Bir kator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi — prezident karori — ozbekiston

Bir k’ator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi — prezident k’arori — o’zbekiston
Hujjatda k’ayd etilishicha, mamlakatning mustak’il rivojlanishi davrida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chik’arish bo’yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortik’ davlat ob’ekti, shu jumladan, 6,5 mingta yirik va o’rta korxona xususiy mulk k’ilib sotildi. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81 foizidan ko’prog’i, sanoat ishlab chik’arishining 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to’g’ri kelmok’da.
Shu bilan bir k’atorda, tank’idiy tahlillar shuni ko’rsatmok’da, «bir k’ator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi», deyiladi hujjatda.
«Xususan, respublika mintak’alaridagi ijtimoiy-ik’tisodiy rivojlanish ishlarining borishi bilan tanishish natijalari xususiylashtirilgan korxonalarning mulkdorlari ishlab chik’arish k’uvvatlaridan samarali foydalanmayotgani va korxonalarni uzok’ muddatli rivojlantirish bilan shug’ullanmayotgani, ixtisoslashgan ishlab chik’arishlarni tiklamayotganligi va ishlab chik’arayotgan mahsulotlarining rak’obatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etmayotganligini ko’rsatmok’da, — deyiladi k’arorda. — Mazkur holatlar Toshkent shahrida avval xususiylashtirilgan „Rele va avtomatika“, „Algoritm“ zavodlari, Samark’and shahridagi „K’izil dvigatel“ va Liftsozlik zavodlari, G’ijduvon ip yigiruv fabrikasi, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi parranda fabrikasi, Termiz shahridagi „16-sonli g’isht zavodi“ va boshk’a ko’plab ob’ektlar misolida ko’rinib turibdi».
O’tkazilgan xatlov natijalariga ko’ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortik’ past rentabelli va zarar ko’rayotgan kam k’uvvatli xo’jalik sub’ekti, shu jumladan, mingdan ortik’ ishlamayotgan hamda deyarli bo’sh yotgan ob’ekt, samarasiz foydalanilayotgan er uchastkalari va ishlab chik’arish xonalari anik’langan.
«Davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o’rganish, ularning ishlab chik’arish faoliyati va moliyaviy-ik’tisodiy ahvolini monitoring k’ilish, mavjud muammolarni tahlil etish va sabablarini anik’lash, ularni kredit va moddiy resurslar bilan ta’minlashda, muhandislik-ishlab chik’arish infratuzilmasini tiklashda, ichki va tashk’i savdo bozorlarini topishda amaliy ko’mak berish bilan sust shug’ullanmok’da «, — deya davom ettiriladi k’arorda.
«Yuzaga kelgan holat vakolatli organlarning xususiylashtirilgan korxonalarga yondashuvlari, ular bilan ishlash prinsiplari va usullarini tubdan o’zgartirishni, faoliyat samaradorligini oshirishga har tomonlama ko’maklashish, ishlab chik’arishni tiklash va rivojlantirish bo’yicha «yo’l xaritalari»ni ishlab chik’ish va amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatining asoslarini o’rgatish, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarni k’o’llab-k’uvvatlashning moliyaviy manbalarini kengaytirishni talab etadi», — deya k’ayd etiladi hujjatda.
K’abul k’ilingan «2017?2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi»da ik’tisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishdagi muhim vazifa sifatida xususiy mulkning ustuvor rolini kuchaytirish va xususiylashtirilgan ob’ektlar negizida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun k’ulay shart-sharoitlar yaratish belgilangan.
K’arorda O’zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va rak’obatni rivojlantirish davlat k’o’mitasi o’z faoliyatida bevosita O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot berishi belgilandi.
Комментарии 0