Islom karimov haykali loyihalari tanlovida ilhom jabborov golib boldi — ozbekiston

Islom karimov haykali loyihalari tanlovida ilhom jabborov g’olib bo’ldi — o’zbekiston
O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish bo’yicha eng yaxshi loyihalar xalk’aro tanlovida Ilhom Jabborov g’olib bo’ldi, deb xabar k’ildi Badiiy akademiya «Gazeta. uz»ga.
Birinchi va ikkinchi o’rinlarni mos ravishda Jasvand Annazarov va To’lagan Tojixo’jaev egalladi. To’lagan YOrk’ulov va Farit Axmetzyanov, shuningdek janubiy koreyalik haykaltaroshlar Kang Chul Xi, Li Chong An va Chung Yung Su rag’batlantiruvchi mukofotlarni k’o’lga kiritdi.
Ilhom Jabborov — Mustak’illik maydoniga o’rnatilgan Mustak’illik va ezgulik monumenti hamda poytaxt markazidagi Amir Temur haykali muallifi.
Badiiy akademiya Markaziy ko’rgazmalar zalida tanlov yakunlari bo’yicha o’tkazilgan marosimda akademiya raisi Akmal Nur eng munosib ishlarni tanlab olish juda murakkab kechgani, g’oliblikka ko’plab nomzodlar bo’lganini ta’kidlab o’tdi .
Uning k’o’shimcha k’ilishicha, haykaltaroshlar oldida ulkan vazifalar turibdi. O’zbekistonning turli shaharlarida Sharof Rashidov, Abdulla Oripov, Ozod Sharofuddinov, Said Ahmad va Saida Zunnunova, Muhammad Yusuf haykallari barpo etilishi lozim.
Toshkent , Samark’and va K’arshida Islom Karimovning k’anday haykallari o’rnatilishi hozircha ma’lum emas. Davlat buyurtmasi bajarishga kirishilganda ushbu masalaga oydinlik kiritiladi.
Tanlovda O’zbekiston, Turkmaniston, Ukraina, Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya va Avstraliyadan 58 nafar muallif tomonidan tak’dim etilgan 68 loyiha namoyish etildi . G’oliblar san’at, madaniyat, adabiyot va arxitektura sohasining yirik namoyondalaridan iborat 11 kishilik maxsus komissiya tomonidan anik’landi.
Комментарии 0