Boks ozbekiston jahon kubogida besh medalni kolga kiritdi foto — ozbekiston

Boks: o’zbekiston jahon kubogida besh medalni k’o’lga kiritdi (+foto) — o’zbekiston
14?18 dekabr kunlari Nijnevartovskda (Rossiya)neft ishlab chik’aruvchi davlatlar o’rtasida Farman K’urban o’g’li Salmanov xotirasiga bag’ishlangan XIV Jahon kubogi bo’lib o’tdi. Musobak’alarda Osiyo va Evropaning 14 mamlakatidan 130 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi, deya xabar k’ildi Boks federasiyasi.
Musobak’a yakunlariga ko’ra, O’zbekiston termasi ikki oltin, bir kumush va ikki bronza medalini k’o’lga kiritdi.
Final bahsida Ik’boljon Xoldorov (64 kg gacha vazn toifasida) Rossiya vakili Aleksey Mazur, Isroil Madrimov (75 kg gacha) esa rossiyalik Aleksandr Agafanovga imkoniyat k’oldirmadi va kubok sohibi hamda «xalk’aro toifadagi sport ustasi» mak’omi egasiga aylandi.
Mironshoh Ibragimov (49 kg gacha) musobak’aning so’nggi bosk’ichida rossiyalik Belik Galanovdan mag’lub bo’lib, birinchilik «kumush»i bilan cheklandi. Mirazizbek Mirzaxalilov (56 kg gacha) va Ulug’bek Mubinov (+91 kg) bronza medaliga sazovor bo’lishdi.
Foto
Комментарии 0