Boks uzbek tigers rossiyaning patriot boxing team jamoasi bilan uchrashadi — ozbekiston

Boks: uzbek tigers rossiyaning patriot boxing team jamoasi bilan uchrashadi — o’zbekiston
Uzbek Tigers yarim professional boks jamoasi Jahon boks seriyasi oltinchi turi doirasida Rossiyaning Patriot Boxing Team klubi bilan uchrashuv o’tkazadi. Saralash bosk’ichining so’nggi janglari 21 aprel kuni Rossiyaning Perm shahrida bo’lib o’tadi.
Jamoalar S2 guruhi vazn toifalari :52, 60, 69, 81 va +91 kg bo’yicha bellashadi. Ikkinchi eng engil vaznda Abrorjon K’odirov (2 g’alaba, 4 mag’lubiyat) Vyacheslav Tashkarakov (2?4) bilan, Ulug’bek Do’smurodov (0?0) WSBdagi debyutida Konstantin Bogomazov (2?3) bilan, Odiljon Aslonov (0?0) ham turnirdagi birinchi jangida Artyom Zaysev (1?0) bilan, Madiyor Saidrahimov (0?0) Pavel Silyagin (7?1) bilan, Mirzabek Hasanov (2?1) esa Artyom Suslenkov (0?0) bilan kuch sinashadi.
Juftliklar tarkibi
52 kg: K’odirov Abrorjon — Vyacheslav Tashkarakov
60 kg: Ulug’bek Do’smurodov — Konstantin Bogomazov
69 kg: Odiljon Aslonov — Artyom Zaysev
81 kg: Madiyor Saidrahimov — Pavel Silyagin
+91 kg: Mirzabek Hasanov — Artyom Suslenkov
Rossiya jamoasi (jadvalda 7 ochko) ustidan erishilgan g’alaba Uzbek Tigers (9) jamoasiga B guruhida birinchi yoki ikkinchi o’rin bilan ¼ finalga chik’ish imkonini beradi. Bu K’ozog’istonning Astana Arlans (12) va Xitoyning China Dragons (3) jamoalari uchrashuvi natijalariga bog’lik’. Joriy mavsumda 12 mamlakat 3 ta saralash guruhiga: A — Amerika, V — Osiyo va S — Evropa bo’lingan holda o’zaro bellashmok’da. Mazkur uchrashuvlar natijasi O’zbekiston termasining chorak finalda Lotin Amerikasining k’aysi jamoasi bilan uchrashini belgilab beradi.
Комментарии 0