Insofsiz dorixonalar va ularning xodimlari reestrga kiritiladi — ozbekiston

Insofsiz dorixonalar va ularning xodimlari reestrga kiritiladi — ozbekiston

Insofsiz dorixonalar va ularning xodimlari reestrga kiritiladi — o’zbekiston

O’zbekistonda k’onun hujjatlarini buzgan, shu jumladan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibini k’o’pol ravishda buzgani ok’ibatida lisenziyasi tugatilgan dorixona muassasalarining manzillar va xodimlar reestri shakllantiriladi. Reestrga kiritilgan ma’lumotlar uch yillik muddat tugaganidan so’ng olib tashlanadi.
O’zbekiston Prezidentining 14 fevraldagi «Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmasevtika faoliyatini lisenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi k’arori bilan Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash tartibi to’g’risidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2010 yil 13 mayda tasdik’langan) k’o’shimchalar kiritildi.
Dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish k’oidalariga kiritilgan k’o’shimchaga muvofik’, barcha dorixona muassasalari idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan k’at’i nazar, belgilangan narxlari bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining tasdik’langan ro’yxatini davlat va rus tillaridan ko’rinadigan joyga osib k’o’yishi shart.
Dori-darmon vositalari yoki tibbiyot buyumlari bilan birga sotib oluvchiga identifikasion ma’lumotlar (nomi, dozasi, k’adok’lash, mik’dori), ularni beruvchi shaxsga oid ma’lumotlar, berish sanasi va narxi ko’rsatilgan tovar cheki beriladi.
Huk’uk’ni muhofaza k’iluvchi organlar tomonidan o’tkazilgan tekshirish uchun xarid k’ilish yoki nazorat ostida olish natijalari bo’yicha olingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash bo’yicha tartibni buzish faktini tasdik’lovchi tovar va kassa cheklari dorixona muassasasining lisenziyasini to’xtatib turish yoki tugatish uchun asoslardan biri bo’lib xizmat k’iladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.