Ijtimoiy sheriklik tugrisida — ozbekiston

Ijtimoiy sheriklik tugrisida — ozbekiston

Ijtimoiy sheriklik tugrisida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 18 iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014 yil 28 avgustda maqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ijtimoiy sheriklik tugrisidagi qonun hujjatlari
Ijtimoiy sheriklik tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Uzbekiston Respublikasining khalqaro shartnomasida Uzbekiston Respublikasining ijtimoiy sheriklik tugrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bulsa, khalqaro shartnoma qoidalari qullaniladi.
3-modda. Ijtimoiy sheriklik va uning subektlari
Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga dakhldor bulgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.
Qushimcha malumot uchun qarang: mazkur Qonunning 2-bob («Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi»).
Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subektlaridir.
Qushimcha malumot uchun qarang: Uzbekiston Respublikasi Kanstitusiyasining 56-moddasi, Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 73 — 78-moddalari, Uzbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari tugrisida»gi Qonuninng 2-moddasi, Uzbekiston Respublikasining «Uzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari tugrisida»gi Qonuninng 1-moddasi, Uzbekiston Respublikasining «Jamoat fondlari tugrisida»gi Qonuninng 4-moddasi.
Davlat organlarining fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari tugrisida», «Siyosiy partiyalar tugrisida», «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tugrisida», «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisida»gi qonunlari.
4-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonunga buysunish;
teng huquqlilik;
ochiqlik va shaffoflik;
hammaboplik;
mustaqillik;
kholislik;
uzaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va masuliyat;
majburiyatlar qabul qilishning ikhtiyoriyligi.
5-modda. Ijtimoiy sheriklik sohalari
Ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:
aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qullab-quvvatlash va uning ijtimoiy faolligini oshirish;
aholining bandligini taminlash, kichik biznes va khususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirish;
atrof muhitni, aholining sogligini muhofaza qilish va soglom turmush tarzini qaror toptirish;
har tomonlama barkamol va soglom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, ularni manaviy-akhloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yunaltirish;
onalik va bolalikni, shuningdek khotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy, madaniy hayotida tulaqonli ishtirok etishini taminlash, soglom oilani shakllantirish;
fan, talim, akhborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish;
aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash;
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi goyalarini mustahkamlash, kup asrlik, ananaviy manaviy-akhloqiy hamda tarikhiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash;
istemolchilarning huquqlarini himoya qilish.
Ijtimoiy sheriklik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa sohalarda ham amalga oshirilishi mumkin.
2-bob. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi
6-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
Qarang: mazkur Qonunning 7-moddasi.
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
Qarang: mazkur Qonunning 7-moddasi.
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi;
Qarang: mazkur Qonunning 8-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar utkazish;
Qarang: mazkur Qonunning 9-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik tugrisida bitimlar va shartnomalar (bundan buyon matnda bitimlar va shartnomalar deb yuritiladi) tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Qarang: mazkur Qonunning 10-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subektlari urtasida uzaro qullab-quvvatlash, akhborot almashish.
Qarang: mazkur Qonunning 11-moddasi.
7-modda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ularning roziligiga kura jalb etishi mumkin.
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan takliflar tuplashni amalga oshiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar tugrisida»gi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismi, Uzbekiston Respublikasining «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi tugrisida»gi Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismi, «Davlat va khujalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-tekhnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan utkazish tartibi tugrisida»gi Uslubiy kursatmalarning 9-bandi (ruykhat raqami 2352, 09.04.2012 y.).
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish buyicha tashabbuslar bilan chiqishda, tegishli takliflar va loyihalarni tayyorlashda ishtirok etishga, shuningdek ularni kurib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini utkazishda, ishlab chiquvchilar bilan kelishuvga kura, ularning jamoatchilik muhokamasini utkazish tashabbusi bilan chiqishda ishtirok etishga, loyihalar yuzasidan takliflarni ishlab chiqishga, ularni tuplashni va umumlashtirishni amalga oshirishga, shuningdek ushbu takliflarni kurib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
birgalikda tadbirlarni tashkil etish va utkazish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan loyihalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan davlat organlariga takliflar kiritishga;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning ruyobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, uning yakunlari buyicha takliflar tayyorlash hamda ularni vakolatli davlat organlariga kiritishga haqli.
Davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini kurib chiqishi shart.
