Barselonaga nima bulyapti — ozbekiston

Barselonaga nima bulyapti? — o’zbekiston
«Barselona»ga nimadir bulgani aniq. Qulga kiritilgan Ispaniya kubogi, transfer bozoridagi mayda kharidlar, Neymarning ketishi – bularning barchasi jamoada muammolar vujudga kelganidan darak beradi. Bundan ikki yil avval «Barselona» klubi futbol tarikhidagi eng kuchli jamoasi sifatida etirof etilgandi. U tengsiz edi. MSN triosiga hamma havas va hasad qilardi. Transfer bozorida «Barsa» bilan raqobatlashish imkonsiz edi – u Neymarni raqiblardan osongina tortib olgandi va ispan konkistadorlari singari Suaresni Tumanli Albiondan olib kelgandi. Endi-chi?
Bu mekhanizmga «virus» tushdi. 2010 yilda klub tepasiga Rossel va Bartomeu kelib, juda katta khatoga qul urishdi: ular «La Masiya»ning usha paytdagi rahbarlarini istefoga chiqarib, ularning urniga tajribasiz kishilarni quyishdi. Shundan sung oradan 7 yil utdi. Bu vaqtda butun boshli avlodni etishtirish mumkin, lekin usha avlod qani? Akademiyaning asosiy vazifasi asosiy tarkibga mos yoshlarni etishtirib berish emasmi?
«Barselona» asosiy tarkibidan qunim topgan eng sunggi tarbiyalanuvchi Deulofeuni joriy yilning yozida uzoq mehnat safaridan sung qaytarib olishdi. Utgan mavsumda «La Masiya» bitiruvchilar orasidan faqat Serkhi Roberto jamoaga kelib qushilgandi. Lekin Roberto ham, Deulofeu ham amaldagi emas, sobiq prezident Laportaning qaldirgochlari hisoblanishadi. Laportaning davrida ular 16 va 18 yoshda bulishgan.
Bu klubdagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Shu 7 yil ichida «La Masiya» 1000 ortiq yoshlarni uchirma qildi. Lekin ularning natijasi kurinmayapti. Tarbiyalanuvchilarga hech qanday etibor yuq. Ularga buyumdek qaralib, asosiy tarkibda omadini sinab kurish imkoniyati berilmayapti. Grimaldo «Benfika»ga, Adama Traore esa Angliyaga sotildi. Sandro Ramiresni arzimagan pulga «Malaga»ga sotishdi. Futbolchi yangi jamoasi va yoshlar urtasidagi Evropa chempionatida juda yakhshi uynadi, lekin kataloniyaliklar bunga parvo ham qilishmadi.
Rossel va Bartomeuning «Neymar ishi»da aloqasi borligi aniqlangach, bu hol ularning obrusiga salbiy tasir etmay qolmadi. Lekin 2015 yilda qulga kiritilgan trebl quvonchi sababchi Bartomeu baribir prezident etib saylandi. Ana shu voqeadan sung katalon grandida yangidan-yangi muammolar vujudga kela boshladi. Dastlabki transfer taqiqi davrida sotib olingan Turan bilan Vidal yarim yil maydonga tushishmadi. Muddat tugab maydonga qaytishganda ham mukhlislar kutgandek uynay olishmadi. 2016 yilning yozida «Barsa» transfer uchun 100 mln. evrodan ziyodroq pul sarfladi. Jamoaga Andre Gomesh, Pako Alkaser, Denis Suares, Lyuka Din va Samyuel Umtitilar kelib qushildi. Ushbu kharidlar ichida faqatgina Umtiti uzini oqladi. Katta mablag sarflanganiga qaramay himoyadagi ung qanot ochiqligicha qolaverdi. Shunday chigal vaziyatda Dani Alvesga javob berilishi olovga yog sepish bilan barobar edi, lekin rahbariyat buni kech tushundi.
Chempionlar Ligasi chorak finalidagi maglubiyatdan sung ispanlarning nufuzli Sport nashri klub ichki manbalariga asoslangan holda «Barsa» rahbarlarining yozda ulkan inqilobni amalga oshirishni kuzlayotgani haqida khabar topdi. Hozir bu inqilobning hidi ham chiqqani yuq. (Agar inqilob deya Messining uzaytirilgan shartnomasini nazarda tutishmagan bulsa albatta). Joriy yildagi transfer mavsumida kataloniyalar uzlarini juda galati tutishmoqda.
Jamoaga Valverdening taklif etilishi «Barsa» uchun qanday naf keltirishi haqida gapirishga hali erta. Ispan OAV uni yoshlar bilan ishlay oladigan, lekin «blaugranas»ga «khos bulmagan murabbiy» sifatida tavsiflashmoqda. Ernesto kamtar, janjalni yoqtirmaydigan, yoshlar bilan ishlaydigan va qulidagi imkoniyatdan unumli foydalana oladigan mutakhassis hisoblanadi. U pullarini Snupp Dogg singari hammaga kuz-kuz qiladigan maqtanchoqlar toifasiga kirmaydi. Nazarimda u uzini klubda noqulay his qilmoqda. Bu esa yakhshilikka olib kelmaydi. Yangi ish joyiga kelgan TOP-menedjer rahbariyat bilan uchrashib, jamoaning muammoli nuqtalari qaerdaligi va uni qanday bartaraf etish mumkinligi khususida fikrlarini aytishi lozim. Uziga kerakli uyinchilarni, hatto ularning narkhi osmon bulsa ham sotib olinishini talab qilishi kerak. Kuchlilar uzi singari kuchli uyinchilar bilan birga uynashi darkor.
«Barselona» transfer bozorida puldor TOP-klublardek siyosat yuritmay quydi. Neymar va Suareslarga ega bulish uchun tish-tirnogi bilan kurashgan klubdan asar ham qolmagan. U uz maqsadiga erishish uchun hech narsadan tap tortmasdi. Nima demoqchiligimizni hozirgi «Barsa» va «PSJ» misolida kursatishga harakat qilaman.
«Barsa» Verrattiga qiziqib qoldi. Uyinchi ham etiroz bildirmadi. Khush, uyinchini qulga kiritish uchun «Barsa» nima qildi? Ular Messini Verratti dam olayotgan Ibisaga junatishdi. Rahbarlar ham jim utirmay italiyalik bilan bulgusi bitim haqida uzaro kelishuvga erishdi. Shu kholos. Ular uz uljalariga ega chiqish uchun har tomondan hujum uyushtirishga qurqishdi. Ochiqroq qilib aytganda, Verrattini «PSJ» rahbariyati bilan ochiq muloqotga kirishga unday olishmadi. Guyoki Verratti «Barselona»ga utishni juda ham istayotgandek, aslida esa uyinchiga qaerda uynashning farqi yuq, uzi istagancha maosh berilsa bas.
Avvalgi «Barsa»dan asar ham yuq. «Barselona» prezidentligiga nomzodini quygan Agusti Beneditoning gaplarida jon bor: «Bartomeu jamoasining klub buyicha loyihasi yuq. Bundan keyin ham shunday bulib qolaveradi. «Barselona» maqsadiga ega klubga ukhshamay qoldi».
Afsonaviy Khavi ham shunday fikrda: «Jamoaning uygonadigan payti buldi».
Комментарии 0