Boks uzbek tigers va cuba domadores samarkandda uchrashadi — ozbekiston

Boks: uzbek tigers va cuba domadores samark’andda uchrashadi — o’zbekiston
Uzbek Tigers yarim professional boks jamoasi Jahon boks seriyasi (WSB) chorak finalida musobak’aning ikki karra g’olibi — Cuba Domadores bilan uchrashuv o’tkazadi. Birinchi besh bellashuv 13 may kuni 20:00 da Samark’andda, javob uchrashuvi esa 19 may kuni GAvanada bo’lib o’tadi, deb xabar k’ildi WSB o’z saytida.
Kechaning asosiy janglaridan birida 23 yoshli olimpiya chempioni Hasanboy Do’smatov (13?0) 20 yoshli Olimpiya o’yinlari-2016 bronza medali sohibi Xoanis Arxilagosga (11?4) k’arshi ringga ko’tariladi.
22 yoshli Olimpiada-2016 «bronza»si sohibi Murodjon Ahmadaliev (2?2) 20 yoshli Xaver Ibanes (4?0) bilan kuch sinashadi.
20 yoshli Osiyo chempioni Ik’boljon Xoldorov (0?0) WSB’da 21 yoshli Endi Krusga (8?1) k’arshi debyut uchrashuvini o’tkazadi.
Toshkentda o’tgan Osiyo birinchiligida oltin medalni k’o’lga kiritgan 22 yoshli Isroil Madrimov (2?0) esa amaldagi jahon va Olimpiada chempioni 24 yoshli Arlen Lopes (15?4) k’arshiligini engib o’tishi kutilmok’da.
Sanjar Tursunov (0?0) besh raundlik formatda ilk bor Olimpiada bronza medali sohibi Erislandi Savon (23?1) bilan bellashadi.
Juftliklar tarkibi
49 kg: Hasanboy Do’smatov — Xoanis Arxilagos;
56 kg: Murodjon Ahmadaliev — Xaver Ibanes;
64 kg: Ik’boljon Xoldarov — Endi Krus;
75 kg: Isroil Madrimov — Arlen Lopes;
91 kg: Sanjar Tursunov — Erislandi Savon.
Комментарии 0