8-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va taminlash, boshqa sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish maqsadida tashkil etiladigan davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar hamda jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ushbu loyihalarga doir takliflarni tayyorlashga, ularni davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida kurib chiqish uchun kiritishga;
davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlariga ularning vakolatiga kiritilgan masalalarni kurib chiqish, mazkur masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish tugrisidagi takliflar bilan murojaat etishga;
oldindan kelishuvga kura davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida ularning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan uz vakili orqali suzga chiqishga haqli.
9-modda. Ijtimoiy sheriklik subektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar utkazish
Ijtimoiy sheriklik subektlari:
konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, jamoatchilik muhokamalari, hasharlar, festivallar, sosiologik surovlar shaklida va boshqa shakllarda birgalikda tadbirlar;
bitimlar va shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar hamda rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, birgalikda tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar utkazishi mumkin.
Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikrlarini surash, ular ishtirokida davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tuzish yuli bilan utkaziladi.
10-modda. Ijtimoiy sheriklik subektlari tomonidan bitimlar va shartnomalar tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish
Ijtimoiy sheriklik subektlari bitimlar va shartnomalar tuzishi, shuningdek birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi mumkin.
Bitimlar taraflarning uz zimmalariga olgan uzaro majburiyatlaridan iborat bulib, ular doirasida taraflar birgalikdagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini, yunalishlarini aniqlaydi, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllarini kursatadi.
Shartnomalar ishlar bajarishni yoki khizmatlar kursatishni, shuningdek ijtimoiy sheriklik subekti tomonidan moddiy, shu jumladan moliyaviy qullab-quvvatlashda sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.
Birgalikdagi loyihalar va rejalar, bitimlar hamda shartnomalarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini belgilaydi.
11-modda. Ijtimoiy sheriklik subektlari urtasida uzaro qullab-quvvatlash, akhborot almashish
Ijtimoiy sheriklik subektlari uz vakolatlari doirasida uquv-uslubiy, akhborot, maslahat va tashkiliy jihatdan uzaro qullab-quvvatlaydi.
Ijtimoiy sheriklik subektlari uz tasarrufida bulgan va hamkorlik predmetiga taalluqli akhborotni yozma surovlar asosida bir-biriga taqdim etadi.
YOzma surovga javob, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, imkoni boricha qisqa muddatda, lekin surov olingan sanadan etiboran un besh kundan kechiktirmay berilishi kerak.
Ijtimoiy sheriklik subektlari davlat sirlarini yoki qonun bilan quriqlanadigan boshqa sirni uz ichiga olgan akhborotni taqdim etishi mumkin emas.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Davlat sirlarini saqlash tugrisida»gi Qonunining 1-moddasi, Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, Uzbekiston Respublikasining «Tijorat siri tugrisida»gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi khatboshi, Uzbekiston Respublikasining «Bank siri tugrisida»gi Qonunining 3-moddasi.
3-bob. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qullab-quvvatlash
12-modda. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qullab-quvvatlash turlari
Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qullab-quvvatlash turlari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, akhborot, maslahat, tashkiliy va uquv-uslubiy jihatdan qullab-quvvatlash;
Qarang: mazkur Qonunning 13 va 14-moddalari.
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga moddiy yordam kursatayotgan yuridik va jismoniy shakhslarga soliqlar va boshqa majburiy tulovlarni tulash buyicha qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berish;
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish.
Qarang: mazkur Qonunning 19 — 22-moddalari, Uzbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari tugrisida»gi Qonunining 4-bobi («Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan qullab-quvvatlash»).
13-modda. Mulkiy yordam kursatish
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat mulkini ijaraga berish tartibi tugrisida»gi nizom.
Nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga vaqtincha foydalanishga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishi kerak.
14-modda. Akhborot, maslahat, tashkiliy va uquv-uslubiy jihatdan qullab-quvvatlash
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini akhborot, maslahat, tashkiliy va uquv-uslubiy jihatdan qullab-quvvatlash quyidagi yullar orqali amalga oshiriladi:
ijtimoiy sheriklik sohasidagi akhborotdan erkin foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishdagi ishtiroki masalalariga doir uslubiy materiallarni ishlab chiqish hamda nashr etish;
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari buyicha uquv kurslarini tashkil etish hamda bilim beruvchi tadbirlar, uslubiy maslahatlar, ilmiy-amaliy seminarlar va konferensiyalar utkazish;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni tashkil etishda kumaklashish.
