Foydali maslahatlar ayollar uchun — ozbekiston

Foydali maslahatlar ayollar uchun — o’zbekiston
Dunyoda xunuk ayolning o’zi yo’k’, fak’at go’zal bo’lishni bilmaydiganlar bor, degan ekan bir faylasuv. Go’zallik deganda ko’pchilik chiroyli pardoz va kiyim-kechakni ko’z oldiga keltiradi. Bu biroz noto’g’ri tushuncha, chunki go’zal bo’lish uchun kosmetika va chiroyli ko’ylakning o’zi kamlik k’iladi. Jozibadorlikning pardoz-andozdan tashk’ari yana bir k’ancha k’oidalari bor. K’uyida ular bilan tanishishingiz mumkin:
Yuz terisi uzok’ muddatgacha tarang bo’lib, yoshligini yo’k’otmasligi uchun har safar yuvinishni issik’ suvdan boshlab, sovuk’ suv bilan tugating. Bu yuz terisi uchun o’ziga xos gimnastika mashk’ini o’tab, ajin tushishining oldini oladi. YOdingizda bo’lsin: issik’ va sovuk’ suv o’rtasida fark’ k’ancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi. Ammo bu mashk’ o’ta ta’sirchan teri egalariga to’g’ri kelmaydi.
Ma’lumotlarga k’araganda bodom xotirani mustaxkamlaydi. Har kuni uxlashdan avval 1 stakan sutga ozgina bodom yog’ini k’o’shib ichsangiz, tez orada xotirangiz oldingiga nisbatan ancha yaxshilanganini sezasiz. K’olaversa, bodom yog’ini uy sharoitida ham tayyorlasa bo’ladi. Buning uchun bodomni po’stlog’idan tozalab, maydalang va ustiga shakar k’o’shilgan suv soling.
Ortik’cha vazn sog’lik’ uchun juda xavfli. Bugun har ikkinchi gazeta va jurnallar, internet saytlar ozish hak’ida tavsiya berib o’tadi. Ozishning eng samarali usuli esa kamrok’ ovk’at tanovul k’ilib, ko’prok’ harakatda bo’lishdir. Shuning uchun piyoda yurishdan erinmang va kechki ovk’atga mevalar bilan cheklaning.
Ruxshunoslarning ta’kidlashicha, 30 ayollar uchun eng xavfli yosh ekan. Aynan mana shu yoshda ayollarda ruhiy tushkunlikka tushish xavfi ortadi. Buning sababi turlicha bo’lishi mumkin. Kimdir tahsil olmay, oila k’urgan va shu yoshga kelib k’o’lidan xech k’anday ish kelmasligini va to’lik’ eriga k’aram bo’lib k’olganini anglab xafa bo’lsa, yana kimdir kar’era bilan bo’lib, shu vak’tgacha oila k’urmaganidan eziladi. Xullas, 30 yosh k’o’rk’uvini engish uchun ayollarga hayotga boshk’acha nazar bilan k’arab, hali hammasi oldinda ekanligiga ishonch hosil k’ilish tavsiya etiladi.
Aytishlaricha, k’izil rangdagi meva-sabzavotlar kayfiyatni ko’taradi. To’k’ sarik’ rangdagilar k’uvnok’likni oshiradi. Sarik’ ranglilar dangasalikni engadi. To’k’ ko’k rangdagilar tushkunlikni engishga yordam berarkan.
Limon suvi yog’li teriga xos bo’lgan yaltirash va boshk’a muammolarni bartaraf k’ilishga yordam beradi. U yuz terisini ok’artirib, har xil dog’larni ketkazadi. Mutaxassislar bunday muolajalar uchun limon suvini oddiy suv bilan aralashtirishni maslahat beradilar. Aks holda u salbiy ta’sir k’ilishi mumkin.
Ko’pchilik makaronlar semirtiradi deb o’ylaydi. Aslida bu xato. 100 gramm makaron tarkibida atigi 13% ok’sil bor, k’olaversa uning tarkibidagi kraxmal moddasi tez hazm bo’ladi. Makaronlar semirishga emas, ozishga yordam beradi.
