Intervyu kevin gameyro barselonada menga nima bor — ozbekiston

Intervyu. kevin gameyro: barselonada menga nima bor? — o’zbekiston
«Atletiko»ning fran-siyalik forvardi Kevin Gameyro L`Equipe nashriga bergan intervyusida nega aynan Madrid klubiga ko’chib o’tgani, Zlatan Ibragimovich undan nima so’ragani va Unai Emeri bilan k’anday suhbatlashish lozimligi hak’ida so’z yuritdi.
— 2013 yili Ispaniyaga kelganingizdan so’ng o’yiningizda k’anday o’zgarish kuzatildi?
— Joyimni to’g’ri o’zgartira boshladim, zarur paytda to’xtashni o’rgandim. YOshlik paytingda u yok’-bu yok’k’a shoshib, hamma erga ulgurishni xohlaysan. Endilikda k’achon va k’aerda to’pni so’rash lozimligini bilaman.
— Dastlabki ispaniyalik murabbiyingiz Unai Emeridan nima o’rgandingiz?
— U individual tarzda ko’prok’ ishlashimni so’radi. Avvallari mehnatkash futbolchi emasdim.
— Samarali uzatmalaringiz soni ko’paydi…
— Fransiyada asosiy e’tiborim darvozani ishg’ol k’ilishga k’aratilardi. Ispaniyada esa ko’pincha hujum tashkil etilishida ham k’atnashyapman.
— Darvoza tomon yo’llanayotgan zarbalaringiz esa kamaydi.
— Buning uchun ko’p tank’idlarga uchrayapman. Ammo men shunak’aman, k’ulayrok’ vaziyatda turgan sherigimga to’p uzatishni ma’k’ul ko’raman.
— «Atletiko»da himoyaga ham yordam berishingiz kerak, shundaymi?
— Ha, buning natijasida hujumga k’o’shilishga kuch k’olmaydi. Me’yorni k’idiramiz — «Atletiko»da asosiysi, yugurish, mehnat k’ilish kerak. Shundagina gollar ham, o’yindan rohatlanish ham bo’ladi.
— Himoya chizig’idagi harakatlardan ham huzur olasizmi?
— Yo’k’, mening ishim — hujum k’ilish!
— Antuan Grizmann mudofaaga ko’maklashayotganda xuddi gol urgandek rohatlanishini aytgandi.
— Yo’k’, bunak’asi menga yot! Bir safar murabbiy «Sening vazifang — kamida rak’ibdan uch marta to’pni olib k’o’yish», degandi. Men esa shunga o’rgandim.
— Diego Simeonedan bunday gapni eshitib hayron k’olgandirsiz?
— Shunday desa ham bo’ladi, axir men hujumchiman. Ammo boshk’a iloj yo’k’, bu mutaxassis o’z aytganini k’ilib, o’yinchilarni ruhlantirishni biladi.
— Undan nima o’rgandingiz?
— Himoyada o’ynashga ko’nikdim, k’uvvat oldim, futbolga mehrim oshdi. Simeone hamisha zafar k’uchishni istaydi.
— U o’yindan oldin k’anday holatda bo’ladi?
— Ancha xotirjam. Futbolchilarga k’isk’a nutk’ so’zlaydi, o’yin paytida esa bir zum tinmaydi.
— «PSJ»da Zlatan Ibragimovich bilan o’ynagansiz. U k’anday sherik?
DAVOMI
Комментарии 0