Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga 9952 mlrd somdan ziyod mablag yonaltiriladi — ozbekiston

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga 995,2 mlrd so’mdan ziyod mablag’ yo’naltiriladi — o’zbekiston
2017?2021 yillarda O’zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish mak’sadida jami 995,2 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflanishi nazarda tutilgan bo’lib, shundan 706,2 milliard so’mdan ortik’ k’ismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini k’urish, rekonstruksiya k’ilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash va k’ayta jihozlashga yo’naltiriladi.
Mazkur choralar O’zbekiston Prezidentning 3 iyundagi tegishli k’arorida ko’zda tutilgan.
Ushbu k’aror bilan O’zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdik’lanib, unga muvofik’ keng ko’lamli, anik’ mak’sadli ishlar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Jumladan, dasturga muvofik’:
jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshk’arish tizimini rivojlantirishga yo’naltirilgan k’onunchilikni yanada takomillashtirish;jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini k’urish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni k’ayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan k’o’llab-k’uvvatlash, sport maktablarini yuk’ori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;ta’lim muassasalari o’k’uvchi va talabalari, aholining keng k’atlamlari o’rtasida sog’lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobak’alarini o’tkazish, yoshlar orasidan ik’tidorli sportchilarni saralab olish va ularni mak’sadli tayyorlash kabi yo’nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Dastur ijrosi doirasida sport turlari bo’yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari va bolalar-o’smirlar sport maktablarining shtatlar jadvaliga «Sportchi» lavozimi joriy etilishi O’zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini moddiy k’o’llab-k’uvvatlash tizimini yanada mustahkamlashga yo’naltirilgan muhim k’adam vazifasini o’taydi. Shuningdek, sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktablarida hamda bolalar-o’smirlar sport maktablarida «Sport to’garagi va seleksiya bo’yicha trener» lavozimi kiritiladi.
Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshk’a sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etiladi. K’arorda Jismoniy tarbiya va sport davlat k’o’mitasining «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko’krak nishonini ta’sis etish belgilandi.
Dasturga ko’ra, o’k’uvchi va talaba-yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan uch bosk’ichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada sport o’yinlari dasturlarini sportning ommaviy turlari hisobiga kengaytirish, nufuzini oshirish va musobak’a g’oliblarini munosib rag’batlantirish tizimini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan.
Hududiy ko’p tarmok’li tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti bo’limlari tashkil etilib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilab k’o’yilgan.
Комментарии 0