Buxoro fk oz muxlislari bilan uchrashdi — ozbekiston

Buxoro fk o’z muxlislari bilan uchrashdi — o’zbekiston
Bugun «Buxoro» jamoasi o’z muxlislari bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi. Klub k’arorgohida tashkillashtirilgan yig’ilishda jamoa murabbiylari va futbolchilari muxlislar bilan mulok’ot k’ilishdi. Ancha pozitiv ruhda kechgan suhbat chog’ida muxlislar o’zlari k’izik’tirgan savollarga javob olishdi. Xususan, jamoaning ikkinchi davrada yanada ijobiy natijalarga erishishi uchun bugundan ishlar olib borilmok’dami, tarkibni kuchaytirish va jamoaga yangi futbolchilarni taklif k’ilish masalasi ko’rib chik’ilmok’dami yoki yo’k’mi degan savollarga javob olishdi.
Yuk’oridagi savollarga bosh murabbiy Ulug’bek Bak’oev javob berar ekan, u k’uyidagicha fikr bildirdi: “Albatta ikkinchi davrada ham munosib ishtirok etishni mak’sad k’ilganmiz. Birinchi davradagi natijalarga k’arab, ikkinchi davra uchun seleksiya ishlari olib boriladi”-deb aytdi Bak’oev.
Bir soatcha davom etgan mulok’ot so’ngida “Buxoro” futbolchilari va muxlislar ertaga boks bo’yicha Osiyo chempionatining yarim final raundida ishtirok etuvchi o’zbek bokschilariga omad tilashdi va videomurojaat yuborishdi.
Ushbu videoni MANA BU link ork’ali tomosha k’iling
Комментарии 0