Echl lester sevilyani musobakadan chikarib yubordi — ozbekiston

Echl lester sevilyani musobakadan chikarib yubordi — ozbekiston

Echl. lester sevilyani musobak’adan chik’arib yubordi — o’zbekiston

O’z tarixida ilk marta Evropa chempionlar ligasida ishtirok etayotgan Angliyaning «Lester» klubi chorak finalga chik’ishga muvaffak’ bo’ldi. «Tulkilar» nimchorak finalda «Sevilya»ni musobak’adan chik’arib yuborishdi.
Birinchi bo’limda inglizlar «standart» ork’ali hisobni ochdi: Morgan to’pni darvozaga burib k’o’ydi. Bu hisob «Lester»ni to’la k’anoatlantirardi. Shu bois, ular zich himoyani yuzaga keltirishdi.
Ikkinchi bo’lim boshida Shekspir shogirdlari kam sonli hujumlardan birini golga aylantirishdi. K’anotdan etkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan k’aytardi. To’pni egallagan Olbrayton jarima maydonchasi chizig’i ustidan darvozani ishg’ol k’ildi.
O’yinning k’olgan dak’ik’alarida «Sevilya» to’pni nazorat k’ilish bo’yicha katta ustunlikka ega bo’ldi, ammo rak’ib mudofaasini yorib o’tishga k’iynaldi. Boz ustiga bahsning 74-dak’ik’asida Vardi «tulki»lik k’ildi va Nasrinig maydondan chetlatilishiga erishdi. Jeymi «provakasiya» uyushtirdi va Samir uning peshonasiga boshini k’o’ygan zahoti o’zini jabrlanuvchi k’ilib ko’rsatdi. Hakam har ikkala futbolchiga sarik’ kartochka berdi. Bu Nasri uchun ikkinchisi edi.
Shunga k’aramay, oradan ko’p o’tmasdan, andalusiyaliklar penalti ishlashga muvaffak’ bo’lishdi. Nzonzining zarbasini Kasper Shmeyxel mahorat bilan k’aytardi. YOdingizda bo’lsa, Sevilyada bo’lib o’tgan dastlabki o’yinda ham ushbu posbon penaltini bartaraf etgandi.
K’olgan dak’ik’alarda «Lester» yaxshi himoyalanishda davom etdi. Hattoki k’arshi hujumda gol urish uchun 2ta imkoniyatga ega bo’ldi, ammo ulardan foydalana olmadi.
Shu tarik’a, debyutant «Lester» evrokuboklarda ishtirok bo’yicha katta tajribaga ega bo’lgan «Sevilya»ni EChLdan chik’arib yubordi.
EChL, nimchorak final, javob o’yini, 00:45
«LESTER» — «SEVILYA» 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 27 Morgan, 2:0 – 54 Olbrayton.
Noanik’ penalti: Nzonzi (80, darvozabon)
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Marez (Amarti, 90), Okadzaki (Slimani, 64), Vardi.
Sevilya – Riko, Parexa, Rami, Eskudero, Merkado (Mariano, 46), Nzonzi, Sarabiya (Yovetich, 46), Nasri, Iborra, Vitolo, Ben-Yedder (Korrea, 68).
Ogohlantirishlar: Nasri (18), Vitolo (59), Vardi (74), Shmeyxel (79), Ndidi (84), Mahrez (89).
Chetlatish: Nasri (74).
Birinchi o’yin: 2:0

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.