Chelsi yangi futbolchi transferini elon qildi — ozbekiston

Chelsi yangi futbolchi transferini elon qildi — o’zbekiston
«Roma» himoyachisi Antonio Ryudiger Londonning «Chelsi» klubi safini tuldirdi. Londonliklar klubi rasmiy sayti, 24 yoshli ushbu germaniyalik futbolchi tibbiy kurikdan utib, klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini malum qildi.
London klubida 24 yoshli futbolchi 2-raqam ostida tup suradi.
Bundan avvalgi khabarlarda ushbu transfer qiymati 34 million funt sterlingni tashkil qilishi mumkinligi aytilgandi. Futbolchining «Chelsi»da oladigan maoshi miqdori — yiliga 3,5 million funt.
«Yangi jamoadoshlarim bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Rasman «Chelsi» futbolchisi bulganimdan fakhrlanaman», — degan Ryudiger.
«Roma»ga futbolchi 2015 yilda «Shtutgart»dan ijara asosida kelib qushilgandi. Oradan bir yil utib rimliklar uning transfer huquqini tuliq sotib olishgandi.
Utgan mavsumda Ryudiger rimliklar safida barcha turnirlar doirasida 36 uchrashuvda maydonga tushgan va bir gol urib, 4 golli uzatma muallifi bulgandi.
Antonio Ryudiger biroz oldinroq Germaniya terma jamoasi bilan Konfederasiyalar Kubogi-2017 turnirida chempion bulgandi.
Комментарии 0