbolchilar shaniga aytilmagan deyarli «shirin suz» qolmadi. «Ozodi»dagi maglubiyat terma jamoamizning mundialga tugridan-tugri chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi.
Endi uzimiz qolgan ikki uyinda galaba qozonishdan tashqari asosiy raqibning maglubiyatini ham kutishga majbur bulyapmiz. Buni qarangki, Janubiy Koreya termasi Qatarda ochkosiz qolib, ishimizni biroz engillashtirdi.
Nachora, bundan turt yil avvalgi vaziyat yana takrorlanyapti. Yana hammasi uzimizga bogliq bulib qolmoqda. Ammo Tehrondagi kabi uyin kursatilsa, vaziyat yanada chigallashishi aniq. Turt yil avval bizni JCh-2014dan bor-yugi ikkita tup mahrum qilgandi.
Bu safar endi ochkolar ham etmay qoladi, chogi. Biz sobiq futbolchi Azamat Abduraimov bilan suhbatlashish asnosida Eronda bulib utgan uyinni tahlil qilishga urinib kurdik.
— Azamat aka, shakhsan sizda Tehrondagi uyindan oldin ijobiy natijaga umid bormidi?
— Albatta, men ham barcha mukhlislar singari galabaga umid qilgandim. Ishongan edim, demoqchi emasman. Ishonch va umid urtasida farq bor. Bungacha Eronni Mirjalol Qosimov murabbiyligida «Ozodi» stadionida maglub etishni uddalagan edik. Ochigini aytsam, men murabbiylarga emas, kuproq futbolchilarga ishongandim. Ayniqsa, terma jamoamiz etakchilari Odil Ahmedov, Aziz Haydarov va Server Jeparovni saralashning eng muhim uyinida jamoadoshlarini uz ortlaridan ergashtira oladi, deb uylagandim. Sababi, JCh-2018 final bosqichiga chiqish uchun bizni faqat va faqat galaba qoniqtirardi. Shuning uchun, bu uyinga «maydonda jon ber, lekin galaba qozon», degan shior bergan bulardim. Qolaversa, terma jamoaning aksariyat futbolchilari uyindan oldin bergan intervyularida Eronni maglub etishlarini, murabbiyimiz esa mezbonlarga «syurpriz» tayyorlab quyilganini aytgandi. Mana shu omillar terma jamoamizning saralashdagi eng zur uyinini kursatishi va galaba qozonishi uchun umid uygotgandi. Afsuski, amalda bunday bulmadi. Raqibga atalgan «syurpriz»ni ham kurmadik. Eng yomoni, galabaga bulgan harakat ham kuzga tashlanmadi. Futbolda mujizalar uchraydi. Buni hech kim inkor eta olmaydi. Uz misolimizda aytsak, 1994 yilgi Osiyo uyinlari fikrimga yaqqol isbot buladi. Usha musobaqaning yarim finalida Janubiy Koreya termasini mujiza evaziga maglub etgandik. Tan olamiz, koreyaliklar bizdan yaqqol ustun va kuchli edilar. Darvozabonimiz Yuriy Sheykin bulmaganida biz aniq yutqazardik. Qolaversa, himoyachilarimiz ham uyinga jonlarini tikkandilar. Agar omad bizga kulib boqmaganida, usha uchrashuvda darvozamizdan aniq 5-6ta tup utkazib yuborardik. Omadga ham kup narsa bogliq. Lekin omad galabaga ishtiyoqi juda kuchli jamoalarga kulib boqadi. Yana bir bor aytaman, bizning yigitlarda ishtiyoq yuq edi. Utgan yilgi Evropa chempionatini esga olamiz. Uels va Islandiya termalari har bir uchrashuvda sunggi soniyalargacha kurash olib borishdi. Bu ikki jamoa mahorat va tajriba bobida raqiblaridan yaqqol kuchsiz edilar. Ammo usha ishtiyoq evaziga hech kim kutmagan galabalarga erishdilar. Uz navbatida, murabbiylar shtabiga ham kup narsa bogliq. Etibor berdingizmi, men murabbiylar shtabi jumlasini ishlatdim. Hali uyinning taktik tomondan shakllantirilishi haqida gapirmayapman. Futbolchilarning oddiy ruhiy holati ham maromida emasdi. Biz shu kungacha Babayanning yakhshigina psikholog, kuchli motivator ekani haqida kup eshitganmiz. Uning bu mahorati Fillippin yoki Yaman terma jamoasiga qarshi kechadigan bahsga tayyorlashga etadi, undan kupiga emas. Masalan, Suriya bilan bulgan uyinda ham futbolchilar murabbiylari va eng muhimi, Vatan uchun jon fido qilishga tayyor ekanliklarini kurmadim.
— Nima deb uylaysiz, bosh murabbiy uyinga tarkib tanlashda adashdimi? Babayanning urnida siz bulganingizda, tanlovingiz qanday bulardi?
— Uyin utib bulganidan keyin tarkibning tugri tanlangani yoki aksincha ekanligini muhokama qilish oson. Bunday vaziyatda men hamisha murabbiy tomon bulganman. Jamoadagi hozirgi muhit, futbolchilarning holatini hech kim murabbiydan yakhshiroq bilmaydi. Avvalgi uyinlar va Babayanning taktikasidan kelib chiqqan holda, Eronga qarshi uchrashuvga tanlangan tarkibdan hayratga tushmadim. Bosh murabbiy natijaga javob beradi, demakki, tarkib tanlashga ham u masul. Agar men bosh murabbiy bulganimda, maydonga boshqa tarkibni tushirardim. Bu erda gap malum bir futbolchi haqida ketmayapti. Gap shundaki, murabbiy tanlagan taktik skhemaga usha futbolchi javob berishi kerak. Boshqa tomondan olib qarasak, futbolda shunday qonun-qoidalar borki, ularni buzib bulmaydi. Yani, uz klubida deyarli uyin amaliyotiga ega bulmagan futbolchining maydonga tushishiga yul quymaslik lozim.
