Erkin iqtisodiy zonalar tugrisidagi qonunga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — ozbekiston

Erkin iqtisodiy zonalar tugrisidagi qonunga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — ozbekiston

«erkin iqtisodiy zonalar tugrisida»gi qonunga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 26 mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Erkin iqtisodiy zonalar tugrisida»gi 220-I-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1996 yil, № 5-6, 58-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 12, 410-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda) quyidagi uzgartish va qushimchalar kiritilsin:
1) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Erkin iqtisodiy zonalar tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Uzbekiston Respublikasining khalqaro shartnomasida Uzbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar tugrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bulsa, khalqaro shartnoma qoidalari qullaniladi»;
2) 3-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Erkin iqtisodiy zona Uzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish tugrisidagi qaror bilan belgilanadi.
Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyat kursatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Uzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi»;
3) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Erkin iqtisodiy zonaning maqomi:
uni tashkil etish tugrisidagi qarorda belgilangan muddat tugaganidan keyin;
uni tashkil etish tugrisidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi.
Erkin iqtisodiy zonaning maqomini tugatish tugrisidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Uzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi»;
4) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yunaltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni uz ichiga oladi»;
5) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«9-modda. Yuridik va jismoniy shakhslar huquqlari hamda manfaatlarining kafolatlari
Uzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shakhslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Erkin iqtisodiy zonalarda investorlarning Uzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi taminlanadi. Uzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qushimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin.
Davlat organlari va boshqa organlar yokhud mansabdor shakhslarning yuridik va jismoniy shakhslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga etkazilgan zararning urni, shuningdek boy berilgan foyda hamda etkazilgan manaviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensasiya qilinishi kerak»;
6) 10-moddaning:
birinchi qismi «Erkin iqtisodiy zona» degan suzlardan keyin «Uzbekiston Respublikasi» degan suzlar bilan tuldirilsin;
ikkinchi qismidagi «yuridik shakhslar va fuqarolar (jismoniy shakhslar)ning» degan suzlar «yuridik va jismoniy shakhslarning» degan suzlar bilan almashtirilsin;
7) 11-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan tuldirilsin:
«Yuridik va jismoniy shakhslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yuli bilan olgan daromadi (foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi»;
8) 12-moddaning ikkinchi qismidagi «bojkhona khizmati» degan suzlar «bojkhona organlari» degan suzlar bilan almashtirilsin;
9) 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«14-modda. Soliqlar va boshqa majburiy tulovlar buyicha imtiyozlar
Erkin iqtisodiy zona hududidagi khujalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shakhslar) mamlakat investorlari va chet ellik investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilanadigan soliqlar va boshqa majburiy tulovlar buyicha imtiyozlardan foydalanadi»;
10) 15-moddaning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Erkin iqtisodiy zonaga mehnat resurslarini jalb etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi»;
11) 17-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Erkin iqtisodiy zonaning byudjeti erkin iqtisodiy zonaning Mamuriy kengashi (bundan buyon matnda Mamuriy kengash deb yuritiladi) foydalanishi va boshqaruvida bulgan er, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, khizmatlar kursatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi»;
12) 18-moddaning:
nomidagi «iqtisodiy zonadan» degan suzlar «erkin iqtisodiy zonadan» degan suzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi «Nizomda» degan suz «qonun hujjatlarida» degan suzlar bilan almashtirilsin;
13) 19-moddaning ikkinchi qismidagi «Uzbekiston Respublikasining tegishli sugurta organlari va chet el sugurta kompaniyalari tomonidan» degan suzlar «qonun hujjatlariga muvofiq» degan suzlar bilan almashtirilsin;
14) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Erkin iqtisodiy zonaning faoliyati Mamuriy kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Erkin iqtisodiy zona direksiyasi (bundan buyon matnda direksiya deb yuritiladi) erkin iqtisodiy zonaning operativ boshqaruv organidir»;
15) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Mamuriy kengash Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi.
Mamuriy kengashga rais boshchilik qiladi. Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari Uzbekiston Respublikasining mamuriy-hududiy birligi (tuman, shahar, shahardagi tuman) chegarasiga tugri kelgan taqdirda, Mamuriy kengash raisining vazifalarini ijro etish tegishli hokim zimmasiga yuklanadi»;
16) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Mamuriy kengash:
alohida huquqiy tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshiradi;
erkin iqtisodiy zonaning faoliyat kursatishi bilan bogliq masalalar buyicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
erkin iqtisodiy zonaga investisiyalarni jalb etish uchun qushimcha shartlar belgilaydi;
erkin iqtisodiy zonaning har yilgi byudjetini kurib chiqadi va tasdiqlaydi.
Mamuriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mamuriy kengashning uz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari erkin iqtisodiy zona hududidagi khujalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shakhslar) ijro etishi uchun majburiydir»;
17) 23-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Erkin iqtisodiy zona chegaralarida joylashgan davlat mulki obektlari (er, suv, er osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining uz vakolatlari doirasidagi qaroriga kura operativ boshqarish yoki khujalik yuritish huquqi asosida Mamuriy kengashga topshirilishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Mamuriy kengashga topshirilgan er, suv, er osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar va obektlardan oqilona foydalanilishi hamda ularning muhofaza qilinishi ustidan nazoratni taminlaydi»;
18) 24 va 25-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«24-modda. Erkin iqtisodiy zona direksiyasi
Direksiya yuridik shakhs bulib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Direksiya:
alohida huquqiy tartibotning amal qilishini taminlaydi;
Mamuriy kengash tomonidan tanlab olingan investorlar majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taminlaydi;
erkin iqtisodiy zona hududida khujalik faoliyati qatnashchilarining (yuridik va jismoniy shakhslarning) ruykhatdan utkazilishini amalga oshiradi;
ekologik holatning yakhshilanishi ustidan nazoratni taminlaydi, shuningdek tarikhiy-madaniy boyliklarning but saqlanishi uchun javobgar buladi.
Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Direksiya yuridik va jismoniy shakhslarning operativ khujalik, moliyaviy faoliyatiga hamda boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
25-modda. Erkin iqtisodiy zona hududida khujalik faoliyati qatnashchilarini ruykhatdan utkazish
Erkin iqtisodiy zona hududida khujalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shakhslar direksiyada ruykhatdan utadi.
Erkin iqtisodiy zona tashkil etilishi paytida uning hududida khujalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shakhslar direksiyaga davlat ruykhatidan utkazilganligi tugrisidagi guvohnomaning kuchirma nuskhasini taqdim etadi.
Direksiya ruykhatdan utkazilgan yuridik yoki jismoniy shakhsga erkin iqtisodiy zonada ruykhatdan utkazilganligi tugrisida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda khabar qiladi.
Yuridik va jismoniy shakhslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, direksiya erkin iqtisodiy zona hududida yuridik yoki jismoniy shakhsning faoliyatini tugatish hamda unga berilgan guvohnomani bekor qilish tugrisida sudga murojaat qilishga haqli»;
19) 26-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Korkhonalar, muassasalar yoki tashkilotlar qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdirda, mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan khodimda qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlar saqlanib qoladi»;
20) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«27-modda. Nizolarni hal etish
Erkin iqtisodiy zonalar sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi».
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2009 yil 24 sentyabrdagi 186 (4849)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009 yil 23 sentyabr,
URQ-224-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2009 y., 39-son, 424-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.