Juma namozidan oldin sunnat namozi — ozbekiston

Juma namozidan oldin  sunnat namozi — ozbekiston

Juma namozidan oldin sunnat namozi — o’zbekiston

Juma namozidan oldingi sunnat namozi hak’ida
??? ???? ?????? ??????
Allohning O’zigagina hamdlar, Uning payg’ambari Muhammad ibn Abdullohga, u zotning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar bo’lsin.
So’ng …
Avvalambor, juma namozidan oldin o’k’iladigan doimiy sunnat namozi borasida ulamolar ixtilofga borishgan. Ushbu ijtihodiy masalalar deb ixtiloflashganlardan biri boshk’asiga k’ovok’-tumshuk’ k’ilib olmaydi va ushbu masala tortishuv va taassubga etaklashi, hamda tolibi ilmlar o’rtasida nafrat uyg’onishiga sabab bo’lishi joiz emas.
Ushbu va bundan boshk’a masalalardagi kelishmovchilikni, Alloh taolo mana bu k’ovlida buyurganidek Kitobu-Sunnatga k’aytarishlik vojib bo’ladi: «Bordi-yu biron narsa hak’ida talashib k’olsangiz, agar hak’ik’atan Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz, u narsani Allohga va payg’ambariga k’aytaringiz! Mana shu yaxshirok’ va chiroylirok’ echimdir» (Niso: 59).
Kimga-ki ikki k’ovldan k’ay biri to’g’ri bo’lib ko’rinsa, o’shanga ergashib, amal k’ilaveradi. Birok’, yuk’orida aytilganidek, boshk’a so’zni olganga k’ovok’-tumshuk’ k’ilib olmaydi.
Ushbu masalalarda to’g’ri k’ovlga etishish uchun o’zaro olib borilgan izlanishdan biror monelik yo’k’dir.
Juma namozidan oldingi to’rt rakat yoki boshk’a namozlar hak’ida vorid bo’lgan hadislar va shuningdek sahobalardan nak’l k’ilingan asarlarning birortasi peshin namozidagiga o’xshash jumadan oldin o’k’iladigan namozlar doimiy sunnat namozlari ekaniga dalolat k’ilmaydi. Balki ushbu hadis va asarlar jumadan oldin shariatda namoz joriy k’ilinganiga va ushbu namoz mutlak’ nafl namozlaridan hisoblanishi, hamda doimiy sunnat namozlaridan emasligiga dalolat k’iladi.
Darhak’ik’at ko’plab hadislarda kelganki:
Salmon al-Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi, Nabiy sollollohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Kishi juma kuni g’usl k’ilib, k’o’lidan kelgancha poklanib, xushbo’y moy yoki uyidagi miskdan surtib, so’ng (masjidga) chik’ib, ikki kishi orasini kesib o’tmay, so’ng nasib etganicha namoz o’k’isa. So’ngra imom gap boshlagach, k’ulok’ tutsa, o’sha (juma) bilan boshk’a juma orasidagi (gunohlari) mag’firat k’ilinadi» (Buxoriy (883)).
Sa’laba ibn Abu Molikdan rivoyat: «Ular Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) zamonlarida to Umar (minbarga) chik’k’unlaricha namoz o’k’ishardi» (Molik «Muvatto» (1/103). Navaviy «Majmu’» (4/550)da sahih sanadilar).
Nofe’dan rivoyat k’ilinadi, aytadilarki: «Ibn Umar (roziyallohu anhumo) jumadan oldin o’n ikki rakat namoz o’k’irdilar» (Ibn Rajab «Fathul Boriy» (8/329)da Abdurrazzok’ning «Musannaf»laridan keltirdilar).
Ushbu dalillar juma namozidan oldin o’k’iladigan doimiy sunnat namozi bor ekaniga dalolat k’ilishi sahih emas. Chunki ushbu «doimiy sunnat» namozlari Nabiy sollollohu alayhi va sallam davrlarida jumadan oldin o’k’iladigan ma’lum bir muayyan vak’ti bo’lmagan. Chunki sollollohu alayhi va sallam uylaridan jumaga chik’ardilar. So’ng minbarga ko’tarilardilar. Muazzin azon aytardi. So’ng Rosul sollollohu alayhi va sallam turib xutba k’ilardilar. So’ng minbardan tushgach, namozga takbir aytilardi va namoz o’k’irdilar.
