Keksalar va nogironlarni kollab-kuvvatlash kuchaytiriladi — ozbekiston

Keksalar va nogironlarni kollab-kuvvatlash kuchaytiriladi — ozbekiston

Keksalar va nogironlarni k’o’llab-k’uvvatlash kuchaytiriladi — o’zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoev 28 dekabr kuni «O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy k’o’llab-k’uvvatlash «Nuroniy» jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmon va «Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan k’o’llab-k’uvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha k’o’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi k’arorni imzoladi, deb xabar bermok’da O’zA.
Hujjatlarga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, O’zbekistonda 2010-2015 yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo’ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg’iz keksalar, pensioner, nogironlarning turar joy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitasiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog’lik’larini tiklashdi. Ko’rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so’mni tashkil etdi.
Shu bilan birga, o’tkazilgan o’rganish ishlari «Nuroniy» jamg’armasi davlat tomonidan k’o’llab-k’uvvatlanishi, yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza k’ilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg’iz keksalarga ko’rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko’tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chik’ish zarurligini ko’rsatdi.
Keksalarni k’o’llab-k’uvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish mak’sadida k’ariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to’lak’onli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish uchun k’abul k’ilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va k’arorida k’uyidagilar ko’zda tutilgan:
ok’sok’ollar, keksalar va faxriylarni yoshlarni xalk’imizning ko’p asrlik an’analariga, Vatanga muhabbat, keksalarni e’zozlash ruhida tarbiyalashga k’aratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini k’o’llab-k’uvvatlash, mamlakat ijtimoiy — siyosiy hayotidagi ishtirokini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga ko’mak berish;
fuk’arolarning o’zini o’zi boshk’arish organlari bilan hamkorlikda oilalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshi keksa faollarni bolasi bor muammoli oilalarga biriktirish, shuningdek yolg’iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko’mak ko’rsatish;
«Nuroniy» jamg’armasi markaziy apparatining, uning viloyatlardagi va tumanlardagi bo’linmalariga, «Nuroniy» jamg’armasi xodim-pensionerlariga davlat byudjetidan pensiyalarini to’la hajmda to’lash ork’ali byudjetdan moliyalanishini ta’minlash;
har yili «Mahalla» xayriya fondiga Navro’z va Mustak’illik umummilliy bayramlariga bag’ishlab o’tkaziladigan hasharlardan tushadigan mablag’larning 10 foizini «Nuroniy» jamg’armasiga o’tkazish;
«Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish va ularda o’k’uv zallari, hordik’ xonalari, davolash fizkulturasi, shuningdek ovk’atlanish xonalari va tibbiy kabinetlarni tashkillashtirish;
fuk’arolarning o’zini o’zi boshk’arish organlarida jamoatchilik tartibida fuk’arolar yig’ini (ovullar, k’ishlok’lar, mahallalar) raisining o’rinbosari — keksalar va faxriylar ishlari bo’yicha maslahatchi lavozimini kiritish;
«Nuroniy» jamg’armasining barcha bo’linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish, mebel, kompyuter texnikasi va alok’a vositalari bilan ta’minlash;
kasalliklarni o’z vak’tida anik’lash va davolash uchun 2,8 million keksa yoshdagi fuk’arolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuk’urlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilishini ta’minlash;
biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat ork’ali keksa yoshdagi fuk’arolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg’iz keksalarning turmush sifatini va turmush darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish ork’ali oshirish;
keksa yoshdagi shaxslarni ularga to’lovsiz asosda davolash va sog’lomlashtirish. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so’m mik’doridagi orderlar ajratish ko’zda tutilgan;
urush va mehnat faxriylari, yolg’iz pensionerlar va nogironlar salomatligini har yil bu kontingentga kirgan 34 ming odamni 18 milliard so’m mik’dorida sanatoriya-davolash muassasalarida bepul sog’lomlashtirish yo’li bilan salomatliklarini yaxshilash;
Buxoro, K’ashk’adaryo va Xorazm viloyatlarida keksalar, nogironlar hamda urush va mehnat faxriylari uchun 3 ta yangi sanatoriy k’urish va ularni jihozlash yo’li bilan k’o’shimcha 50 mingdan ziyod pensioner va nogironlarning sanatoriya muassasalarida bepul sog’lomlashtirilishini tashkillashtirish. Ushbu mak’sadni amalga oshirish ishlariga davlat byudjeti hisobidan 13,5 milliard so’m ajratish;
imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush sifatini, har yil bu kontingentga kirgan 10 ming odamni jami 2,5 milliard so’m mik’doridagi zarur protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitasiya vositalari bilan ta’minlash hisobidan oshirish;
o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz keksalar va nogironlar turmush darajasi va sifatini har yil ushbu kontingentga kirgan 4 ming odamni umumiy mik’dori 3,2 milliard so’m bo’lgan asosiy ozik’-ovk’atlar, gigiena vositalari bilan ta’minlash yo’li bilan oshirish;
1941-1945 yillardagi urush k’atnashchilariga sanatoriylarda har yili sog’lomlashtirish kursidan o’tish o’rniga yo’llanmaning o’rtacha narxiga teng ravishda kompensasiya olish huk’uk’ini berish;
yolg’iz va kam ta’minlangan keksa fuk’arolarni umumiy mik’dori 6,4 milliard so’m hajmidagi k’ishki kiyim komplekti va poyafzal, shuningdek k’ishga g’amlash uchun k’ishlok’ xo’jaligi mahsulotlari bilan har yili ta’minlash;
Andijon, Buxoro, Samark’and va Farg’ona viloyatlarida ochik’ yurakda jarrohlik operasiyalarini o’tkazish uchun umumiy summasi 9,7 milliard so’m bo’lgan hududlararo kardioxirurgik markazlar yaratish;
tuman (shahar)lardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, shuningdek barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy mik’dori 108,7 million AK’Sh dollariga teng bo’lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash;
keksalar va nogironlarning 23 ta Saxovat va Muruvvat uy-internatlari moddiy-texnika bazasini umumiy mik’dori 207 milliard so’mga teng hajmda mustahkamlash.
Dasturni moliyalashtirishga 688,2 milliard so’m yo’naltiriladi, shuningdek xalk’aro moliyaviy tuzilmalarning 108,7 million AK’Sh dollari hajmidagi kredit va grant mablag’larini jalb etish ko’zda tutilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.