— Shunday qilib, maglubiyatda kim aybdor?
— Galaba futbolchiniki, maglubiyat esa murabbiyniki bulib kelgan. Natijaga hamisha bosh murabbiy javob bergan. Bu mening gapim emas, balki tarikhiy haqiqat. Hozir maglubiyatga bir nechta sabablarni keltirib utish mumkin. Uylaymanki, hali bu uyin yakhshigina muhokama qilinadi. Keyingi uchrashuvgacha etarlicha vaqt bor. Khatolarimizni kurib chiqish uchun etarli muddat. Hamma gap tugri khulosa chiqarishda. Utgan yili Seulda Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uyinning birinchi bulimida oldindan uylangan taktikaga guvoh bulgandik. Futbolchilarimiz mezbonlarning maydonda erkin harakat qilishiga yul berishmagan edi. Kuchli pressing evaziga koreyaliklarning tup bilan erkin muomala qilishini chegaralab quyishgandi. Bosim ostida qolgan maydon egalari khato qilishga majbur bulgandilar. Bikmaev esa bu «sovga»dan unumli foydalanib, mezbonlarni jazolagandi. Usha uchrashuvning birinchi bulimida murabbiylar shtabining ishi kuringan edi. Eron bilan uyinda khuddi shunday oldindan uylangan kombinasion, taktik futbolni kurmadik. Himoyachilarning qupol khatosi sabab Azmun maydon markazidan qochib ketib, Lobanovni ojiz qoldirdi. Darvozabon ikkala vaziyatda ham bizni qutqarmadi.
— Hozir ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda Samvel Babayanni Aleksandr Lobanov, Igor Sergeev va Stanislav Andreevga katta ishonch bildirayotganlikda ayblashyapti. Ushbu futbolchilar murabbiyning ishonchini oqlamayotgani etirozlarni yana ham kuchaytiryapti. Bu borada fikringiz qanday?
— Albatta, Andreevning erta almashtirilishi murabbiylarning rejalarini buzib yubordi. Lekin chap qanot himoyachisining jarohat olishini katta yuqotish sifatida qabul qilish kerakmi? Nima, bizning uyinimiz chap qanot himoyachisi orqali qurilib, hujumlarimiz u tomonidan rivojlantiriladimi? Yuq, albatta! Eng kutilmagan holat Andreevning urniga Hoshimovning maydonga tushirilishi buldi. Vaholanki, zakhira urindigida Sayfiev utirgan edi. Boz ustiga, Babayan Denisovning uynay olmasligini bir necha hafta oldin bilgandi. Nega urtoqlik uyinida chap qanot himoyachisi bulgan Farrukh Sayfiev sinab kurilmadi? Nimaga nazorat bahsida ham, rasmiy uyinda ham faqat Lobanov maydonga tushishi kerak? Mabodo, Sasha jarohat olsa nima buladi? Terma jamoada uyin amaliyoti bulmagan darvozabonga murojaat qilinadimi? Endi Babayan nazdida bugungi kundagi birinchi raqamli hujumchimiz haqida. Tan olish kerak, Igor Sergeev hozirda uzining bir paytlardagi yuqori sport formasidan ancha yiroqda. U jarohatidan endigina forig bulyapti. Nimaga shunday muammosi bor futbolchiga ikkinchi bulimda ham imkoniyat berildi? Eng muhimi nima, bilasizmi? Babayanga jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish etishmaydi. Hisobda ortda borayotgan vaziyatda qanday yul tutishni bilmaydi. Ikkinchi bulimda mezbonlar hisobda oldinda borayotganlariga qaramay, futbolchilarimizga hujum uyushtirish uchun imkoniyat berishdi. Ular hujumga utib, tavakkal qilishmadi. Hisobni saqlab qolish uchun ehtiyotkorlik bilan uynashdi. Biznikilar esa bunday imkoniyatdan foydalanib qola bilishmadi. Murabbiylarimiz uyin avvalida uchrashuvga qanday taktika tanlangan bulsa, usha uslub asosida uynashda davom etishni afzal bilishdi. Bizning murabbiylarda taktikani uyinning borishiga qarab uzgartirish kerak, degan tushuncha yuq. Qanotlardagi futbolchilar almashtirildi. Abdukholiqov zakhiraga olingach, uning urnida, yani markaziy hujum pozisiyasida Sergeev harakat qila boshladi. Yana usha eski — 4-2-3-1 skhemasiga utildi. Butun uyin davomida darvoza tomon bittagina zarba yullay oldik. Shu ham noaniq chiqdi. Khullas, ijobiy natija haqida gap-suz bulishi mumkin emas. Darvozaga aniq tup yullay olmayapmizu, qanday qilib galaba qozonamiz? Himoyadan hujumga utish juda sekin amalga oshdi. Tabiiyki, maydon egalari ortga qaytib, barcha zonalarni yopishga ulgurishdi. Eronlik himoyachilarning buydor ekanligini bila turib, qanotlardan hujumlar tashkil qildik. Temurkhujada bitta imkoniyat buldi. Usha darvoza tomon berilgan yagona zarba muallifi ham Abdukholiqov edi. Sergeev esa umuman kurinmadi. Khullas, murabbiylarga uyin va tarkib yuzasidan savollar bisyor. Uylaymanki, ular bu savollarga javob berishadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.