Isro surasi video — ozbekiston

Isro surasi video — ozbekiston

Isro surasi (video) — o’zbekiston

4. Biz u kitobda Bani Isroilga, er yuzida ikki marta buzg’unchilik k’ilursizlar va katta tug’yonga ketursizlar, deb bildirdik. 5. Bas, o’sha ikki(buzg’unchilik)dan birinchisining va’da vak’ti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-k’udratga ega bandalarimizni yuboramiz. Bas, ular hovli-joylarni oralab kezadilar. Bu k’ilinishi lozim va’da edi. 6. So’ngra sizga ular ustidan g’alabani k’aytardik va sizga molu dunyo va farzandlar ila madad berdik. Va sizlarning nafaringizni ko’p k’ilib k’o’ydik. 6. So’ngra sizga ular ustidan g’alabani k’aytardik va sizga molu dunyo va farzandlar ila madad berdik. Va sizlarning nafaringizni ko’p k’ilib k’o’ydik. 7. Agar yaxshilik k’ilsangiz, o’zingiz uchun yaxshilik k’ilasiz. Agar yomonlik k’ilsangiz ham, o’zingiz uchundir. Bas, keyingi(buzg’unchilik)ning va’da vak’ti kelganda, yuzingizni k’ora k’ilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz).
4. Biz u kitobda Bani Isroilga, er yuzida ikki marta buzg’unchilik k’ilursizlar va katta tug’yonga ketursizlar, deb bildirdik.
YA’ni, o’sha Bani Isroilga hidoyat k’ilib berilgan Tavrot kitobida ularning kelajakda er yuzida ikki marta buzg’unchilik k’ilishlari, katta tug’yonga ketib haddan oshishlari ham xabar k’ilingan edi. Bu xabar Alloh taoloning cheksiz ilmi tufayli bilingan xabar edi. Ularni buzg’unchilikka, tug’yonga majburlash emas edi. Bani Isroilning tabiatini yaxshi biladigan Alloh, dunyodagi har bir vok’eani bo’lishidan oldin bilib turadigan Alloh ushbu xabarni ham avvaldan bilgan edi.
Oyati karimadagi «er yuzi»dan murod muk’addas er Falastin ekanini tafsirchilarimiz ta’kidlaganlar. Ular o’zlarida k’uvvat his k’ilsalar, ko’tarilish sezsalar, buzg’unchilikka o’tadilar. Bani Isroilning tabiati shunday.
5. Bas, o’sha ikki(buzg’unchilik)dan birinchisining va’da vak’ti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-k’udratga ega bandalarimizni yuboramiz. Bas, ular hovli-joylarni oralab kezadilar. Bu k’ilinishi lozim va’da edi.
Bu Bani Isroilning birinchi buzg’unchiligidir. Avval ular turli imkonlarga ega bo’lib, muk’addas erda yuksaladilar. Kuch-k’uvvatga, sultonga ega bo’ladilar. So’ngra buzg’unchilik k’ilishga o’tadilar. O’shanda Bani Isroil k’ilishi kerak bo’lgan:
«…o’sha ikki(buzg’unchilik)dan birinchisining va’da vak’ti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-k’udratga ega bandalarimizni yuboramiz».
Chunki, buzg’unchilik doimo davom etaverishi mumkin emas. Ertami, kechmi buzg’unchi jazosini tortishi kerak. Sizga k’ilmishingizning jazosini kuch-k’uvvatga ega o’sha bandalarimiz beradi.
«…ular hovli-joylarni oralab kezadilar» va sizlarni topib, azoblab o’ldiradilar. Ulardan k’ochib k’utula olmaysiz.
«Bu k’ilinishi lozim va’da edi».
Uni o’zgartirib ham, kechiktirib ham bo’lmaydi.
6. So’ngra sizga ular ustidan g’alabani k’aytardik va sizga molu dunyo va farzandlar ila madad berdik. Va sizlarning nafaringizni ko’p k’ilib k’o’ydik.
Ey Bani Isroil, so’ngra tavba-tazarru’ k’ildingiz, ana shundan keyin, Biz sizga ular ustidan g’alabani k’aytardik, siz yana dushmaningiz ustidan g’olib bo’ldingiz. Bu ishda sizga yordam sifatida biz molu dunyoingizni va bolalaringizni ko’paytirish ila madad berdik:
«Va sizlarning nafaringizni ko’p k’ilib k’o’ydik».
Ana shu narsalar yordamida dushmaningiz ustidan k’ayta g’olib bo’ldingiz.
7. Agar yaxshilik k’ilsangiz, o’zingiz uchun yaxshilik k’ilasiz. Agar yomonlik k’ilsangiz ham, o’zingiz uchundir. Bas, keyingi(buzg’unchilik)ning va’da vak’ti kelganda, yuzingizni k’ora k’ilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz).
Ushbu oyatda Alloh taoloning Bani Isroilga nisbatan xitobi davom etmok’da.
«Agar yaxshilik k’ilsangiz, o’zingiz uchun yaxshilik k’ilasiz».
Har kim yaxshilik k’ilsa, o’zi uchun k’iladi. Shu jumladan, Bani Isroil ham. Buni hamma, jumladan, Bani Isroil ham yaxshi tushunib olmog’i lozim. Shuningdek:
«Agar yomonlik k’ilsangiz ham, o’zingiz uchundir».
Bu k’oida umumiy, hamma uchun barobar, oxirat uchun ham, bu dunyo uchun ham joriy k’oidadir. Shunga binoan, insonning har bir ishi o’ziga k’aytadi. Hamma k’ilganiga yarasha mukofot yoki jazo oladi. YAxshilik k’ilsa ham, yomonlik k’ilsa ham, o’ziga. Har kim o’zidan ko’raveradi. Ushbu k’oidaga binoan, ey Bani Isroil, siz yana tug’yonga ketib buzg’unchilik k’ilsangiz:
«Bas, keyingi(buzg’unchilik)ning va’da vak’ti kelganda…»
Siz o’zingizning k’ilmishingiz, buzg’unchiligingiz ila o’sha va’daning yuzaga chik’ishiga sabab bo’lganingizda…
«yuzingizni k’ora k’ilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuboramiz)».
U bandalarimiz shiddatli kuch-k’uvvat egalari bo’ladilar. Ular sizni azoblab, k’iynab xafa k’iladilar. Ular masjidga–Baytul Mak’disga avval k’anday kirgan bo’lsalar, shunday kiradilar va o’zlari egallagan narsalarni tamoman parchalab yo’k’ k’ilib tashlaydilar.
Tafsirchilarimiz Bani Isroilning ustiga yuborilgan shiddatli kuch-k’uvvatga ega bandalar kim ekanligi hak’ida turlicha fikrlar keltiradilar. YAhudiylarning azob-uk’ubatiga sabab bo’lgan k’avmlarning nomlarini ham aytishadi. Ammo K’ur’oni Karim yoki hadisi sharifda muayyan bir k’avmning nomi kelmagan. Shu bilan birga, Alloh taoloning Bani Isroil haddan tashk’ari tug’yonga ketganida ularning ustiga shiddatli kuch-k’uvvatga ega bandalarning yuborishi to’g’risidagi va’dasi hak’ik’atga aylangan. Tarixda bir necha marta takrorlangan, insha Alloh, yana bo’lajak.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.