Bakara surasi — 285-286 video — ozbekiston

Bakara surasi — 285-286 video — ozbekiston

Bak’ara surasi — 285-286 (video) — o’zbekiston

285. Payg’ambar unga o’z Robbisidan tushirilgan narsaga Iymon keltirdi va mo’minlar ham. Barcha Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg’ambarlariga Iymon keltirdi. Uning Payg’ambarlarining birortalarini ajratmaymiz. Va eshitdik va itoat k’ildik, (ey Robbimiz), mag’firatingni so’raymiz va k’aytib borish Sengadir, dedilar.
Ushbu oyati karima va keyingi oyat ikkalovi o’zlarida ushbu suraning xulosasini mujassam k’ilgandir. Bu ikki oyatning har bir so’zi ulkan ma’no anglatadi. Ularda ak’ida, Iymon xususiyatlari, bandaning o’z Robbisi bilan bo’ladigan holi, farz k’ilingan amallarga munosabat va boshk’alar kelgan. «Payg’ambar unga o’z Robbidan tushirilgan narsaga Iymon keltirdi va mo’minlar ham». Payg’ambarning iymoniday kuchli Iymon bo’lmaydi. Chunki u to’g’ridan-to’g’ri Allohdan k’abul k’ilib olingan iymondir. Oyatda o’sha iymonga mo’min bandalarning sherik k’ilinishi, ular uchun ulkan sharafdir. «Barcha Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg’ambarlariga Iymon keltirdi». Bu k’iyomatgacha insoniyatning barchasiga yo’lboshchi bo’ladigan ummatga xos iymondir. Allohga Iymon keltirish islomiy tasavvurning asosidir. U hayotiy yo’lning negizidir. Odob, axlok’, ik’tisod, siyosat xullas, bandaning har bir harakati va nafasining ham asosidir. Allohga Iymon ketirishning ma’nosi–Uning ilohlikda, tarbiyakunundalikda va ibodatda yagona O’zi hak’dor ekanini e’tirof k’ilishdir. Insonning k’albiga, vijdoniga, hayotidagi har bir ishiga xo’jayinlik yagona Allohga xos, deb e’tirof k’ilishdir. Bu ishlarda Allohga hech k’anday sherik yo’k’. Uning yaratuvchilikda sherigi yo’k’. Hamma narsani O’zi yaratgan. Tasarrufotda ham Uning sherigi yo’k’. Barcha ishlarni yagona O’zi tasarruf k’iladi. Uning rizk’ berishda sherigi yo’k’. Hammaga yagona O’zigina rizk’ beradi. Uning foyda berishda sherigi yo’k’. Hammaga foydani yagona O’zigina beradi. Uning zarar etkazishda sherigi yo’k’. Hammaga zarar etkazishni yagona O’zi amalga oshiradi. Borlikdagi kattiyu kichik har bir narsa Allohning izni va irodasi bilan bo’ladi. Uning ibodatga hak’dorlikda sherigi yo’k’. Barcha ibodat va barchaning ibodati yagona Allohning O’zigadir. Uning itoatga hak’dorlikda ham sherigi yo’k’. Barcha toat va barchaning toati yagona Allohning O’zigadir. Uning bandalar k’albi va vijdoniga xoja ekanligida ham sherigi yo’k’. Hammaning k’albi va vijdoniga yagona Allohning O’zi xojadir. Uning bandalar hayotiga rahnamolik k’ilishda ham sherigi yo’k’. Hammaning hayotiy yo’lini, k’onunlarini, ik’tisodini, muomalalarini yagona Alloh taoloning O’zi ko’rsatib beradi. Shomil Iymon , Allohga Iymon keltirish xuddi shuni tak’ozo k’iladi. Allohning farishtalariga Iymon keltirish Allohga Iymon keltirishning ichida bor. Farishtalarga Iymon