Kadimiy kolyozmalarni saklash va tadkik kilish yaxshilanadi — ozbekiston

K’adimiy k’o’lyozmalarni sak’lash va tadk’ik’ k’ilish yaxshilanadi — o’zbekiston
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Shark’shunoslik instituti tarixiy-madaniy ahamiyatga molik k’adimiy k’o’lyozmalar va zamonaviy yozma manbalarni sak’lash va o’rganish bo’yicha O’zbekistonning etakchi ilmiy-tadk’ik’ot muassasasi sifatida belgilandi. O’zbekiston Prezidenti 24 may kuni tegishli k’arorini imzoladi.
Shark’ k’o’lyozmalar fondini sak’lash va restavrasiya k’ilish, arab yozuvidagi yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadk’ik’ k’ilish, ularning asliyati hamda o’zbek va xorijiy tillarga tarjimasini nashr k’ilish institut vazifalaridan etib belgilandi.
Institut xodimlari o’rta asrlarda yashab, ilm-fan bilan shug’ullangan o’rta osiyolik olimlarining matematika, astronomiya va fizika, tibbiyot, kimyo va geografiya, tarix, adabiyot, falsafa, shuningdek islom va dinshunoslikka oid ilmiy yodgorliklarini o’rganadi.
Aholida sak’lanayotgan noyob k’o’lyozmalar, litografik nashrlar va tarixiy hujjatlar Ilmiy-texnik faoliyatni k’o’llab-k’uvvatlash va rivojlantirish jamg’armasi hisobidan Fan va texnologiyalar bo’yicha davlat komissiyasi tomonidan sotib olinadi.
K’adimiy k’o’lyozmalarni restavrasiya k’ilish va sak’lash bilan shug’ullanuvchi institut xodimlari k’adimiy yozma manbalarning o’ziga xosligi g’amda yuk’ori ilmiy toifa va ko’nikmalar talab k’ilishiga k’arab oylik ish hak’iga 30 foiz mik’dorida k’o’shimcha ustama olishadi.
Комментарии 0