Bernardu sila kuch e-e yoge silva — ozbekiston

Bernardu sila (kuch), e-e, yo’g’e, silva! — o’zbekiston
Leonardu Jardim «Monako»da yangi taktik sxemani amalga tatbik’ etganidan keyin nafak’at klubning o’yin uslubi, balki futbolchilar, ularning professional ishga nisbatan munosabat-yondashuvlari ham keskin o’zgardi. Natijada knyazlik jamoasi ham ichki chempionat, ham EChLdek nufuzli, rak’obatbardosh turnirda birdek muvaffak’iyatli to’p surmok’da. Xususan, Bernardu Silva yangi taktik chizmalarga osongina moslashdi va hozirda o’z so’zini baralla aytmok’da. Misol uchun, bosh murabbiy Leonardu Jardim «Renn»ga k’arshi uchashuvda ilk marta 4-2-2-2 taktik sxemasiga murojaat etib, uni sinovdan o’tkazgandi. Joriy mavsum barchani lol k’oldirayotgan mutaxassis keyingi turda yosh yarim himoyachi Bernardu Silvaga ham imkoniyat berdi. Bu futbolchi uchun Fransiya oliy divizioni doirasidagi 6ta tur ichida 3-marta pozisiya almashtirish edi. Xullas, portuga-liyalik yarim himoyachi bungacha chap k’anot vingeri va «10-rak’am» (4-2-3-1 taktikasida) rolini bajarib ko’rishga ulgurgandi. Murabbiy uning oldiga 4-2-3-1 taktik chizmasidan foydalanilganda, ko’zga tashlangan kamchilik-lar — to’pni tez-tez yo’k’otib k’o’yish va keragidan ortik’ ushlab k’olish hollariga barham berish vazifasini k’o’ydi. Mana, jamoa Jardim yo’lga k’o’ygan yangi uslubga daxldor ko’rsatmalarni risoladagidek bajarish evaziga turli kamchiliklardan forig’ bo’ldi, Silva esa sxemaning muhim bo’g’iniga aylandi.
Xullas, Bernardu o’zining sevimli rolini egallab, pleymerker pozisiyasida to’p sura boshladi. Oddiy aytganda, uning k’arshisida azaliy orzusi — maydondagi erkinlik va kenglik yuzaga keldi. O’smirlar jamoasida Silvaga ustozlik k’ilgan murabbiy Xelena Koshta uning o’yin uslubi xususida shunday degandi: «Bernardu ajoyib o’yin uslubiga ega. Bu shogirdimni k’anot vakili emas, balki «10-rak’am» rolida tasavvur k’ilyapman. U deylik, Ronaldudan fark’li o’larok’, ancha bosik’, xotirjam to’p suradi. Xususan, ko’prok’ o’z o’rnida k’olishga moyilki, bu taktik ishlanmalarni maromiga etkazishda juda muhim sanaladi». Endi jahon futbolidagi eng ilg’or agentlardan biri Jorje Mendeshning futbolchi hak’idagi fikrlariga e’tibor k’arating: «Bernardu jismoniy ko’rsatkichlar nuk’tai nazaridan aynan «Barselona» uslubiga juda mos tushadi. To’g’ri, u hozircha o’z xatti-harakatlarini to’lik’ nazorat k’ilish k’obiliyatiga ega emas. Shuningdek, statistik ko’rsatkichlari hali ancha past». Ha, tanik’li agentning mulohazalariga k’o’shilmaslikning iloji yo’k’.
Fak’at shuni alohida k’ayd etish o’rinliki, Silva joriy mavsum o’zi istagan uslubda harakatlanmok’da. 4-2-2-2 taktik chizmasining o’ziga xos tomoni bor: harakat yo’nalishlari rejadagidek bo’lishi ta’minlansa, rak’ibning himoya va tayanch yarim himoya chizik’lari o’rtasida sezilarli bo’shlik’ yuzaga keladi. YA’ni himoyachilar 2 nafar hujumchini, tayanch hududidan joy olganlar esa markaz ork’ali olg’a intiladiganlar yo’llarini yopish bilan shug’ullanishadi. «Monako»da Toma Lemar ko’pincha Silvadan ork’arok’da o’ynamok’da. Shu tarik’a chizik’lar o’rtasidagi kenglikni yolg’iz portugaliyalikning o’zi nazorat k’ilmok’da. Joze Mourinoning fikriga ko’ra, vertikal futbol taktikasida tezkor futbolchilar samaradorligini oshirish uchun o’rta zonadagi o’yinchilardan biri to’pni o’zida ushlab turishi va kerakli payt anik’ uzatmani amalga oshirishi kerak. Tabiiyki, buning uchun alohida ik’tidor talab etiladi. Agar shunday futbolchi topilsa,
DAVOMI
Комментарии 0