Islom birdamlik oyinlari yakunlari ozbekiston 63 medalni kolga kiritdi — ozbekiston

Islom birdamlik o’yinlari yakunlari: o’zbekiston 63 medalni k’o’lga kiritdi — o’zbekiston
16?22 may kunlari Bokuda (Ozarbayjon) bo’lib o’tgan IV Islom birdamlik o’yinlarida O’zbekiston sportchilari 63 medalni k’o’lga kiritdi. Milliy terma jamoa 57 mamlakat orasida to’rtinchi o’rinni k’o’lga kiritdi.
Engil atletika va para-atletika — 9 medal (3?3?3)
Nadiya Dusanova (balandlikka sakrash) oltin medalni k’o’lga kiritdi, Nigina Sharipova 100 m va 200 m ga yugurishda mos ravishda kumush va bronza medallariga sazovor bo’ldi, Ivan Zaysev (nayza ulok’tirish) kumush, Sergey Dementev (yadro ulok’tirish) — bronza medali sohibiga aylandi.
Paralimpiyachilar o’rtasida Aleksandr Svechnikov (nayza ulok’tirish) jahon rekordini o’rnatdi va O’yinlar chempioni bo’ldi, Doniyor Soliev (uzunlikka sakrash) oltin, Mansur Abdurashidov (100 m ga yugurish) — kumush, Elbek Sultonov (yadro ulok’tirish) — bronza sohibi bo’ldi.
Boks — 5 medal (3?0?2)
Abdulxay Shorahmatov (56 kg gacha), Aliyor Noraliev (64 kg gacha) va Bobo-usmon Baturov (69 kg) shohsupaning yuk’ori pog’onasidan joy oldi. Mironshoh Ibragimov (49 kg gacha) va Abrorjon K’odirov (52 kg gacha) bronza medali sohibi bo’ldi.
Sport va badiiy gimnastika — 7 medal (2?3?2)
Shanba kuni Xalk’aro gimnastika shon-sharaf zaliga kiritilgan afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina tayanib sakrashda oltin medalni k’o’lga kiritdi.
Anastasiya Serdyukova, Nurinisso Usmonova va Sabina Toshkenboeva jamoaviy chik’ishda kumush medalga loyik’ topildi. YAkkalik mashk’larda bulavalar bilan chik’ish k’ilgan Anastasiya Serdyukova oltin, obruch va koptok bilan esa ikkita kumush medalni k’o’lga kiritdi. Sabina Toshkenboeva bulava va tasma bilan chik’ishda bronza medallariga sazovor bo’ldi.
Dzyudo va para-dzyudo — 10 medal
Paralimpiya termasi vakillari Shuhrat Boboev (90 kg gacha) va Shirin Sharipov (+100 kg) musobak’aning oliy shohsupasini band etdi, Feruz Saidov (73 kg gacha) terma jamoa g’aznasiga kumush, Gulruh Rahimova (70 kg gacha) — «bronza» olib keldi.
Gulnoza Matniyozova 700 kg gacha vazn toifasida eng yaxshi deb tan olingan bo’lsa, Diyorbek O’rozboev (60 kg gacha), Davlatbek Bobonov (81 kg gacha) va Bekmurod Oltiboev (+100 kg) Islomiada bronza medallariga sazovor bo’ldi.
Jamoaviy musobak’alarda dzyudo bo’yicha erkaklar va ayollar terma jamoasi bronza medallariga loyik’ ko’rildi.
Karate — 4 medal (1?0?3)
Sadriddin Saymatov (60 kg gacha) birinchi, Abdulaziz Otabaev (84 kg gacha), Barno Mirzaeva (61 kg gacha) va Dostonbek Otabolaev (75 kg gacha) uchinchi bo’ldi.
O’k’ otish — 2 medal (0?0?2)
10 metr masofaga pnevmatik miltik’dan o’t otishda Saidxon Sayfuddinov va Sakina Mamedova «bronza»ni k’o’lga kiritishdi.
Taekvondo — 7 medal (2?2?3)
Niyoz Po’latov (58 kg gacha) va Nikita Rafalovich (74 kg gacha) Islomiada chempioniga aylanishdi. Dmitriy Shokin (+87 kg) hamda Umida Abdullaeva (62 kg gacha) kumush medalni k’o’lga kiritgan bo’lsa, Maksim Rafalovich (80 kg gacha), Svetlana Osipova (+73 kg) va Nigora Tursunk’ulova (67 kg gacha) bronza medali sohibi bo’ldi.
Tennis — 5 medal (0?3?2)
Jamoaviy musobak’alarda o’zbekistonlik Polina Merenkova, Sabina Sharipova va Kamola Umarova ikkinchi, erkaklar termasi — Sergey Fomin, Saida’lo Saidkarimov va Amal Sultanbekov — uchinchi o’ringa loyik’ topildi.
Juftlik musobak’alarda Sabina Sharipova — Polina Merenkova va Saida’lo Saidkarimov — Amal Sultanbekov duetlari kumush medalga sazovor bo’ldi.
Individual bellashuvlarda Sabina Sharipova uchinchi bo’ldi.
Og’ir atletika — 9 medal (1?3?5)
O’zbekiston og’ir atletikachilari o’rtasida Rustam Jangaboev (+105 kg) oltin medalga sazovor bo’ldi.
Kumushxon Fayzulleva (63 kg gacha), Ulug’bek Alimov (85 kg gacha) va Farhodbek Sobirov (94 kg gacha) kumush medalni k’o’lga kiritgan bo’lsa, Muattar Nabieva (58 kg gacha), Manzuraxon Mamasaliev (69 kg gacha), Omadoy Otak’o’zieva (75 kg gacha), Doston YOk’ubov (69 kg gacha) va Ivan Efremov (105 kg gacha) bronza medali sohiblariga aylandi.
Sportcha kurash — 5 medal (0?2?3)
Yunon-rim uslubi kurashchilari Islomjon Bahromov (59 kg gacha) va Mo’minjon Abdullaev (130 kg gacha) musobak’a vise-chempionlari bo’ldi. Rustam Assak’ulov (98 kg gacha) esa uchinchi bo’ldi.
Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov (74 kg gacha) va Nodirjon Safarov (57 kg gacha) ham bronza medallariga sazovor bo’ldi.
Комментарии 0