Foto milliy kinologiya markazi kanday ishlaydi — ozbekiston

Foto milliy kinologiya markazi kanday ishlaydi — ozbekiston

Foto: milliy kinologiya markazi kanday ishlaydi? — o’zbekiston

Poytaxt jurnalistlari 21 iyul kuni Ozbekiston Davlat bojxona komitasining Milliy kinologiya markazi faoliyati bilan yakindan tanishdi. DBK raisi orinbosari Gofurjon Shukurov hamda Milliy kinologiya markazi direktori Abdurahmon Tursunov kinologiya markazining orni va ahamiyati, mazkur sohaning rivoji togrisida ma’lumotlar takdim etdi.
Milliy kinologiya markazi 1996 yilda tashkil etilgan. Markaz hukukni muhofaza kilish organlari kinologiya markazlarini metodologik ta’minlash, kinologlarni tayyorlash, nafakat DBK, balki boshka tuzilmalar — Mudofaa vazirligi, IIV, Davlat chegaralarini koriklash komitasi va FVV uchun ham xizmat itlarini orgatish va zotlarini saralash boyicha ish olib bormokda. Bu erda Markaziy Osiyo, Afgoniston, Moguliston va Eron kabi davlatlardan kelgan kinologlar ham okitiladi.
Kursant-kinologlar va xizmat itlari himoya-korovul, kidiruv xizmatlari, giyohvand va portlovchi moddalar, shuningdek, jabrlangan kishilarni izlashga orgatiladi. Joriy yilda xizmat itlari mutaxassisligi royxati pul kupyuralari (valyutalar)ni kidirish bilan boyidi.
Markaz maxsus va umumiy tayyorgarlik uchun moljallangan mashgulot maydonlariga ega. Tezkor-kidiruv tusidagi okuvlar real sharoitlarga yukori darajada yakinlashtirilgan ob’ektlar — yuk va engil avtomobillar, avtobuslar, temir yol vagonlari, samolyot, benzin kuyish shoxobchasi va boshkalarda otkaziladi.
Markazda veterinariya xizmati tashkil etilgan bolib, xizmat itlarining sogligini saklash, ularni davolash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Jumladan, rentgen xonasi, laboratoriya, jarrohlik va davolash xonalari, ultratovush diagnostika jihozlari bilan ta’minlangan.
Markazda nemis ovcharkasi, Sharkiy evropa ovcharkasi, Orta osiyo ovcharkasi, lobrador, ingliz kokker-spanieli, rotveyler, kora terer, rus spanieli va Belgiya ovcharkasi (malenua) zotlariga mansub zotdor itlar etishtirilib, mos keluvchi maxsus yonalishlar boyicha xizmatga tayyorlanmokda. Pitomnik xorijdan xarid kilish va markazning ozida kopaytirish yoli bilan muntazam toldirib boriladi. Markazda yosh kuchuk bolalari bilan dastlabki mashgulotlar otkazish uchun maxsus jihozlangan zal tashkil kilingan.
Kayd etish joizki, kinologlar va xizmat itlari yordami bilan giyohvand moddalar va boshka takiklangan mahsulotlarni kontrabandasi, tovarlarning nokonuniy tranzitini aniklash boyicha koplab natijalarga erishilgan. Markaz faoliyati yolga koyilgandan buyon DBK hududiy bolinmalari tomonidan xizmat itlari yordamida katta mikdordagi giyohvand moddalar aniklandi, kurol-yarog, portlovchi moddalar va ok-dorilarning mamlakatga olib kirilishiga bolgan urinishlarga barham berildi.
1998?2015 yillar mobaynida xizmat itlari yordamida 2403 ta konunbuzilish holatlari aniklangan bolib, 3240,5 kg va 158952 tup giyohvand moddalari ushlab kolingan. Shuningdek, 510 ta holatda 306 ta turli ok otar kurollar, 34737 ta ok, 9634ta gilza va 334,3 kg porox moddalarini mamlakatimiz hududiga nokonuniy olib otilishga chek koyilgan.
Xizmat itlarini saklash ularni hisobini yuritish, veterinariya tadbirlarini oz vaktida otkazilishini nazorat kilish maksadida bojxona organlari hisobidagi xizmat itlariga elektron indentifikasiyalovchi mikrochiplar ornatilgan. Ushbu usul nafakat hayvonlarni almashtirib koyilishining oldini oladi, balki ularni hisobga olish tizimini yanada soddalashtiradi.
Markaz faoliyati Birlashgan millatlar tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshka koplab halkaro tashkilotlar tomonidan kizgin kutib olinib, yuksak e’tirof etildi. Jumladan, 2008 yil 3 iyun kuni Jahon bojxona tashkiloti potensialini ortirish Direktoratining direktori Lars Karlson Milliy kinologiya markaziga Tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Milliy kinologiya markaziga mintakaviy makom berilishi boyicha Jahon bojxona tashkiloti bilan Davlat bojxona komitasi ortasida ozaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
1997 — 2015 yillar davomida Kinologiya markazida 3270 nafardan ziyod kinologlar okitilib, kariyb 4150 xizmat iti tayyorgarlikdan otdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.