Barselona valverde bilan kanday korinish hosil kiladi — ozbekiston

Barselona valverde bilan kanday korinish hosil kiladi — ozbekiston

Barselona valverde bilan k’anday ko’rinish hosil k’iladi? — o’zbekiston

«Atletik»ning sobik’ ustozi Ernesto Valverde 4-2-3-1 o’yin sxemasining shaydosi hisoblanadi. «Barselona»ning yangi bosh murabbiyi ushbu o’yin sxemasini k’o’llaydigan bo’lsa, kataloniyaliklarning asosiy tarkibi k’ay ko’rinishda bo’ladi? Goal nashri ushbu o’yin sxemasidagi «Barselona»ni tahlil k’ilib ko’rdi.
Kelasi ikki mavsum davomida (agarda yaxshi ko’rsatkichga erisha olsa, k’o’shimcha yana bir yilga uzaytiriladi) «Barselona»ni boshk’aradigan Valverde oldidagi bosh muammo bu «ko’k-anorranglilar»ning o’yin uslubi. Undan oldingi hamkasblaridan k’olgan 4-3-3 o’yin sxemasini sak’lab k’olish yoki «Barsa» uchun yangi o’yin uslubi o’ylab topish.
Viandar de la Veralik murabbiy «Atletik»dagi faoliyati davomida ko’prok’ 4-2-3-1 o’yin sxemasida ish olib borgan va buni «Barselona»da ham k’o’llab ko’rsa ajab emas. Albatta, bu uslubda futbolchilarning pozisiyalari rak’ibning darajasiga k’arab o’zgarib turadi.
Valverdening ushbu o’yin uslubida kataloniyaliklarning asosiy tarkibi k’uyidagicha ko’rinish olishi mumkin:
Inesta va Messi maydondagi o’rinlarini almashtirishi mumkin. Bunday o’rinda, argentinalik yulduz o’yinda etakchilikni o’z k’o’liga olishi, ispaniyalik «afsungar» esa rak’ibga bosimni kuchaytirishi kerak bo’ladi.
Muhim o’zgarish jamoaning so’nggi mavsumdagi og’rik’li nuk’talaridan biri bo’lgan o’ng k’anot himoyasida ro’y berishi mumkin. Aleysh Vidal mavsum startiga tayyor holatda etib kelmasa, uning o’rnini «Barselona B»dan yosh iste’dodli himoyachi Palensiyani asosiy tarkibda ko’rishimiz mumkin. «Atletik» bilan o’tkazgan birinchi mavsumidayok’ Valverde jamoaning k’anot himoyasini yosh Andoni Iraolaga ishonib topshirgan edi. YAkunda Iraola jamoasining muhim futbolchisiga aylangan edi. Ajab emas, Valverde «Barsa» yoshlariga ham imkoniyat bersa.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.