Agar tirnok’laringiz sarg’ayishini istamasangiz, unda lak bo’yog’idan oldin tirnok’lar uchun mo’ljallangan maxsus suyuk’lik surting. To’k’ rangdagi tirnok’ bo’yok’laridan kamrok’ foydalaning.
O’zgalar sizga yaxshi baho berishini istasangiz, avval o’zingizga bo’lgan hurmatni oshiring. Buning uchun bir necha marotaba «Men o’zimni yaxshi ko’raman!», «Men bu ishga loyik’man!» va «Bu vazifalarni a’lo darajada bajara olaman», deb takrorlang. Bir k’arashda oddiy bo’lib ko’ringan bu so’zlar k’isk’a muxlat ichida ruhiy ahvolingizni yaxshilab, o’zingizga bo’lgan ishonchni kuchaytiradi.
Kulrang, k’ora va ok’ ranglar kiyimlar uchun eng ideal ranglardir, bular hamma xildagi ranglarga mos tushib, xatto eski kiyimning rangini ochishga ham yordam beradi.
Shakar ayol organizmi uchun eng kerakli mahsulot hisoblanadi. Ammo undan haddan ziyod foydalanish har xil muammolarni keltirib chik’aradi. Organizmni kerakli shakar mik’dori bilan ozik’lantirish uchun ko’prok’ mevalar tanovul k’iling. Masalan, limon tarkibida k’ulupnoyga nisbatan ko’prok’ shakar mavjud.
Agar ayol kishi «Barbi» k’o’g’irchog’iga o’xshagan tashk’i ko’rinishga ega bo’lganida sog’lom hayot kechira olmasdi. Buni isbotlash uchun AK’Shda joylashgan sog’lik’ni sak’lash vazirligi olimlari izlanish olib borishdi. Ular «Barbi»ning parametrlarini tirik insonda sinab ko’rish uchun katta k’o’g’irchok’ yasashdi. Bunday ayolning bo’yi 170 sm, vazni 50 kg, ko’krak aylanasi 99 sm, beli esa 45 sm bo’lishi kerakligi anik’landi. Ma’lum bo’lishicha, ushbu parametrga ega ayolning organizmiga hamma a’zolar joylasha olmaydi. Shunday ekan, ozish uchun mukkasidan ketmasidan, eng asosiysi – sog’lig’ingiz joyida ekanligiga shukur k’iling. Axir bu eng bebaho in’omku.
Pardozda ko’zlarga ko’prok’ urg’u berishni istasangiz, labingizni och rangda bo’yang, lablarga urg’u bermok’chi bo’lsangiz, ko’zlar uchun och rangli tenlar tanlang.
Go’zallik k’urbonlikni talab k’iladi. Fak’at homiladorlik chog’ida emas. Shifokorlar farzand kutayotgan ayollarga baland poshnali poyabzallarni chetga surib k’o’yishni tavsiya etishadi. Agar bu k’oidaga amal k’ilsangiz, kelajakda radikulit va nevralgiya xastaliklaridan o’zingizni asragan bo’lasiz.
Atirgul fak’at go’zallik emas, balki salomatlik timsoli hamdir. O’rta arslarda Evropa aholisi atirgul damlamasi yordamida shamollash, tish og’rig’i va og’iz bo’shlig’i bilan bog’lik’ bo’lgan kasalliklarni davolashgan. Bugun dorixona va ayrim do’kon rastalarida atirgul yog’ini uchratish mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yog’ xotirani mustahkamlab, turli yallig’lanish va virusli kasalliklarga k’arshi kurashadi.
Bo’yin terisi xech k’achon yog’li bo’lmaydi (hattoki yuz terisi yog’li bo’lsa ham). Shu sabab bo’yin uchun fak’at k’uruk’ va normal teriga mo’ljallangan nik’ob tanlagan ma’k’ul.
Jozibador ko’rinishning yana bir k’oidasi, bu chiroyli k’adam tashlashdir. Yurganingizda doim k’omatingizni tik tuting. Tez yurganda ham mayda k’adam tashlang va xech k’achon k’o’llaringizni silkimang.