15-modda. Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondi
Mamlakatda demokratik uzgarishlarni yanada rivojlantirishga hamda bunda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtirok etishiga kumaklashish maqsadida Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi deb yuritiladi) tuziladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:
Uzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablaglarni jamlaydi, bu mablaglar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirishni ragbatlantirish hamda qullab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etadi;
mablaglarni keyinchalik nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlashga taqsimlash uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlariga yunaltiradi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moddiy-tekhnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy maslahat, tashkiliy, tekhnik jihatdan va boshqa khil yordam kursatish bilan bogliq dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda kumaklashadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyatini tashkil etish tartibi Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Kengashining va Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008 yil 10 iyuldagi 843-I/515-I sonli qushma qarori bilan tasdiqlangan «Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondi tugrisida»gi nizom.
16-modda. Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondi mablaglarini boshqarish buyicha parlament komissiyasi
Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondi mablaglarini boshqarish buyicha parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik uzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga kumaklashish maqsadida tuziladi.
Parlament komissiyasi Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati azolari, adliya va moliya vazirliklarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning urinbosari, masul kotib va komissiya azolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Parlament komissiyasi:
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablaglarining nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining va davlat organlarining takliflarini urganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablaglarini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni taminlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning utkazilayotgan sosial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taminlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;
joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash uchun mablaglarning hajmlarini Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik buyicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni taminlaydi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablaglaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, uz majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari tugrisida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining akhborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;
sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga kumaklashadi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam kursatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik uzgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish buyicha tizimli ishlar olib boradi;
ijtimoiy sheriklik sohasida kurib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
bajarilgan ishlar tugrisida har yili Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va Senatiga akhborot taqdim etadi;
uz faoliyati tugrisida jamoatchilikni khabardor qiladi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Parlament komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Kengashining va Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008 yil 10 iyuldagi 843-I/515-I sonli qushma qarori bilan «Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondi mablaglarini boshqarish buyicha Parlament komissiyasi tugrisida»gi nizom.
17-modda. Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlari
Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslarini rivojlantirish hamda rolini kuchaytirish, shuningdek ularning joylarda sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini ragbatlantirish maqsadida Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq jamoat fondlari tuzilishi mumkin.
Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlari:
mahalliy byudjetdan va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondidan olinadigan mablaglarni, yuridik va jismoniy shakhslarning homiylik khayriyalarini, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablaglarni jamlaydi;
jamlangan mablaglardan nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini, ularning joylardagi sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini qullab-quvvatlash uchun foydalanilishini tashkil etadi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga kumaklashadi.
18-modda. Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik buyicha jamoat komissiyalari
Jamoat komissiyalari tegishincha Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesining, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining, adliya va moliya organlarining, shuningdek boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning urinbosari, masul kotib va komissiya azolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Jamoat komissiyalari:
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorligini chuqurlashtirishga kumaklashadi, ularning takliflarini urganish asosida ijtimoiy sheriklikning ustuvor yunalishlarini aniqlaydi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining joylarda ijtimoiy, sosial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sosial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qullab-quvvatlashga, ularni amalga oshirish uchun mablaglarning zarur hajmlarini aniqlashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi hamda tegishli buyurtmalarni Parlament komissiyasiga yuboradi;
Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlari mablaglarining samarali taqsimlanishini tashkil etadi, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
tegishli hududda ijtimoiy, sosial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik holatining monitoringini va baholanishini amalga oshiradi, zarur hollarda, mazkur yunalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqadi;
ijtimoiy sheriklik subektlari urtasida manfaatlarni kelishib olishga va birgalikdagi faoliyatning ustuvor yunalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etadi va utkazadi, ular urtasida bitimlar va shartnomalar tuzishga, shuningdek ularning ijro etilishiga kumaklashadi;
ijtimoiy sheriklik sohasida kurib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
uz faoliyati tugrisida jamoatchilikni khabardor qiladi.
Jamoat komissiyalari Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlarining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Jamoat komissiyalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Jamoat komissiyalari uz faoliyatini tegishincha Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi.
