Foto ozbekiston arxitektura yodgorliklaridagi yozuvlar siri — ozbekiston

Foto ozbekiston arxitektura yodgorliklaridagi yozuvlar siri — ozbekiston

Foto: ozbekiston arxitektura yodgorliklaridagi yozuvlar siri — o’zbekiston

Toshkentda 17 oktyabr kuni Korakalpogiston, Andijon, Buxoro, Kashkadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Fargona, Xorazm viloyatlari va Toshkentdagi arxitektura yodgorliklariga bitilgan epigrafik yozuvlarga bagishlangan 12 tomlik kitob-albom, shuningdek, Samarkanddagi Registon va Shohi Zinda tarixiy arxitektura majmualariga bagishlangan ikkita fotoalbom takdimoti bolib otdi. Bu hakda OzA xabar kildi.
Foto: OzA.
Olimlardan iborat ijodiy guruhning bir necha yillik mehnati natijalari Ozbekiston obidalaridagi bitiklar turkumiga jamlanib, Uzbekistan Today axborot agentligi bazasida ozbek, rus va ingliz tillarida chop etildi. Hukumat tomonidan amalga oshirilgan loyihada mamlakat hududida joylashgan barcha arxitektura yodgorliklaridagi epigrafikalar kompleks organilib, umumlashtirildi.
Mutaxassislar 1500 dan ziyod epigrafika yodgorliklaridagi yozuvlarni okib, tarjima kildi. Ularning aksariyati ilk bor organilmokda. Jumladan, 200 dan ziyod she’r, pand-nasihatlar, hikmatli gaplar, 100 dan ziyod usta va xattotlar ism-shariflari, 300 diniy va 150 bagishlov yozuvlari, 150 xronogramma va 100 tarixiy sanalar, 100 hukmdorlar buyruklari va boshkalar tadkik etildi.
Foto: OzA.
Ijodiy guruh Samarkanddagi dunyoga mashhur Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur honakohi va jome’ masjidi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli va boshkalardagi yozuvlar sirini ochdi. Bundan tashkari, tadkikotlar sharofati bilan Xivadagi 13 ta arxitektura yodgorligi, jumladan, Pahlavon Mahmud majmuasidagi kabrtoshlarga bitilgan epigrafik yozuvlar okib chikildi.
Uzbekistan Today axborot agentligi, YuNESKOning Ozbekistondagi vakolatxonasi, Ozbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, Ozbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent davlat sharkshunoslik instituti koshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Shark kolyozmalari markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat, xalkaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Foto: OzA.
Ozbekiston obidalaridagi bitiklar soni boyicha jahonda etakchi orinlardan birini egallab turibdi. Ushbu madaniy merosimiz bilan xalkimiz hamda jahon ahlini batafsil tanishtirish maksadida Ozbekiston obidalaridagi bitiklar loyihasi ishlab chikildi.
Loyiha doirasida yurtimizdagi tarixiy yodgorliklarga bagishlangan 12 kitob-albom nashr etildi. Ushbu kitoblarda me’morlik yodgorliklaridagi bir yarim mingdan ziyod bitik chop etildi.
Davra suhbatida kelgusida loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar xususida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.