Endi jumadan oldin ushbu doimiy o’k’iladigan sunnat namozlari bor deb isbot k’ilayotgan kishiga aytiladiki: Xop ushbu doimiy sunnat namozlari Nabiy sollollohu alayhi va sallam davrlarida k’achon o’k’ilgan ekan?
Agar u: azondan keyin o’k’ilardi, deb aytsa, bunga sunnatda biror asos yo’k’dir.
Endi azondan oldin o’k’ilardi, desa, bu doimiy sunnat namozi emas. Balki u mutlak’ nafldir.
Hofiz ibn Hajar rohimahulloh shunday dedilar: «Jumadan oldingi sunnat namoziga kelsak, bu borada biror narsa anik’-sobit kelmagan» («Fathul Boriy» (2/426)).
Shayxulislom Ibn Taymiya rahimahulloh aytadi: «Jumaga kelgan kishi to imom xutbaga chik’k’unicha namoz o’k’ish bilan mashg’ul bo’lishi afzaldir. Chunki, «Sahih»da Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat k’ilingan hadis borki: «Keyin nasib k’ilganicha namoz o’k’isa…», deganlar. U zotning bu so’zlarida juma kuni masjidga ertarok’ kelib, namoz bilan mashg’ul bo’lishga targ’ib bordir. Sahobalar ana shunday k’ilardilar. Ular juma kuni masjidga erta kelib, nafl namozlari o’k’ishga kirishar edilar. Ba’zilari o’n rakat, ba’zilari o’n ikki rakat o’k’ishar, ayrimlari sakkiz rakat, ayrimlari undan ozrok’ o’k’irdilar. Shuning uchun jumhur imomlar jumadan oldin vak’ti va rakatlari soni anik’ belgilab k’o’yilgan sunnat yo’k’ligiga ittifok’ k’ilganlar. Jumadan oldin namoz o’k’ish hasanot, birok’ sunnati rotiba emasdir. Agar o’k’isa yoki tark k’ilsa, uni inkor k’ilinmaydi. So’zlarning eng adolatlisi shudir. Agar johil kishilar uni sunnati rotiba deb e’tik’od k’ilib olishgan bo’lsa, o’k’imaslik afzalrok’ bo’ladi» («Majmu’ul fatava» (24/189)).
Ibn al-K’oyyim rohimahulloh aytdilarki: «Bilol azondan forig’ bo’lgach Nabiy sollollohu alayhi va sallam xutbani boshlardilar. Albatta hech kim ikki rakat namoz o’k’ib olay deb o’rnidan turmasdi. Azon esa bir marotaba aytilgan. Ushbu, juma ham xuddi iyd kabi o’zidan oldin o’k’iladigan biror sunnat namozi yo’k’ ekaniga dalolat k’iladi. Ushbu ulamolarning ikki k’avllarining sahihrog’idir. Sunnat ham shunga dalolat k’iladi. Chunki Nabiy sollollohu alayhi va sallam uylaridan chik’ardilar. Minbarga ko’tarilgach, Bilol juma azonini boshlardilar. (Bilol) azonni tugallagach Nabiy sollollohu alayhi va sallam (azon bilan xutba orasida biror amal k’ilmay) to’g’ri xutbani boshlab yuborardilar. Bu ko’z bilan guvoh bo’lingan bir holatdir. Ular sunnatni k’achon o’k’ishgan?
Endi kimki, Bilol roziyallohu anhu azondan forig’ bo’lgach, barchalari o’rinlaridan turib ikki rakat namoz o’k’ishgan deb o’ylasa, u odamlar orasidagi sunnatdan eng johil k’olgan kimsa ekan.
Ushbu biz eslab o’tgan, juma namozidan oldin o’k’iladigan sunnat namozi yo’k’dir, deb aytgan k’ovl imom Molik mazhablari, imom Ahmaddan nak’l k’ilingan mashhur k’ovl ham shu va Shofe’iy mazhabidagilarni ikki xil k’arashlaridan biridir.
