Dori vositalarini chakana sotishni lisenziyalash hokimiyatlar tomonidan amalga oshiriladi — ozbekiston

Dori vositalarini chakana sotishni lisenziyalash hokimiyatlar tomonidan amalga oshiriladi — o’zbekiston
1 apreldan farmasevtika faoliyatining turi — dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishni lisenziyalash K’orak’alpog’iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. Bu O’zbekiston Prezidentining 14 fevraldagi «Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmasevtika faoliyatini lisenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi k’arorida o’z aksini topgan.
Hujjatda k’ayd etilishicha, o’tkazilgan o’rganish yakunlari dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini oshirilgan narxlarda chakana sotish faktlarini profilaktika k’ilish hamda oldini olish samaradorligi pastligi, ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxining davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishni ta’minlash bo’yicha mavjud imkoniyatlardan etarlicha darajada foydalanilmasdan kelinayotganidan dalolat bermok’da.
Bu «dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishni lisenziyalashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etishni, iste’molchilar huk’uk’larini himoya k’ilishning huk’uk’iy mexanizmini, lisenziya talablari va shartlariga rioya etish ustidan nazoratni kuchaytirishni talab k’ilmok’da».
K’aror ijrosi ustidan nazorat bosh vazir Abdulla Aripov va bosh prokuror Ixtiyor Abdullaev zimmasiga yuklandi.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chik’arish va rak’obatni rivojlantirish davlat k’o’mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Solik’, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga k’arshi kurashish departamentiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar narxning davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishini tizimli asosda nazorat k’ilish vazifasi topshirildi.
Комментарии 0