Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji rahbarlari vazifasidan ozod kilindi — ozbekiston

Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji rahbarlari vazifasidan ozod kilindi — ozbekiston

Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji rahbarlari vazifasidan ozod k’ilindi — o’zbekiston

Poytaxtdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yusupova o’k’uv muassasasini o’z tizimiga olgan O’zbekiston Sog’lik’ni sak’lash vazirligi buyrug’i bilan lavozimidan ozod k’ilindi.
Sog’lik’ni sak’lash vazirligidan «Gazeta. uz»ga xabar k’ilinishicha, rahbar bilan birgalikda o’k’uv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Hilola Bo’rixo’jaeva va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Vazira Hasanova ham vazifasidan chetlatildi.
3 may kuni kollejning 2-bosk’ich talabasi 1999 yilda tug’ilgan Jasurbek Ibragimov tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotk’izilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.
Mirobod tumani IIB tomonidan O’zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-k’ismi «d» bandi bilan jinoyat ishi k’o’zg’atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi 4 iyun kuni Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga k’abul k’ilingan. To’plangan dalillar majmui asosida Islom To’laganov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-k’ismi «d» bandi bilan ayblanuvchi tarik’asida ishtirok etishga jalb k’ilindi va unga nisbatan «k’amok’» ehtiyot chorasi k’o’llanildi.
Boshk’a shaxslarning hodisaga alok’adorligini anik’lash ishlari olib borilmok’da. Dastlabki tergov jarayonida o’k’ituvchilar va tibbiy xodimlarning harakatlariga ham huk’uk’iy baho beriladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.