Karlush keyrush ozbekistonga karshi oyin biz uchun xuddi jch finalidek boladi — ozbekiston

Karlush keyrush ozbekistonga karshi oyin biz uchun xuddi jch finalidek boladi — ozbekiston

Karlush keyrush: o’zbekistonga k’arshi o’yin biz uchun xuddi jch finalidek bo’ladi — o’zbekiston

O’zbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni JCh–2018 turniriga saralash bosk’ichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida Eron termasiga k’arshi ro’baro keladi.
Eron terma jamoasi O’zbekistonga k’arshi o’yin oldidan Avstriyada tayyorgarlik ko’rmok’da. Eronliklar ustozi Karlush Keyrush Facebook ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida bo’lajak bahs olididan o’z firklarini yozib k’oldirdi.
“Avstriyadagi o’k’uv-mashg’ulotlar yig’inida ekanmiz, o’z-o’zimizga bir savol berish vak’ti keldi: O’zbekistonga k’arshi JCh saralash o’yini oldidan fidoyilik yoki k’onik’ish hosil k’ilishmiz kerakmi? Boshk’acha k’ilib aytadigan bo’lsam, O’zbekistonga k’arshi bellashuvda kiritiladigan 3 ochko bizga JCh yo’llanmasini beradi.
O’zbekistonga k’arshi o’yin biz uchun xuddi JCh finalidek bo’ladi. Har doim aytib kelganim kabi, biz o’zimizning Jahon chempionatimizni o’ynayapmiz! O’zbekiston bilan o’yin eng k’iyini va muhimi bo’libgina k’olmay, jamoa sifatida kuchimizni ko’rsatishga katta imkoniyat beradi. Bo’lajak o’yindan k’onik’ish hosil k’ilish emas, har bir dak’ik’a va har bir lahzada to’lik’ burch, to’lik’ e’tibor, to’lik’ professionallikni ko’rsatishimiz kerak.
Bundan kami bizni k’onik’tirmaydi, chunki muvaffak’iyat osonlik bilan kelmaydi. Jamoaning har bir futbolchisi, har bir xodimi va saralash bosk’ichi uchun mas’ul bo’lgan har bir inson borini berishi va fidoyilik k’ilishi lozim”, – dedi Karlush Keyrush.
Ma’lumot uchun, “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshk’adamlik k’ilayotgan bo’lsa, 13 ochko jamg’argan Janubiy Koreya ikkinchi pog’onada bormok’da. O’zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o’rinni band k’ilgan. 4–6 o’rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va K’atar termalari egallagan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.