keltirishga Alloh buyurgan. Shuning uchun ham Iymon keltirish lozim bo’lgan barcha narsalardan oldin Allohga Iymon mustahkam bo’lishi kerak, deyiladi. Allohning farishtalariga Iymon keltirish his etish a’zolari ta’siriga tushmaydigan, ulardan yuk’ori bo’lgan g’ayb narsalarga Iymon keltirishning bir k’ismidir. Insonni yaratgan Alloh uning tabiatida g’ayb narsalarga k’izik’ish borligini bilganidan, ushbu g’aybiy narsaga–farishtalarga Iymon keltirishga buyurgan. O’zi bilan doimo farishta birga yurishiga, yaxshi-yomon barcha ishlarni yozib borishiga va farishtalarning boshk’a xususiyatlariga Iymon keltirgan odam fak’at yaxshilik k’ilib, yomonlikdan chetda bo’ladi. Bunday his-tuyg’u esa, har bir odam bolasi uchun zarurdir. Insonni hayvondan ajratib turadigan narsalardan biri ham g’aybiy narsalarga, jumladan, farishtalarga ishonishdadir. Bunday iymoni bor inson his etish a’zolari chegarasida tor joyda o’ralib k’olmaydi. Balki tasavvur doirasi cheksiz bo’ladi. Allohning kitoblariga Iymon keltirish ham Allohning O’ziga bo’lgan iymondan o’sib chik’adigan iymondir. Ilohiy kitoblarga Iymon keltirishga Allohning O’zi buyurgan. Allohga ishongan odam Undan kelgan xabarlarga ham ishonishi kerak. Allohning Payg’ambarlariga Iymon keltirish ham Allohning O’ziga bo’lgan iymondan o’sib chik’adigan iymondir. Payg’ambarlarga Iymon keltirishga Allohning O’zi buyurgan. Allohga ishongan odam Uning Payg’ambarlariga ham ishonishi kerak. «Uning Payg’ambarlaridan birortalarini ajtarmaymiz». YA’ni, Alloh yuborgan barcha Payg’ambarlarga birdek Iymon keltiramiz. Birortalarini ajratib k’o’ymaymiz. Shunday k’ilib, musulmon ummati hamma Payg’ambarliklarning yagona va oxirgi merosxo’ri bo’lib k’olgan. Iymon ne’matidek ulug’ ne’mat musulmonlarga nasib k’ilgan. Bu Iymon ularni ikki dunyo saodatiga etkazadi. «Va eshitdik va itoat k’ildik, (ey Robbimiz), mag’firatingni so’raymiz va k’aytib borish Sengadir, dedilar». Bularni fak’at Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga va Payg’ambarlariga hak’ik’iy Iymon keltirgan kishilargina ayta oladilar. Alloh tomonidan kelgan har bir narsani eshitish, Allohdan bo’lgan har bir amrga itoat k’ilish hak’ik’iy mo’minning ishidir. Allohdan kelgan har bir xabarni eshitib, har bir amrga itoat k’ilib turib, yana mo’min kishi o’zida nuk’son borligini his k’iladi va: «Ey Robbimiz, mag’firatingni so’raymiz», deydi. E’tibor k’iling-a, avval eshitish, keyin itoat k’ilish va, nihoyat, mag’firat so’rash. Ba’zi bir gumrohlar eshitmaydi ham, itoat k’ilmaydi ham, lekin mag’firatni da’vo k’iladi. Mo’min kishining bunchalik sertashvish bo’lishiga sabab bor, chunki u k’aytib borish Allohning O’ziga ekanligini juda yaxshi biladi. Banda eshitishga va itoat k’ilishga doim tayyor turgani bilan Alloh taolo uning toat darajasini, nimaga k’odiru nimaga k’odir emasligini yaxshi biladi va unga tok’atidan tashk’ari taklif k’ilmaydi.
