Domenek barselona tarkibidagi eng yomon oyinchi messi boldi — ozbekiston

Domenek: barselona tarkibidagi eng yomon o’yinchi messi bo’ldi — o’zbekiston

Fransiya terma jamoasining sobik’ bosh murabbiyi Raymon Domenek Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Barselona» — «PSJ» (6:1) uchrashuvi hak’ida o’z fikrlarini bildirib o’tdi. U ko’k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messini tank’id k’ilishda davom etgan.
Eslatib o’tamiz, kataloniyaliklar bellashuv yakunida uchta to’p kiritdi va musok’abaning keyingi bosk’ichiga yo’llanmani ilib ketdi, argentinalik forvard esa birinchi bo’limda penaltini anik’ amalga oshirdi.
«Ha, men Messi ba’zida o’yindan tushib k’olganini gapirganimda xato k’ilgandim. Endilikda u umuman o’ynamayapti. Lionel «Barselona»ning «PSJ» bilan o’yindagi eng yomon o’yinchisi bo’ldi. O’sha bellashuvda u umuman ork’aga k’aytmadi.
Mo’’jiza hak’ida… Odatda Messi jarima zarbalarida hech kimni to’pga yak’inlashtirmaydi, birok’ Neymarga oxir-ok’ibat uni tepish imkonini berishdi – u to’p kiritdi. Braziliyalik juda ajoyib edi! Suares zo’r o’ynadi. Busketsni ham alohida ta’kidlab o’tish lozim. «Barselona» tarkibida ajoyib o’yin ko’rsatgan futbolchilar bor edi. Yumtiti hayratga soldi – u shunday o’yinni kamdashuviam ko’rsatadi.
O’yinning 87-dak’ik’asida «Borussiya» va «Benfika» bahsi oxirini ko’rish uchun kanalni o’zgartirishimga bir baxya k’oldi. Oxirida kataloniyaliklar men va boshk’alar uchun ajoyib o’yin ko’rsatib berishdi. Barselonadagi bahsni ko’rishni nimaga davom ettirganimni bilmayman. Shunchalik so’zlar kamlik k’iladi. Bunday holatni tushuntirib berish mushkul. Ro’y bergan hodisaga k’andaydir izoh berish ilojsiz. Bu sharmandalikni yuvib, ketkazish mumkin emas», — deya Domenekning so’zlarini keltiradi Football365 nashri.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.