Echl ronalduning xet-trigi realni yarim finalga olib chikdi — ozbekiston

Echl. ronalduning xet-trigi realni yarim finalga olib chik’di — o’zbekiston
Juda keskin kurashlarda ostida kechgan Evropa chempionlar ligasining chorak final bosk’ichidagi yana bir to’k’nashuv yakuniga etdi.
Avtogol, k’izil kartochka, k’o’shimcha bo’limlar, hakamlarning xatolari, Ronalduning xet-trigi… Ushbu vok’ealar uchrashuvning juda keskin kechganidan dalolat berib turibdi.
Uchrashuvning debyutidayok’ Anchelotti shogirdlari hisobni ochishlari mumkin edi. Alkantaraning uzatmasidan keyin Riberi chap k’anotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Levandovski yak’in masofadan yo’llagan zarba yo’liga Marselo g’ov bo’ldi. K’aytgan to’pni Robben darvoza tomon tepdi. Ammo to’p ustun yonidan o’tib ketdi.
Birinchi bo’lim o’rtalariga k’adar myunxenliklar to’pni nazoratni k’ilgan bo’lsalar-da, aslida «Madrid» to’k’nashuv tak’dirini o’z ixtiyorida ushlab turdi. Tanaffusga k’adar Zidan shogirdlari tanaffusga k’adar bir nechta vaziyatlarni yaratishdi. Noyer boshchiligidagi mudofaa chizig’i k’iyin vaziyatlarda sovuk’k’onlik bilan xavfni bartaraf etishga muvaffak’ bo’lishdi.
Ikkinchi bo’lim boshida «Real» hujum hak’ida o’yladi. Ammo xavfli vaziyatlarni «Bavariya» yarata boshladi. Dastlab Robbenning zarbasidan keyin bo’sh darvozaga kirayotgan to’pni Marselo boshi bilan k’aytarib k’oldi. Oradan 1 dak’ik’a o’tib esa Kazemiro xatoga yo’l k’o’ydi va o’z jarima maydonchasi ichida Levandovskini yik’itdi. Belgilangan penaltini polshalik hujumchining o’zi anik’ amalga oshirdi.
Ikki o’yin natijasiga ko’ra hisob tenglashgan bo’lsa-da, safardagi gol evaziga «Madrid» hamon ustunlikka ega bo’lib turgandi. Boz ustiga, uchrashuvning 76-dak’ik’asida Kazemironing uzatmasidan keyin Ronaldu bosh bilan Noyer k’o’rik’layotgan darvozani ishg’ol k’ildi. 1:1.
Oradan 2 dak’ik’a o’tar-o’tmas «Real» himoyachilari rak’ibga sovg’a tak’dim k’ilishdi. Markaziy himoyachilarning o’zaro tushunmovchiligidan keyin Ramos o’z darvozasini ishg’ol k’ilib k’o’ydi. Natijada ikkita o’yin bo’yicha hisob mutlak’ tenglashdi.
Javob o’yinida hakam cho’natigidan k’izil kartochkani oldi. O’yinning asosiy vak’ti tugashiga 6 dak’ik’a k’olganida Kashshai «Bavariya» futbolchisi Vidalni maydondan chetlatdi va xatoga yo’l k’o’ydi. Chililik futbolchi maydon markazida to’p uchun kurashda Asensioga nisbatan chak’k’onrok’ o’ynadi. Vidal to’pni tepganidan keyin «Real» futbolchisi rak’ib futbolchisi oyog’iga urilib yik’ildi. Hakam ikkinchi sarik’ ork’ali myunxenliklar futbolchisini maydondan chetlatdi.
Bir kishi kam bo’lib k’olganidan keyin Anchelotti ko’prok’ himoya hak’ida o’ylashga majbur bo’ldi. Madridliklar esa ustunlikdan foydalanishga harakat k’ilishdi. 99-dak’ik’ada chap k’anotdan etkazilgan uzatmaga Asensio jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Noyer yak’in burchakka kirayotgan to’pni k’aytardi. Esktra-taymlarning dastlabkisi yakunlanayotgan paytda Ronalda o’zining ikkinchi golini urishga muvaffak’ bo’ldi. Ramos uzatma berayotgan paytda Krishtianu ofsaydda turgandi, laynsmen buni payk’amay k’oldi.
Ikkinchi bo’limda Marselo maydon markazida to’pni egallab, super yurishni amalga oshirdi — u 3 futbolchidan o’tib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chik’di hamda Ronalduga pas berdi. Krishtianu bo’sh darvozani ishg’ol k’ildi. Xet-trik va amalda o’yin tak’diri hal bo’ldi!
Marko Asensio bu bahsni golsiz tark etmadi. U himoyachilarni aldab jarima maydonchasiga kirdi va yakkama-yaka vaziyatda olis burchakni anik’ nishonga oldi. 4:2.
Shu tarik’a, Ronaldu ikkita o’yinda «Bavariya» darvozasiga nak’ 5ta gol urishga muvaffak’ bo’ldi. «Real» esa Evropa chempionlar ligasi yarim final bosk’ichiga yo’l oldi.
EChL, chorak final, javob o’yini
«REAL MADRID» — «BAVARIYA» — 4:2. Asosiy vak’t — 1:2. K’o’shimcha bo’limlar — 3:0
18 aprelya, 23.45, «Santyago Bernabeu»
Gollar: 0:1 – 53, penalti Levandovski, 1:1 – 76 Ronaldu, 1:2 – 77, avtogol Ramos, 2:2 – 104 Ronaldu, 3:2 – 109 Ronaldu, 4:2 – 112 Asensio.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 114), Isko (Vaskes, 71), Ronaldu, Benzema (Asensio, 64).
Bavariya – Noyer, Boateng, Xummels, Alaba, Lam, Vidal, Xabi Alonso (Myuller, 75), Alkantara, Robben, Riberi (Duglas Kosta, 71), Levandovski (Kimmix, 88).
Ogohlantirishlar: Vidal (5), Kazemiro (40), Xabi Alonso (70), Xummels (75), Robben (101).
Chetlatish: Vidal (84).
Dastlabki o’yin – 2:1
Комментарии 0