Kanday holatda uxlash foydali — ozbekiston

Kanday holatda uxlash foydali — ozbekiston

K’anday holatda uxlash foydali? — o’zbekiston

Anik’lanishicha, sizning uyk’udagi holatingizga ko’p narsa bog’lik’ ekan. Odatda, buni uyk’udagi umurtk’aning holatiga bog’lashardi. Ammo bu bosh miyaga ham juda muhimligi anik’landi. Olimlar bundan atigi 3 yil oldin miyaning toksinlardan tozalanish jarayonini anik’lashdi. Boshk’a holatlarda bu ishda organizmga limfalar yordam beradi. Ammo miyada bu holat yo’k’. 2012 yilda AK’Shning Rochester universiteti olimlari tadk’ik’otning yangi uslublari ork’ali buni kashf k’ilishdi. Uni glimfatik tizim deb atashdi. «Limfa» i «gliya» so’zlaridan olingan bu so’z holatni anik’ aks ettiradi. Chunki gliya neyronlarni o’rab turuvchi hujayralar bo’lib, kunduzi gliya asab hujayralariga asosiy ishini bajarishda yordamlashadi, tunda esa ular dam olayotganda ularda yig’ilib k’olgan toksinlarni faol ravishda chik’ib ketishiga ko’maklashadi. Xususan, ikki toksik ok’sil: amiloid va tau Alsgeymer va Parkinsona kasalliklariga sabab bo’luvchi hisoblanadi.
YAk’inda ma’lum bo’ldiki, glimfatik tizim yonboshda uxlaganda yaxshi ishlaydi, chalk’ancha yotganda uncha yaxshi faoliyat olib bormaydi, k’orinda uxlaganda esa, umuman, yomon. Bunday holatda toksinlar chik’ib ketish yo’li yopilib k’oladi, shuning uchun ham ular miyada k’olib ketadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.