Eronni jch-2018ga olib chikdik — ozbekiston

Eronni jch-2018ga olib chikdik — ozbekiston

Eronni jch-2018ga olib chik’dik! — o’zbekiston

Ha, Tehrondagi «Ozodiy» stadionida bo’lib o’tgan o’yinda bundan ortik’ karomat ko’rsatmadik. Maydonda Jahon chempionati yo’llanmasini k’o’lga kiritishni istagan bitta jamoa o’ynadi. O’zbekiston terma jamoasi esa hech narsa k’ila olmadi.
Eron ham ko’p narsani k’oyillatmadi, ammo Samvel Babayan bahsni har tomonlama boy berdi. Bizda na o’yin shakllangandi, na anik’ reja bor edi. Na tayinli hujum tashkil k’ila oldik, na anik’ bir zarba bera oldik.
Babayanning eng sevimli futbolchisi Stanislav Andreev 2-dak’ik’adayok’ jiddiy jarohat olib maydonni tark etdi. Murabbiyimiz esa chapga ixtisoslashmagan Shorahmedov k’arama-k’arshi k’anotga o’tkazib, Hoshimovni o’ng k’anotga tushirdi. Akmal esa chap k’anotda o’ynay olmadi.
Hujumda hech narsani k’oyillata olmaganimiz etmaganidek, himoyani ham mustahkam ushlay olmadik. Bahsning 22-dak’ik’asida futbolchilarimiz maydon markazida k’o’pol xatoga yo’l k’o’yishdi. Natijada Azmun darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chik’ib ketib, darvozani ishg’ol k’ildi.
Ikkinchi bo’lim boshida laynsmening ishorasi bilan referi darvozamiz tomon shubhali penalti belgiladi. Mas’ud Shojaiy esa uni golga aylantirishni istamadi shekilli, to’pni yuk’origa tepib yubordi.
O’yin tugashiga 2 dak’ik’a k’olganida Mehdi Tarimiy chap k’anotdan jarima maydonchamizga kirib, Anzurni aldab o’tdi va to’pni darvozaga joyladi.
Shu tarik’a, Eron terma jamoasi o’z ochkolarini 20taga etkazdi va muddatidan avval Rossiya-2018 yo’llanmasini k’o’lga kiritdi.
JCh-2018. «A» guruhi, 8-tur. 21:45
ERON — O’ZBEKISTON 2:0 (1:0)
Gollar: Sardor Azmun (22), Mehdi Tarimiy (88):
Noanik’ penalti: Mas’ud Shojaiy (50)
Ogohlantirishlar: Sardor Azmun (75) — Vadim Afonin (28), Davron Hoshimov (90+3)
Eron: 1.Ali Beyranvand, 2.Milod Muhammadiy, 4.Jalol Hussayniy, 6.Sayid Izzatullohiy, 7.Mas’ud Shojaiy (Ashkan Dejaga 70), 8.Murtazo Puraliganjiy, 14.Ali Karimiy, 17.Mehdi Tarimiy, 18.Alirizo Jahonbaxsh (Amir Vohidiy 46), 20.Sardor Azmun, 23.Ramin Rizoiyyan
O’zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimes, 5.Anzur Ismailov, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov, 11.Igor Sergeev, 14.Temurxo’ja Abduxolik’ov (Jaloliddin Masharipov 65), 16.Stanislav Andreev (Davron Hoshimov 3), 17.Vadim Afonin (Sardor Rashidov 53), 20.Akmal Shorahmedov, 23.Eldor Shomurodov
Bosh hakam: Ahmad Al-Kaf (Ummon)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.