Jahon yangiliklari obzori — ozbekiston

Jahon yangiliklari obzori — ozbekiston

Jahon yangiliklari obzori — o’zbekiston

Ank’arada Rossiya elchisi o’ldirildi
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov dushanba kuni Ank’arada o’ldirildi. Hujum fotoko’rgazma ochilishi vak’tida sodir etildi. K’otil rasmiy kiyim va bo’yinbog’da bo’lib, elchining ortida turgan. Hujum k’iluvchi maxsus operasiya natijasida o’ldirildi. Uning ism-sharifi Mevlyut Altintash bo’lib, ikki yarim yil muk’addam polisiyaga ishga kirgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hodisani «k’abih k’otillik» hamda Turkiya bilan do’stona munosabatlarni va Suriyadagi vaziyatni o’nglash bo’yicha ishlarni buzishga k’aratilgan tashvik’ot deb atadi. // RIA Novosti
Saylov hay’ati Tramp g’alabasini tan oldi
AK’Shning saylangan Prezidenti Donald Tramp saylovning ikkinchi bosk’ichida elektorlarning etarli mik’dordagi ovozini to’pladi, guvohlik bermok’da shtatlardagi ovoz berish bo’yicha onlayn-ma’lumotlar. G’alaba k’ozonish uchun shtatlardagi 538 elektorning 270 nafari k’o’llab-k’uvvatlashi talab etilar edi. 8 noyabrda bo’lib o’tgan saylovda Tramp elektorlarning 306 ovoziga ega bo’ldi, Klinton uchun esa 232 elektor ovoz bergan. Ko’plab ekspertlar elektorlar saylovchilarning ixtiyoriga zid ravishda ovoz bergan, degan gumonni ilgari surgan. YAkuniy natijalar 6 yanvar kuni kongressda e’lon k’ilinadi. // RIA Novosti
XVJ rahbari mas’uliyatsizlikda aybdor deb topildi
Hukumat a’zolari tomonidan yo’l k’o’yilgan k’onun buzilishlarini ko’rib chik’uvchi Fransiya maxsus sud instansiyasi Xalk’aro valyuta jamg’armasi rahbari Kristin Lagard ishi bo’yicha ayblov hukmini chik’ardi. Bunda unga nisbatan hech k’anday jazo chorasi belgilanmadi va u o’z lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Hukm 1993 yilda Bernar Tapi — tanik’li tadbirkor, siyosatchi va sobik’ Prezident Nikolya Sarkozining do’sti tomonidan Adidas kompaniyasining sotib yuborilishi bilan bog’lik’ ish yuzasidan chik’arildi. XVJ rahbari mamlakat ik’tisodiyot va moliya vaziriga bosim o’tkazilganiga lok’aydlik bilan k’araganlikda ayblangan. Uning bu harakatsizligi esa davlat mablag’lari nok’onuniy o’zlashtirilishi yoki talon-taroj k’ilinishiga olib kelgani aytilmok’da. // RIA Novosti
Rossiyada zaharlanish ok’ibatida 50 nafardan ziyod kishi halok bo’ldi
Dam olish kunilari Rossiyaning Irkutsk shahrida spirt sak’lovchi k’albaki «Boyarishnik» vositasidan ommaviy zaharlanish k’ayd etildi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 53 kishi hayotdan ko’z yumgan. Vosita tarkibida metil spirti anik’langan. // RIA Novosti
Berlinda yuk mashinasi odamlar galasi ustiga bostirib bordi
Berlin markazida yuk mashinasi yangi yil yarmarkasidagi odamlar galasi ustiga bostirib borishi ok’ibatida 12 kishi hayotdan ko’z yumdi, 48 kishi shifoxonaga yotk’izilgan bo’lib, ularning ayrimlari og’ir ahvolda. Polisiya hozircha hodisani terakt deb atayotgani yo’k’, birok’ yuk mashinasi haydovchisi nima sababdan ushbu jinoyatga k’o’l urganini ma’lum emasligini ta’kidlab o’tgan. Germaniya Bosh prokuraturasi tergovni o’z zimmasiga olgan. // RIA Novosti

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.