Jch-2018 saralash suriya bilan durangni ham eplolmadik — ozbekiston

Jch-2018 saralash suriya bilan durangni ham eplolmadik — ozbekiston

Jch-2018 saralash. suriya bilan durangni ham eplolmadik — o’zbekiston

O’zbekiston terma jamoasi Suriyaga k’arshi JCh-2018 saralash bahsida juda sust harakat k’ildi va mag’lubiyatga uchradi.
Avvalo har ikkala terma jamoa ik’limga k’arshi kurashishiga to’g’ri keldi. O’yin boshlanmasdanok’ futbolchilar va murabbiylar terga botib bo’lishgandi. Bunday paytda o’yinchilar katta kuch bilan harakat k’ilishlari og’ir kechishi tayin edi. Shu bois, jamoamizga standart vaziyatlar yordamga kelishi mumkin edi. Bahsning 3-dak’ik’asidayok’ O’zbekiston jarima zarbasidan keyin hisobni ochishga juda yak’in keldi. Chap k’anotda belgilangan jarima to’pini Jeparov rak’ib darvozasiga oldiga etkazib berdi va Ismoilov bosh bilan to’p yo’nalishini o’zgartirishga harakat k’ildi. To’p shundok’k’ina olis ustun yonidan o’tib ketdi!
Terma jamoamiz navbatdagi xavfli vaziyatni bahsning 14-dak’ik’asida yaratdi. Ahmedovning uzatmasidan keyin Masharipov chap k’anotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Zarba anik’ bo’ldi, ammo to’pni darvozabon egallab oldi.
K’olgan dak’ik’alarda futbolchilari og’ir harakat k’ilishdi. Bundan esa Suriya foydalanishga harakat k’ildi. Ular darvozamiz oldida taxlikali vaziyatlar yaratishdi. Tanaffusgacha esa hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo’lim ham xuddi shunday davom etdi. Taym boshida burchakdan etkazilgan uzatmani Krimes bosh bilan darvoza tomon burdi, ammo himoyachi to’pni k’aytarib k’oldi.
O’yin tugash arafasida suriyaliklar k’arshi hujum uyushtirishdi hamda Krimes jarima maydonchasi ichida Firas al-Xatibni yik’itdi. Penaltidan Umar Xarbin samarali foydalanib, Suriyaga g’alaba keltirdi.
Natijada Suriya o’z ochkolarini 8taga etkazib, O’zbekistonga juda ham yak’inlashib oldi.
JCh-2018 saralash, Osiyo, «A» guruhi, 6-tur, 17:00
SURIYA — O’ZBEKISTON — 1:0 (0:0
Gol: Umar Xarbin (90+1-penalti)
Ogohlantirishlar: Amro Jinyat (3), Xolid Mubayyad (44), Umar Xarbin (69) — Islom To’xtaxo’jaev (13), Davron Hoshimov (83)
Suriya: 1.Ibrohim Alma, 2.Ahmad as-Solih, 3.Moayed al-Ajan, 5.Omro al-Midaniy, 6.Amro Jinyat, 7.Umar Xarbin, 9.Mahmud al-Mavas (Firas al-Xatib 86), 12.Fahad Yusuf (Uday al-Jaffal 76), 14.Tamer Haj Muhammad, 19.Mardik Mardikian (Al-Nakdali 67), 20.Xolid Mubayed
O’zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 22.Davron Hoshimov, 2.Egor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To’xtaxo’jaev, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov (S), 8.Server Jeparov, 4.Marat Bikmaev, 6.Jaloliddin Masharipov (Eldor Shomurodov 55), 14.Temurxo’ja Abduxolik’ov
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.