Ergash shoismatov oztransgaz rahbari boldi — ozbekiston

Ergash shoismatov o’ztransgaz rahbari bo’ldi — o’zbekiston
Ergash Shoistamov «O’zbekneftgaz» xoldingi tuzilmasiga kiruvchi «O’ztransgaz» kompaniyasi boshk’aruvi raisligiga tayinlandi. Bu hak’da kompaniya matbuot xizmati «Gazeta. uz»ga xabar k’ildi.
«O’ztransgaz»ning avvalgi rahbari Shukurullo Mahmudov esa «Markazgazta’minot» unitar korxonasi Samark’and bo’limi direktori lavozimini egalladi.
Ergash Shoismatov (1951 yilda tavallud topgan, Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi) turli yillarda energetika va elektrlashtirish vaziri, «O’zbekenergo» kompaniyasi raisi (2001?2006 yillar), bosh vazir o’rinbosari (2006?2010 yillar) — Geologiya, yok’ilg’i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo’yicha majmuasi rahbari bo’lgan.
2014 yil fevralidan energetika xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi raisi.
«O’ztransgaz» kompaniyasi tabiiy gazni tashish va sak’lash, shuningdek, mamlakat ichi va xorijdagi iste’molchilarga O’zbekiston gazini etkazib beruvchi ob’ektlarni boshk’aradi.
Комментарии 0