Endi, jumadan oldin o’k’iladigan sunnat namozi bor deydiganlar, juma k’isk’artirilgan peshin bo’lib, unga peshin namozining hukmlari sobit bo’ladi deb, hujjat keltirganlari bo’ldi.
Ushbu juda zaif hujjat bo’lib, juma namozi peshin namoziga jahriy o’k’ilishida, rakatlar sonida, xutba k’ilinishida va o’zining (bundan boshk’a) e’tiborga molik bo’lgan shartlarida zid keladigan alohida-mustak’il bir namozdir.
YAna ular ichida peshin namoziga k’iyos k’ilgan holda jumadan oldin sunnat namozi bor deb isbot k’ilganlari bo’ldi. Bu ham yarok’siz bir k’iyosdir. Chunki Nabiy sollollohu alayhi va sallamning so’z va fe’llaridagi sunnatlarida ham, to’g’ri yo’ldagi xalifalarining sunnatlarida ham (biror sunnat namozi bor ekani) sobit kelmagan. Gaplashayotgan masalamizda bundan (sunnatdan) biror narsa (dalil) yo’k’. K’iyos bilan ushbu masala borasida sunnatlarni isbot k’ilish joiz emas. . . Bu k’iyos k’ilgan holda iyd namozidan oldin yoki keyin (biror sunnat namoz) joriy k’ilingan deganga o’xshashdir.
Ularning ichida yana Buxoriy «Sahih»da elab o’tgan hadisni hujjat k’ilib keltirganlari bo’ldi. (Buxoriy) aytdilar: «Jumadan oldingi va keyingi namoz hak’idagi bob. Abdulloh ibn Yusuf bizga shunday hadis aytdi. Molik Nofe’dan, u kishi esa Ibn Umardan shunday xabar aytdi, Nabiy sollollohu alayhi va sallam peshindan oldin ikki rakat va peshindan keyin ikki rakat, shomdan keyin uylarida ikki rakat, xuftondan oldin ikki rakat namoz o’k’irdilar. Jumadan keyin burilib ketmagunlarigacha namoz o’k’imasdilar, (burilib ketgach) ikki rakat namoz o’k’irdilar».
Bunda biror hujjat yo’k’. Buxoriy bu bilan jumadan oldin sunnat namozi bor ekanligini iroda k’ilmadilar. Balki u kishining iroda k’ilganlari shu bo’ldiki, (umuman) namoz borasida, undan oldin yoki keyin biror narsa kelganmi?
So’ng ushbu hadisni zikr k’ildilar. YA’ni, u kishidan sunnat fak’at undan (farzdan) keyin k’ilingani rivoyat k’ilindi. Undan oldin esa biror narsa vorid bo’lgani yo’k’.
Bu Buxoriy rohimahullohning ikki iyd kitobidagi bir bobga mana bu nomni berganlariga o’xshashdir: «Iydddan oldingi va keyingi namoz hak’idagi bob. Abu Mualla: Sa’idni Ibn Abbosdan shunday deyayotganlarini eshitdim, dedi. (Ibn Abbos) iyddan oldin namoz o’k’ishni karih ko’rardilar. So’ng Sa’id ibn Jubayrni Ibn Abbosdan rivoyat k’ilgan hadislarini zikr k’ildilar. Nabiy sollollohu alayhi va sallam ramazon iydida chik’ib, ikki rakat (iyd) namozini o’k’idilar. Undan oldin ham, keyin ham namoz o’k’imadilar. Bilol esa u kishi bilan birga edi…».
(Buxoriy rohimahulloh) iyd hak’ida, undan oldin ham, keyin ham namoz joriy k’ilinmagani borasida hadis zikr k’ildilar. Bu juma borasida (keltirgan hadislaridan) iroda k’ilgan ma’nolari ham shunday ekaniga dalolat k’iladi» («Zadul Ma’ad» (422-1417)).
Vallohu A’lam.
Alloh Payg’ambarimizga, Uning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar yo’llasin.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.