Jamoat komissiyasining namunaviy reglamenti Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Jamoat komissiyalari faoliyatini tashkiliy-tekhnik jihatdan taminlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
19-modda. Davlat subsidiyasi va uni ajratish tartibi
Davlat subsidiyasi sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash uchun Uzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgarmalari mablaglari hisobidan beriladigan hamda aniq loyihalar bilan bogliq bulmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy kumakdir.
Davlat subsidiyalaridan faqat nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish, moddiy-tekhnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish uchungina foydalaniladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat subsidiyasini olish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga buyurtmalar bilan murojaat etadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining buyurtmalarini umumlashtiradi, subsidiyalash hajmlariga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni Parlament komissiyasiga kiritadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni urganib chiqib, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi va zarur hajmlari tugrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi navbatdagi yil uchun Uzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tasdiqlanganidan keyin Parlament komissiyasiga davlat subsidiyalarini taqsimlashga doir takliflarni taqdim etadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining takliflari olinganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratiladigan davlat subsidiyalarining hajmlarini aniqlaydi.
Davlat subsidiyalarini ajratish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Qonun hujjatlarida ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun davlat tomonidan subsidiyalashning boshqacha tartibi ham nazarda tutilishi mumkin.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari tugrisida»gi Qonuninng 12-moddasi.
20-modda. Davlat granti va uni ajratish tartibi
Davlat granti ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Uzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablaglari, shuningdek jamoat fondlarining mablaglari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning buyurtmalari buyicha tanlov asosida beriladigan pul mablaglari va moddiy resurslardir.
Davlat grantlarini ajratish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, shuningdek Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlari orqali amalga oshiriladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlari davlat grantini taqsimlash maqsadida grant tanlovlarini tashkil etadi.
Grant tanlovlarida ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni taqdim etgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishga haqlidir.
Grant tanlovlariga taqdim etilgan loyihalarni tanlab olish va goliblarni aniqlash Parlament komissiyasi, jamoat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat granti ajratilayotganda grant beruvchi va grant oluvchi urtasida grant ajratilganligi tugrisida shartnoma tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi hamda shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari tugrisida»gi Qonuninng 13-moddasi.
21-modda. Davlat ijtimoiy buyurtmasi va uni berish tartibi
Davlat ijtimoiy buyurtmasi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti urtasida shartnoma tuzish yuli bilan sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarish yoki tadbirlar utkazishga doir davlat topshirigidan iborat buladi.
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlari orqali, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi URQ-446-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 37-son, 978-modda)
Davlat organlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida uz faoliyatining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari qullab-quvvatlashini talab etadigan ustuvor yunalishlarini belgilaydi hamda kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tugrisida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlariga buyurtmalar yuboradi. Buyurtmada davlat organi faoliyatining ustuvor yunalishlari, ishlar bajarish yoki tadbirlar utkazishga doir topshiriqning maqsadlari, vazifalari va shartlari kursatiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yoki Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlari davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish buyicha tanlov tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan tushgan takliflarni umumlashtiradi hamda ularni tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga kiritadi.
Parlament komissiyasi yoki jamoat komissiyalari tegishincha Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, khalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni urganib chiqib, davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishning maqsadga muvofiqligi va ularning hajmlari tugrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi, davlat buyurtmachilarining ruykhatini va kursatilgan mablaglarni ajratish rejalashtirilayotgan faoliyat yunalishlarini ommaviy akhborot vositalarida elon qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni kurib chiqish uchun tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga taqdim etadi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilayotganda davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tugrisida buyurtma yuborgan davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti urtasida shartnoma tuziladi.
Davlat organlari Parlament komissiyasi, jamoat komissiyalari tomonidan qullab-quvvatlangan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini byudjetdan tashqari mablaglar hisobidan qushimcha moliyalashtirishni amalga oshirishi mumkin. Bunda qushimcha moliyalashtirish miqdori umumiy moliyalashtirish summasining 20 foizidan oshmasligi lozim.
Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari tugrisida»gi Qonuninng 14-moddasi.
Davlat boshqaruvi organlari sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga byudjetdan tashqari mablaglar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi mumkin. Sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish davlat buyurtmachilarining ruykhati va faoliyatning mablaglar ajratish rejalashtirilayotgan yunalishlari ommaviy akhborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy akhborot vositalarida oldindan elon qilingan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan loyihalarni kurib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash maqsadida davlat boshqaruvi organlari huzurida jamoatchilik kengashi tuziladi, ushbu kengash azolarining yarmi nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillaridan iborat buladi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish buyicha tanlov golibi loyihalarni kurib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga kura aniqlanadi. Davlat boshqaruvi organi va tanlovda golib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti urtasida shartnoma tuziladi.
Sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish, jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish tartibi, shuningdek tanlov shartlari va uni utkazish tartibi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(21-modda Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi URQ-446-sonli Qonuniga asosan uninchi, un birinchi va un ikkinchi qismlar bilan tuldirilgan — UR QHT, 2017 y., 37-son, 978-modda)
22-modda. Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish:
Uzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari mablaglari;
Qarang: Uzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi 69-moddasining birinchi qismi uchinchi khatboshi, 70-moddasining birinchi qismi 2-bandi.
ijtimoiy sheriklik subektlarining uz mablaglari;
yuridik va jismoniy shakhslarning homiylik khayriyalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
4-bob. Ijtimoiy sheriklik subektlarining huquq va majburiyatlari
23-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uz ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda uz azolari va ishtirokchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning turli masalalari buyicha tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlariga tegishli takliflar kiritish;
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga dakhldor masalalar yuzasidan davlat organlarining qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
davlat organlariga akhborot olish tugrisida surovlar bilan murojaat etish, shuningdek uz faoliyati tugrisidagi akhborotni tarqatish;
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari tugrisida»gi Qonuninng 6-moddasi, Uzbekiston Respublikasining «Akhborot olish kafolatlari va erkinligi tugrisida», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tugrisida»gi qonunlari.
ijtimoiy sheriklik masalalari buyicha maslahatlashuvlar va muzokaralar utkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalar tuzish tugrisida takliflar kiritish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash hamda muhokama qilishda ishtirok etish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qushma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini utkazish.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
Qushimcha malumot uchun qarang: Uzbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari tugrisida»gi Qonuninng 7-moddasi, Uzbekiston Respublikasining «Uzbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari tugrisida»gi Qonuninng 15-moddasi, Uzbekiston Respublikasining «Jamoat fondlari tugrisida»gi Qonuninng 15-moddasi.
24-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
uz faoliyatining ochiqligi va shaffofligini;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar va loyihalar buyicha majburiyatlarning bajarilishini;
ijtimoiy sheriklik doirasida faoliyatni amalga oshirish chogida fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlari hisobga olinishini;
ijtimoiy sheriklik doirasida taqdim etilgan pul mablaglari va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishini taminlashi shart.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bulishi mumkin.
Qushimcha malumot uchun qarang: Uzbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari tugrisida»gi Qonuninng 8-moddasi, Uzbekiston Respublikasining «Jamoat fondlari tugrisida»gi Qonuninng 19-moddasi.
25-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etishga;
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda ishchi guruhlar hamda komissiyalar tuzishga, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining uz vakolatiga kiradigan masalalar buyicha davlat organlari huzuridagi jamoatchilik-maslahat organlari ishida ishtirok etishini taminlashga;
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bitimlar hamda shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, birgalikdagi tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar utkazishga;
ijtimoiy sheriklik doirasida berilgan davlat pul mablaglaridan va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishi ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshirishga haqli.
Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
26-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
faoliyatning nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qullab-quvvatlashni talab qiladigan ustuvor yunalishlarini aniqlashi, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan maslahatlashuvlar utkazish orqali aniqlashi;
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ular ijtimoiy sheriklikda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish buyicha tashabbuslari hamda takliflarini kurib chiqishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining borishi buyicha zarur hollarda jamoatchilik muhokamasini tashkil etishi, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ularni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirishga doir takliflarini kurib chiqishi;
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oldindan maslahatlashuvlar hamda muzokaralar utkazilishini taminlashi;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar hamda loyihalar buyicha majburiyatlarning bajarilishini taminlashi shart.
Davlat organlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bulishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
27-modda. Nizolarni hal etish
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
28-modda. Ijtimoiy sheriklik tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ijtimoiy sheriklik tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shakhslar belgilangan tartibda javobgar buladi.
29-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bulgan uz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kurib chiqishlari va bekor qilishlarini taminlasin.
30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2015 yil 1 yanvardan etiboran kuchga kiradi.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014 yil 25 sentyabr,
URQ-376-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2014 y., 39-son, 488-modda; 2017 y., 37-son, 978-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.