Hindiston va pokiston shht azoligiga kabul kilindi — ozbekiston

Hindiston va pokiston shht azoligiga kabul kilindi — ozbekiston

Hindiston va pokiston shht a’zoligiga k’abul k’ilindi — o’zbekiston

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari juma kuni Ostonada Hindiston va Pokistonni ShHT a’zoligiga k’abul k’ilish jarayonini tugatish va ularga ShHTga a’zo davlat mak’omini berish to’g’risidagi k’arorni imzoladi.
ShHTga a’zo davlat mak’omini olish uchun Hindiston va Pokiston majburiyatlari to’g’risidagi memorandum 2016 yil iyunda ShHTning Toshkent sammitida imzolangan edi.
Sammitda so’zga chik’k’an O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston va Pokistonning ShHTga a’zo davlat mak’omiga ega bo’lishi ko’p rejali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun butkul yangi imkoniyatlarni tak’dim etishini ta’kidlab o’tdi.
ShHT rahbarlari ShHTning ekstremizga k’arshi kurash bo’yicha Konvensiyasini imzolab, Xalk’aro terrorizmga k’arshi birgalikda kurashish to’g’risidagi bayonotni k’abul k’ildi.
ShHTga a’zo davlatlar Kengashi yig’ilishi doirasida 2017?2018 yillarda turizm sohasida ShHTga a’zo davlatlar hamkorligi dasturini amalga oshirish bo’yicha Hamkorlikdagi harakatlar rejasi hamda ShHT Kotibiyati va Xalk’aro K’izil Xoch K’o’mitasi o’rtasida o’zaro tushunish to’g’risidagi Memorandum ham imzolandi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.