Irrigasiya va meliorasiya instituti tojikiston otmlari bilan hamkorlik kiladi — ozbekiston

Irrigasiya va meliorasiya instituti tojikiston otmlari bilan hamkorlik k’iladi — o’zbekiston
Toshkent irrigasiya va meliorasiya instituti (TIMI) Shirinshoh Shotemur nomidagi Tojikiston agrar unirversiteti hamda Tojikiston gidrotexnika va meliorasiya ilmiy-tadk’ik’ot instituti bilan hamkorlik k’ilish to’g’risidagi hujjatlarni imzoladi, deb xabar k’ildi Markaziy Osiyo Mintak’aviy ekologik markazi «Gazeta. uz»ga.
Kelishuvlar 2?4 may kunlari Markaziy Osiyo va Afg’oniston oliy ta’lim muassasalari suv xo’jaligi hamda ilmiy-pedagogik tarkibi ishtirokidagi almashinuv turi doirasida imzolandi. Bu mintak’a mamlakatlari akademik hamjamiyati o’rtasidagi birinchi almashinuv bo’lib, unda 6 davlatdan 40 nafardan ziyod vakil ishtirok etdi.
Loyiha doirasida Markaziy Osiyo va Afg’oniston mamlakatlaridan 48 nafar magistrantni o’k’itish va 60 ta tadk’ik’otni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Tur ishtirokchilari TIMI, Toshkent viloyati Yuk’ori Chirchik’ tumanidagi gidrotexnik inshoot, sug’orishning tejamkor tizimlaridan foydalanayotgan fermer xo’jaliklari va intensiv bog’larga tashrif buyurdi. Integrasiyalashgan suv manbalarini boshk’arish uchun kadrlar tayyorlashning yagona tizimini yaratish, magistrantlar uchun ilmiy malaka oshirishlar va ilmiy rahbarlar umumiy tizimini tashkil etish to’g’risidagi kelishuvga erishildi.
Tadbir AK’Sh Xalk’aro tarak’k’iyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilayotgan «MOda Suv, ta’lim va hamkorlik» Markaziy Osiyo Mintak’aviy ekologik markaz loyihasi doirasida tashkil etildi.
Комментарии 0