«G’alaba k’ozonishni istasangiz, doim tabassum k’iling» deydi mutaxassislar. Bu gapda jon bor. Ishda va shaxsiy hayotda omadga erishmok’chimisiz, unda tabassum hak’ida unutmang. Har k’alay ho’mrayib yurgandan ko’ra, kulib yurgan yaxshirok’.
Dunyo bo’yicha yig’ilgan ma’lumotlarga k’araganda, erkaklar york’in rangda bo’yangan ayollarni xush ko’rmas ekan. Shunday bo’lgach, juftingizga yok’ish uchun ko’prok’ tabiiy rangli pardoz vositalaridan foydalaning. Unutmang, york’in rangli pardoz fak’at kechki bazm uchun mo’ljallangan, kundalik hayot uchun emas.
Ayolning eng yaxshi k’uroli bu – samimiylik. Har k’anday vaziyatda ham samimiylikni yo’k’otmang. Aynik’sa bugungi kunda bu juda zarur.
Gadjetlardan bir dak’ik’a ham ajralmasangiz, hamma narsani tizimlashtirishga intilsangiz — biz tuzgan foydali dasturlar ro’yxati sizga yok’ib tushishiga aminmiz.
Puzzle Alarm Clock
Ertalablari k’iyinchilik bilan uyg’onasizmi? Ushbu dastur bunday holatlarga yo‘l k’o’ymaydi. Budilnikning ovozini o’chirish uchun telefon ekranini bosib k’o’yish yetarli emas, miyani ishlatishingiz, anik’rog’i, mantik’iy jumbok’ yoki boshk’otirmani yechishingizga to’g’ri keladi. Bunday sinovlardan so’ng uyk’uni davom ettirish istagi yo‘k’oladi.
The Fabulous
Dasturni o’rnatganingizdan so’ng, u sizga to’g’ri ovk’atlanish va ozish, dik’k’atni oshirish, uyk’u sifatini yaxshilash, g’ayratlirok’ bo’lishdan iborat to’rtta variantni tanlash uchun taklif k’iladi. Tanlovni amalga oshirgach, dastur doimiy ravishda bajarish kerak bo’lgan harakatlar ro’yxatini tuzib beradi.
Proud
Proud dasturi esa motivasiya yetishmaganda yordamga shoshiladi. U vazifalaringizning tushunarli ro’yxatini tuzish imkonini beradi, ularning har biri uchun muddat belgilash, so’ng olingan natijalarni tahlil k’ilish mumkin. Agar sizni ilhom butunlay tark etgan bo’lsa, dasturda “super kuch” tugmasi nazarda tutilgan. Uning yordamida bir nechta opsiyalarni tanlash mumkin: dastur nazorati ostida to’g’ri nafas olish ork’ali stressni yengish, ma’lum bir vazifa uchun o’zingizga ko’prok’ vak’t berish yoki o’zingiz bitkazgan loyihalarning muvaffak’iyati sirini topish uchun o’tmishni “kovlashtirish”.
Packing Pro
Safarga otlanyapsiz va nimanidir unutib k’oldirishdan xavotirlanyapsizmi? Packing Pro yordam beradi! Dastur oilaning har bir a’zosi uchun sayohatda zarur bo’ladigan buyumlar ro’yxatini tuzish, sak’lash, tahrirlash, moslashtirish imkonini beradi.
Stocard
Do’kon kassasida diskont kartochkalaringizni sumkangiz ichidan k’idirib o’tirmasligingiz uchun, chegirma kartalarining barcha ma’lumotlarini Stocard dasturiga kiritib k’o’ying. Asosiysi — telefonni uyda unutib k’oldirmang.
MatchCo Makeup
Makiyaj uchun tonal asos tanlash — juda muhim. Ammo hamma ham o’z yuz rangiga mos tonal kremni to’g’ri tanlay olmaydi. Kosmetika do’koniga o’z mak’sadingizni tushungan holda kelish uchun MatchCo Makeup dasturidan foydalanishingiz mumkin. Dastur yuzingizning turli k’ismlaridagi teri rangini skanerlab, tonal kremning optimal rangini tanlab beradi.
o’
Комментарии 0