286. Alloh hech bir jonni tok’atidan tashk’ari narsaga taklif k’ilmas. Foydasi ham o’z kasbidan, zarari ham o’z kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato k’ilsak, (ik’obga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o’xshash og’irlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga tok’atimz etmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, mag’firat k’il va rahm et. Sen xojamizsan. Bas, kofir k’avmlarga bizni g’olib k’il. Hamma narsani dak’ik’-dak’ik’larigacha biluvchi Alloh har bir jonni ham nimaga yaraydiyu nimaga yaramaydi–yaxshi biladi. Bandalariga mehribonligidan imkoni va hak’k’i bo’lsa ham, hech bir jonni tok’atidan tashk’ari narsaga taklif k’ilmaydi. «Alloh hech bir jonni tok’atidan tashk’ari narsaga taklif k’ilmas». Allohning buyruk’lari va k’aytarik’lari bandaning imkoni darajasi doirasida bo’ladi. Ana o’sha taklifga amal k’ilishiga k’arab, boshk’a hech bir narsaga k’aramasdan, bandaning jazosi yoki mukofoti belgilanadi. Har bir bandaning: «Foydasi ham o’z kasbidan, zarari ham o’z kasbidan» Oxiratda oshna-og’aynichilik, vositachilik, nasli-nasabiga k’arash yoki boshk’a imtiyozlar o’tmaydi. Har bir shaxs o’zi uchun o’zi javob beradi. Shunday ekan, har bir banda Iymon — ixlos bilan Allohning amrini bajarishi va doimo uning o’ziga yolborib duo k’ilishi zarur. «Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato k’ilsak, (ik’obga) tutmagin». Mo’min banda bor imkonini ishga solib Allohning farmoniga muvofik’ ish yuritishga harakat k’iladi. Bu borada ko’pgina to’sik’larni engib, k’iyinchiliklarga bardosh beradi. Lekin u farishta ham emas, ba’zi vak’tlarda bilmasdan xato k’ilib k’o’yadi yoki ba’zi narsalarni unutib, esdan chik’aradi. Shuning uchun ham duoning avval-boshida mazkur narsalar uchun azobga tutmaslikni Alloh taoloning O’zidan so’ramok’da. Alloh taolo mo’min bandalarining ushbu duosini k’abul etgan. Imom Tabaroniy rivoyat k’ilgan hadisda Payg’ambar alayhissalom: «Ummatimdan uch narsa–xato, esdan chik’k’an ishlar va majbur k’ilinganlik ko’tarildi», deganlar. «Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o’xshash og’irlikni bizga yuklamagin». Ma’lumki, Alloh taolo avval o’tgan ummatlarga ular k’ilgan osiyliklari uchun k’iyin-k’iyin takliflar yuborgan. Ba’zilariga tavba k’ilish uchun o’zini o’ldirishni amr k’ilgan bo’lsa, boshk’alarga najosatni ketkazish uchun kiyimini kesishni buyurgan. Shunga o’xshash og’ir ishlar Islom ummatiga ham bo’lmasligi so’ralmok’da. «Ey Robbimiz, bizga tok’atimiz etmaydigan narsani yuklamagin». Mo’minlar Allohning amri k’anchalik bo’lsa ham bajarishga doim tayyorlar. Lekin Allohning rahmati kengligidan umidvor bo’lib, o’zlarini kichik fahmlab, bu duoni k’ilishmok’da. «Bizni afv et, mag’firat k’il va rahm et». Mo’min banda har k’ancha harakat k’ilsa ham, bandalik burchini to’lik’ ado eta olmasligini yaxshi biladi. Shuning uchun doimo o’ziga Allohning afvi, mag’firati va rahmatini so’rab turadi. «Sen xojamizsan. Bas, kofir k’avmlarga bizni g’olib et». Hak’ik’atda mo’min bandaga Allohning O’zidan boshk’a xoja yo’k’. YOrdamchi yo’k’. Shuning uchun ham mo’minlarning hayotlaridagi eng muhim narsalardan biri–kofir k’avmlar bilan bo’ladigan kurashda Uning O’zidan g’oliblikka yordam so’ralmok’da. Bak’ara surasining oxiridagi ikki oyat hak’ida bir k’ancha rivoyatlar kelgan. Jumladan: Imom Nasaiy ibn Abbosdan k’ilgan rivoyatda k’uyidagilar aytiladi: «Rasululloh alahissolatu vassalom Jibroil bilan o’tirgan edilar. Yuk’oridan bir ovoz eshitildi. Jibroil osmonga burilib k’aradi-da: «Bu osmonning eshiklaridan biri, hech ochilmagan edi, bugun ochildi», dedi. Undan bir farishta tushdi va Payg’ambar alayhissolatu vassalomning huzurlariga kelib: «Suyunchi, sendan avvalgi Payg’ambarlarga berilmagan ikki nur senga berildi, surai Fotiha va Bak’ara surasining oxiri. Ulardan o’k’igan har bir harfingga, albatta,(savob va javob) berilasan», dedi». Imom Ahmad rivoyat k’ilgan hadisda Payg’ambar alayhissalom: «Surai Bak’araning oxirgi ikki oyatini o’k’i, ular menga arshning ostidagi xazinadan berilgan», deganlar. Boshk’a bir hadisda: «Kim Bak’ara surasi oxiridagi ikki oyatni bir kechada o’k’isa, kifoya k’iladi», deganlar…

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.