Ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlar tizimi takomillashtiriladi — ozbekiston

Ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlar tizimi takomillashtiriladi — o’zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoev 20 iyun kuni «Uzbekiston Respublikasi aholisiga 2017?2021 yillarda ikhtisoslashtirilgan tibbiy yordam kursatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarorni imzoladi.
Hujjatga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, mazkur sohada aniq va tezkor chora-tadbirlar kurishni talab etadigan qator tizimli masalalar mavjud.
Khususan, sogliqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida ikhtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirishda sezilarli darajada qoloqlik kuzatilmoqda. Mintaqalarda ikhtisoslashtirilgan tibbiy yordamga tashkiliy-metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirishda respublika ikhtisoslashtirilgan muassasalarining roli pastligicha qolmoqda.
«Diagnostika va davolashning respublika muassasalarida sinovdan utgan ilgor yuqori tekhnologik usullar viloyat va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatiga sust joriy etilmoqda. Tibbiyotning ikhtisoslashtirilgan yunalishlari buyicha qulga kiritilgan mahalliy va khorijiy ilmiy yutuqlarni viloyat va tuman tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish darajasi past», — deyiladi sharhda.
Qarorda respublikaning ikhtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yunalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ikhtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ikhtisoslashtirilgan markazlarining masuliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va tekhnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Quyidagilarni nazarda tutgan holda ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlar kursatish tizimi barcha darajalarda isloh qilinadi:
respublika darajasida — ikhtisosli yunalishlar buyicha eng zamonaviy yuqori tekhnologik ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlar kursatish;viloyat darajasida — ikhtisosli yunalishlar buyicha zamonaviy yuqori tekhnologik ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlar kursatish;tuman (shahar) darajasida — yangidan tashkil etiladigan ikhtisoslashtirilgan turdosh bulimlar negizida ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlar kursatish;birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish darajasida — makhsus tasdiqlangan jadval buyicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor ikhtisosli mutakhassislari tomonidan konsultasiyalar berilishini, shuningdek, davolash va konsultativ-diagnostika yunalishlari buyicha ikhtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini kursatish.
Qarorda, shuningdek, ikhtisoslashtirilgan tibbiy yordam kursatish tizimida respublika buyicha va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyalarini uz vaqtida aniqlashni taminlaydigan zamonaviy tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini keng qullash nazarda tutilgan.
Etakchi respublika ikhtisoslashtirilgan davolash-profilaktika tashkilotlari respublika ikhtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga aylantirilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi.
Uz ikhtisosligi buyicha yagona metodik, tekhnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va tekhnologiyalariga, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bulgan ehtiyojni aniqlash, klinik protokollarni, shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, akhborot va tahliliy materiallarini nashr etish, sayyor maslahat berishlarni, mahorat darslarini, shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ikhtisoslashgan tibbiyot tashkilotlarida operasiyalarni muntazam ravishda utkazish orqali mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga kumaklashish markazlarning asosiy vazifalari etib belgilangan. Bundan tashqari, markazlar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiyot khodimlarining, ikhtisoslashgan hududiy tibbiyot tashkilotlari khodimlarining malakasini tizimli ravishda oshiradi, shuningdek, klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada tor mutakhassisliklar buyicha kadrlarni tayyorlaydi, etakchi khalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori malakali khorijiy mutakhassislar bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan, maslahatlashuvlar va mahorat darslari utkazish uchun ularni respublikaga taklif etadi, sogliqni saqlash tizimi mahalliy mutakhassislarining chet elda ikhtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishini taminlaydi.
Qaror bilan aholiga ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlar kursatish skhemasi va aholining sifatli va samarali ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlardan foydalanishini kengaytirishga, Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga, ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlar kursatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-tekhnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, aholiga ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlar kursatish sifatini oshirishga, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etishga yunaltirilgan huquqiy bazani takomillashtirishga yunaltirilgan 2017?2021 yillarda Uzbekiston aholisiga ikhtisoslashtirilgan tibbiy yordam kursatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 1 yanvargacha imtiyozli toifa alohida hisobga olingan holda tegishli ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlardan, shu jumladan, yuqori tekhnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bulgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron malumotlar bazasi shakllantiriladi. 2019 yil 1 yanvargacha bulgan muddatda barcha ikhtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan yozilish imkonini beradigan elektron dastur joriy etiladi.
2022 yil 1 yanvargacha aholiga pulli tibbiy khizmatlar kursatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya khizmatlaridan tashqari) sogliqni saqlash tizimi davlat tibbiyot tashkilotlarini soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalarni tulashdan, shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ruykhat buyicha chetdan olib kelinadigan yangi tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari uchun bojkhona tulovlari tulashdan ozod etish nazarda tutilgan. Bushagan mablaglar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-tekhnika uskunasi bilan jihozlashga hamda unga servis va tekhnik khizmat kursatishga, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlarni kharid qilishga, yangi binolar va inshootlar qurishga, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlashga yunaltiriladi.
Qarorda davolanish uchun chet elga junab ketayotgan Uzbekiston fuqarolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning tasirchan mekhanizmlarini ishlab chiqish, mahalliy mutakhassislarning amaliy va nazariy kunikmalarini oshirish maqsadida khorijiy etakchi olimlar, vrachlar va mutakhassislarni shartnoma asosida respublikaga jalb etishga alohida etibor qaratilgan.
Dastur doirasida 2017?2021 yillarda Uzbekistonda ikhtisoslashtirilgan tibbiy khizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 373,5 milliard sum va 100 million AQSh dollari miqdorida mablag ajratilishi kuzda tutilgan bulib, shundan 60 milliard sum mablag Respublika ikhtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlashga va 97 million AQSh dollari respublika va hududiy ikhtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yunaltiriladi.
Комментарии 0