Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish tugrisidagi qonunga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida

Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish tugrisidagi qonunga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida

«istemolchilarning huquqlarini himoya qilish tugrisida»gi qonunga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 12 dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008 yil 27 martda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish tugrisida»gi 221-I-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1996 yil, № 5-6, 59-modda; 2002 yil, № 4-5, 74-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 12, 413-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda) quyidagi uzgartish va qushimchalar kiritilsin:
1) 11-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Dori-darmon, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari kursatilgan bulishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasiva yaroqlilik muddati kursatilmagan yoki yaroqlilik muddati utgan tovarlarni qabul qilish hamda realizasiya qilish man etiladi»;
2) 21-moddaning ikkinchi qismi «foydalanishga qistashga» degan suzlardan keyin «shuningdek kursatilmagan khizmatlar uchun haq olishga» degan suzlar bilan tuldirilsin;
3) 27-modda ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Uzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qullab-quvvatlash davlat qumitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga):
ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati kursatilishi shart ekanligi qonun hujjatlarida belgilanganligiga qaramay ishlab chiqarilgan sanasi vayaroqlilik muddati kursatilmagan tovarlarni realizasiya qilishga va sotishga qabul qilganlik uchun — tovarlarning (ishlarning, khizmatlarning) khavfsiz bulishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning istemol (foydalanish) uchun yaroqliligi tugrisidagi khulosasi olingan taqdirda, realizasiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi miqdorida va ushbu tovarlarning istemol (foydalanish) uchun yaroqsizligi tugrisidagi khulosasi olingan taqdirda, realizasiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kup bulmagan miqdorda;
yaroqlilik muddati utgan tovarlarni realizasiya qilishga va sotishga qabul qilganlik uchun — realizasiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz baravaridan kup bulmagan miqdorda;
istemolchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish tugrisidagi kursatmalarni bajarishdan buyin tovlaganlik yoki uz vaqtida bajarmaganlik, shuningdek ularga tovarlar (ishlar, khizmatlar) tugrisida akhborot taqdim etmaganlik yoki bila turib notugri malumotlar taqdim etganlik uchun:
yuridik shakhslarga — eng kam ish haqining un baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
jismoniy shakhslarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega».
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2008 yil 10 apreldagi 71 (4481)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008 yil 9 aprel,
URQ-147-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2008 y., 14-15-son, 90-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.