Hakikiy darvozabon kanday bolishi kerak — ozbekiston

Hak’ik’iy darvozabon k’anday bo’lishi kerak? — o’zbekiston
Hak’ik’iy darvozabon k’anday bo’lishi kerak? Buni bilish uchun o’tgan hafta «Paxtakor» va «Lokomotiv» o’rtasida kechgan o’yinni tomosha k’ilish shart edi. Bu uchrashuvda darvozalardan birini darhak’ik’at, mohir posbon k’o’rik’ladi.
U butun o’yin davomida usta dirijyor misol himoyachilarni boshk’arib turdi, «seyv»larni amalga oshirdi, og’ir-bosik’ va ishonchli harakatlari bilan butun jamoada bark’arorlik o’rnatdi. Uning o’yiniga k’arab turib, bejizga «darvozabon — yarim jamoa» demasliklarini tan olasiz.
Hak’ik’iy darvozabon k’anday bo’lmasligi lozim? Buni bilish uchun ham o’tgan hafta «Paxtakor» va «Lokomotiv» o’rtasida kechgan o’yinni tomosha k’ilish shart edi. Bu uchrashuvda darvozalardan birini o’z nomiga nomunosib posbon k’o’rik’ladi. U butun o’yin davomida asabiylashishdan to’xtamadi va bu bilan himoyachilarni ham izdan chik’ardi. Uning ko’p harakati jamoa zarariga ishladi va kamiga yo’k’ joydan k’izil kartochka olib, tuppa-tuzuk o’yinni ham buzib k’o’ydi. Uning harakatiga k’arab turib, «darvozabon — yarim jamoa» degan nak’lga har doim ham ishonavermaslik kerakligini tan olasiz.
Albatta, gap kim hak’ida ketayotganini allak’achon tushunib ulgurdingiz. Ancha vak’t muk’addam hamkasblardan biri: «K’anday k’ilib Ignatiy Nesterovdek darvozabon turganda terma jamoaning asosiy tarkibida Aleksandr Lobanov o’ynashini tushunmayman», degandi. Poytaxt derbisida bu ikki posbonni o’zaro solishtirish imkoniyatiga ega bo’ldik. K’o’rk’amanki, o’yindan so’ng o’sha tushunmovchilik ortsa ortganki, aslo kamaymagan.
Umuman, Lobanov k’anday k’ilib terma jamoa darvozasiga kelib k’olganini O’zbekistonda fak’at bir odamdan boshk’a hech kim tushunmasa ham kerak. Samvel Babayan futbolchilarni uch kriteriyga asosan tanlaydi — ayni vak’tdagi sport formasi, insoniyligi va fak’at o’zigagina ma’lum bo’lgan o’yin falsafasiga k’ay darajada mos kelishiga k’arab. Aftidan, uning nazdida Lobanov bu talablarning barchasiga mos keladi. Biz esa Janubiy Koreyadan o’tkazib yuborilgan ikki golni eslab, xunob bo’lib yuraveramiz…
Ochig’i, hozir terma jamoa asosiy tarkibida kim o’ynashi kerakligi hak’ida navbatdagi «ballada»ni bitmok’chi emasman. Befoyda. Shundok’ ham k’anday fikrda ekanimni ko’pchilik yaxshi bilsa kerak. Biz nima demaylik, tarkibni baribir, Babayan tanlaydi. U Lobanovni munosib deb bildimi, tamom-vassalom. Toki murabbiy termadan ketmas ekan,
DAVOMI
Комментарии 0