Gaz va elektr energiyasi karzdorligi ustidan nazorat kuchaytiriladi — ozbekiston

Gaz va elektr energiyasi k’arzdorligi ustidan nazorat kuchaytiriladi — o’zbekiston
O’zbekiston Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tuziladi. U energiya resurslari uchun to’lovlarning o’z vak’tida va to’lik’ undirilishini, iste’molchilarning k’arzdorligi kamaytirilishini ta’minlashga javobgar hisoblanadi. YAngi xizmat elektr, gaz uzatish va gaz tak’simlash tarmok’lariga nok’onuniy ulanish, talon-toroj holatlarini anik’lash, bartaraf etish va oldini olish bilan shug’ullanadi.
Bu kabi choralar O’zbekiston Prezidentining 29 maydagi elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste’mol k’ilish sohasida to’lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmonida ko’zda tutilgan.
Majburiy ijro byurosi k’uyidagi vakolatlarga ega bo’ladi:
energiya resurslari etkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning to’lik’ligi hamda hak’k’oniyligi, hisob-kitoblarning o’z vak’tida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar o’tkazish;etkazib berilgan energiya resurslari uchun k’arzdorlikni iste’molchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobrak’amlaridan so’zsiz undirish hak’ida bajarilishi majburiy bo’lgan inkassa topshirik’nomalari k’o’yish;etkazib berilgan energiya resurslari uchun EKOIHning ikki baravaridan ko’p bo’lmagan mik’dordagi k’arzdorlikni xodim — iste’molchilarning ish hak’idan ushlab k’olish hak’ida ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo’lgan talabnomalar yuborish;energiya resurslari iste’moli, to’lovlarning o’z vak’tida va to’lik’ligini nazorat k’ilish va monitoringini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni vazirliklar, idoralar, boshk’a tashkilotlar va fuk’arolardan talab k’ilib olish;jismoniy va yuridik shaxslarga energiya resurslari uchun k’arzdorlikni bartaraf etish hak’ida bajarilishi majburiy bo’lgan talabnomalar yuborish;energiya resurslarini etkazib berish va iste’mol k’ilish sohasidagi huk’uk’buzarliklar uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy sanksiya k’o’llash;vazirliklar, idoralar, boshk’a tashkilotlar, shu jumladan, fuk’arolarning o’zini o’zi boshk’arish organlariga energiya resurslarini etkazib berish hamda iste’mol k’ilish sohasidagi huk’uk’buzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, energiya resurslari uchun hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirmayotgan iste’molchilarga nisbatan jamoat ta’sir choralarini ko’rish hak’ida tak’dimnomalar kiritish;energiya resurslari uchun hisob-kitoblar o’z vak’tida amalga oshirilmagan, Byuro talabnomalari ijro etilmagan hollarda, shuningdek, elektr, gaz uzatish va gaz tak’simlash tarmok’lariga nok’onuniy ulanish, talon-taroj holatlari anik’langanda, iste’molchilarni elektr hamda gaz tarmok’laridan uzish;energiya resurslaridan foydalanish k’oidalarini buzish holatlari bartaraf etilgan hamda to’lovlar to’lik’ amalga oshirilganda, ilgari elektr va gaz tarmok’laridan uzib k’o’yilgan iste’molchilarni k’ayta ulash;energiya resurslaridan foydalanish sohasidagi huk’uk’buzarliklar uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo’yicha k’onun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko’rish;energiya resurslari iste’molini nazorat k’ilish va hisoblash tizimini hamda uskunalarining sozlik holatini monitoring k’ilish.
Hujjatda hisob-kitob hamda energiya resurslari uchun k’arzdorlik mavjud bo’lgan tak’dirda, iste’molchilarni tarmok’dan uzish tartiblari anik’lashtirildi. Unga ko’ra, 2017 yil 1 iyuldan boshlab iste’molchilar — jismoniy shaxslar har oyning 10 sanasiga k’adar o’tgan oyda iste’mol k’ilingan energiya resurslari uchun to’lik’ hisob-kitob k’ilishlari shart.
Yuridik va jismoniy shaxslarga energiya resurslarini etkazib berish 100 foizlik oldindan hak’ to’lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan hak’ to’lanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr va gaz tak’simlash tarmok’laridan to’lik’ uzishgacha bo’lgan choralar ko’riladi. Bunda elektr va gaz tarmok’laridan ilgari uzib k’o’yilgan shaxslarni k’ayta ulashda iste’molchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish hak’ining 2 baravari mik’dorida, iste’molchi — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish hak’ining 10 baravari mik’dorida to’lov k’ayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablag’larni o’tkazish ork’ali undiriladi.
Sud departamenti tugatildi, «O’zbekenergo» va «O’ztransgaz» kompaniyalarining iste’molchilar bilan ishlash bo’yicha elektromontyor hamda tabiiy gazni hisobga olish va realizasiya k’ilish bo’yicha nazoratchi shtat birliklari k’isk’artirildi.
Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilariga — sud hujjatlari va boshk’a organlarning hujjatlari ijrosini, davlat inspektorlariga esa — etkazib berilgan energiya resurslari uchun to’lovlarni o’z vak’tida va to’lik’ undirishni amalga oshirish yuklatiladi.
«O’zbekenergo» va «O’ztransgaz» kompaniyalarida tuzilgan shartnomalarga asosan iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash, elektr va gaz tak’simlash tarmok’lariga texnik xizmat ko’rsatish vazifa hamda funksiyalari sak’lanib k’olmok’da.
Farmonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni hisobga olish va nazorat k’ilishning avtomatlashtirilgan tizimini hamda boshk’a zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etishga k’aratilgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutildi.
Xususan, iste’molchilar bilan o’zaro hisob-kitoblarning holati hak’idagi hak’k’oniy ma’lumotlarni beradigan va elektron to’lov tizimlari bilan integrasiya k’ilingan Uy-joy kommunal, elektr va gaz ta’minoti xizmatlari ko’rsatishning yagona billing tizimi tashkil etiladi. Mazkur tizim iste’molchilarga k’arzdorlik mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlarni elektron shaklda olish hamda to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, K’arzdorlikni undirish masalalari bo’yicha idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimi ham yaratiladi. Ushbu tizim jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy holati hak’idagi ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda k’arzdorlikni undirish samaradorligini oshiradi.
Farmon ijrosi doirasida manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan energiya resurslari iste’molchilari xatlovdan o’tkaziladi. Bunda kadastr hamda loyiha hujjatlari, shartnomalar, tarmok’larga ulanish sxemalari, hisobga olish asboblari va ularning sozligi o’rganilib, amaliy yordam ko’rsatish hamda ushbu sohada k’onuniylikni ta’minlash choralari ko’riladi.
Farmonda k’ayd etilishicha, jamiyatda energiya resurslaridan ok’ilona foydalanish va hisob-kitoblarni o’z vak’tida amalga oshirish muhitini hamda energiya resurslarini talon-toroj k’ilish holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarur. Yuk’oridagi chora-tadbirlar elektr energetika va gaz tarmok’larini modernizasiya k’ilishga, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlashga, mamlakat ik’tisodiyotini, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat k’iladi.
Комментарии 0